Tadbirkorlikda korxona boshqaruvini rivonlantirish usullari

                                                                                                        Usmonova Maftuna Shuxratovna

                                                                                                                      Buxoro Davlat Universiteti

                                                                                                                   Iqtisodiyot va turizm fakulteti

                                                                                                                              1-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada  boshqaruv ilmining kelib chiqishi , korxonani qanday boshqarish san`ati hamda boshqaruvning mazmun mohiyati va boshqarish samardorligi haqida qisqacha ma`lumot berib o`tilgan.

Kalit so`zlar : Menejment, boshqaruv, rahbar , firma, korxona, boshqaruv jarayoni, adekvat iqtisodiy, kooperativ, konsern,  aksiyadorlik jamiyati,  kichik korxona .

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev takidlaganlaridek : “Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish – eng muhim vazifamizdir. Mamlakatimizda har yili yaratilayotgan ish o'rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga to'g'ri kelishini ta'kidlash lozim. Hozirgi kunda ushbu tarmoqda 5 milliondan ziyod aholi, ayniqsa, yoshlarimiz mehnat qilayotgani uning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotimizdagi o'rni ham ortib borayotganini ko'rsatadi. Shu boisdan ham agar biz iqtisodiyotimizni, ijtimoiy sohani yanada yuksaltiramiz desak, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishimiz zarur.”             

Boshqaruv insonlar bilan birga paydo bo‘lgan. U mehnatning taqsimlanishi va kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan. Bunda ulardan biri rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularga bo‘ysunuvchilar, ya’ni boshqariladiganlardir. Boshqaruv muammosini hal qilishga birinchi bo‘lib qadimgi misrliklar kirishganlar. Bundan 6 ming yil oldin ular kishilar faoliyatini maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil etish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish zarurligini tan olganlar hamda boshqaruvni markazlashtirmaslik haqidagi masalani qo‘yganlar. Eramizdan avvalgi XX asrda Misrga qo‘shni Vavilon podshohi Xammurapi boshqaruv va nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va guvohlik ko‘rsatmalarini qollagan, amaldor shaxslar tomonidan javobgarlikni o‘z tobelariga o‘tkazishga yo‘l qo'ymaslikni tan olgan va ish haqi darajasini qonunan belgilagan.Zamonaviy menejment bozor iqtisodiyoti sharoitlarida faoliyat yurituvchi firmalar, korxonalar, tashkilotlarni boshqarishning vujudga kelgan tizimi sifatida ularning ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatining samarali rivojlanishi va faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilishini ko'zda tutadi. Hozirgi kungacha sanoat, savdo, tijorat, qishloq xo'jaligi sohalarida boshqaruvning boy  amaliy tajribasi to'plangan. Vaholanki, ushbu masalaning nazariy tomonlari hali yetarlicha ishlab chiqilmagan.Afsuski, mamlakatimizda ma'muriy buyruqbozlik tizimi yakka hokimligining o'n yilliklari davomida boshqaruv nazariyasi va amaliyotini yetarlicha baholamaslik mavjud boʻlgan. Markazlashmagan, muqobil va motivatsiya tamoyillari xos bo'lgan menejmentga esa to'g'ridan to'g'ri dengiz ortidagi tentaklik» sifatida qaralgan. Bundan tashqari, boshqaruv bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash deyarli amalga oshirilmagan. Buning oqibatida 90-yillarda biz aslida umumiy, shu jumladan, islohotchi rahbarlar orasida ham boshqaruv savodsizligiga ega bo'lganmiz, bu yangi tarixdagi O'zbekiston jamiyati va iqtisodiyotining so'nggi yuz yillik ichidagi sanoat va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi pasayishi sabablaridan biri bo'lgan. Ammo 90-yillarda boshqaruvga nisbatan munosabatning tubdan oʻzgarishi zarurligini tushunish ustunlik qilgan. O'zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, tashkilotlar tomonidan mustaqillikni olinishi, raqobat o'sishi, ilg'or xorijiy mamlakatlar va yetakchi jahon firmalaridagi boshqaruv tajribasini o'rganish va ulardan O'zbekiston sharoitini hisobga olish bilan foydalanish, jamlangan mamlakat tajribasini umumlashtirish hamda bundan keyingi ilmiy tadqiqotlarni o'tkazish, menejment sohasida mutaxassislarni tayyorlash zarurligini taqozo qilgan. Menejment (inglizcha «management» — boshqarmoq, idora qilmoq, tashkil qilmoq) — bu:

— ishlab chiqarishni, tijoratni boshqarish bo‘yicha ma’lum maqsadlarni ko‘zlovchi amaliy faoliyat;

— boshqaruv nazariyasi fani boshqaruv tamoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasi;

— mamlakatimizning hozirgi zamon amaliyotida korxona, aksiyadorlik jamiyatining rahbarlik qiluvchi tarkibidir.

«Menejment» tushunchasi hayotimizga mustahkam kirib kelgan va o‘zbekcha ishga doir faoliyat uchun odatiy bo‘lib qolgan. Ammo shuni hisobga olish joizki, gap yangi falsafa haqida ketmoqda, bunda qadriyatlar va ustuvorliklarning yangi tizimlari amalda bo‘ladi. Shu munosabat bilan «menejment» atamasining ma’nosi ustida batafsilroq to‘xtash darkor. Ba’zi bir mualliflar o‘zbekcha «boshqaruv» so‘zi va inglizcha «menejment»ni sinonimlar deb hisoblaydilar. Haqiqatda esa ularning mazmuni birmuncha farqlanadi. «Menejment» atamasini qo‘llab turib biz xalqaro amaliyotda o‘rnashib qolgan tendensiyaga rioya qilamiz, unga ko‘ra uning ostida hodisa va jarayonlarning butunlay ma’lum doirasi ko‘zda tutiladi. Aslida esa «boshqaruv» atamasi «menejment» atamasining qanoatlantiruvchi o‘rinbosari bolm aydi, chunki keyingi holda gap zamonaviy tashkilot vositasi va doirasida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish haqida ketadi. Bunda ishlab chiqarish yoki tijoratni sanoatlashtirilgan holda tashkil etish asosida amalga oshirilgan xo‘jalik yuritishning bozor turi menejmentning adekvat iqtisodiy asosi bo‘iadi.

Boshqaruv jarayoni — bu tashkilot resurslarini u tomonidan o‘z maqsadlariga erishish uchun shakllantirish va foydalanish bo‘yicha uzluksiz, izchil bajariladigan, o‘zaro bog‘langan harakatlari majmuasidir. Bu harakatlarni boshqaruv vazifalari deb ataydilar. Shunday qilib, boshqaruv jarayoni barcha vazifalarning umumiy yig‘indisi hisoblanadi. Boshqaruv vazifalari - boshqaruv faoliyatining nisbatan mustaqil, ixtisoslashtirilgan va ajratilgan turlaridir. Bunday hisoblanishning boshqaruv vazifasi aniq aks ettirilgan mazmunga, uni amalga oshirishning ishlab chiqilgan mexanizmiga va doirasida uning tashkiliy ajralishi yakunlanadigan ma’lum tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Mazmun ostida aniq vazifa doirasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan harakat tushuniladi.                      Boshqaruvning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi,ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarning murakkablashuvi bilan kengayib          boradi. Boshqaruv ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar  o'rtasida raqobatni shakllantirish, foydani maksimallashtirishga qaratilgan bo‘lsa, u butun bir iqtisodiy tizimda ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini qondira oladigan bozor infratuzilma elementlari va ularning o‘zaro aloqasini ta’minlovchi mexanizmning barqaror ishlashiga, har bir fuqaro, guruh, uyushma, tashkilot va muassasalar manfaatlarini e’tiborga olgan holda ularning jahon sahnasida o‘z  o‘rniga ega bo‘lishiga qaratilgan bo ‘ladi. Boshqaruvning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Bu qonunlami o‘rganish va ularning aniq vaziyatlarda namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda xo‘jalik rahbarlari respublika iqtisodiyotini boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar. Har qanday tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati ko‘proq xorijiy biznesda menejmentning tarkibiy elementi bo‘lgan korxona (bu yerda korxona ostida firma, konsern, kompaniya, aksiyadorlik jamiyati, kooperativ, ijara, kichik korxona va biznesning boshqa birliklari tushuniladi) xodimlarini boshqarishning to‘g‘ri tanlangan strategiyasiga bogliq. Strategiyani tanlash o‘z navbatida bir necha omillarga bogliq: korxona salohiyati qanday hajmga ega; korxona salohiyatining raqobatbardoshligi darajasi qanchalik yuqori; bozordagi uning ulushi qanday va u yetakchimi, raqibmi yoki orqada qoluvchimi; korxona o‘zining oldiga qanday maqsadlar qo‘ygan — yetakchilikni mustahkamlash, yetakchilar safiga kirish, «o`rtada» mustahkamlanish yoki inqirozdan qochish. Korxona qo‘yilgan maqsadlarga kola bozordagi holatning u yoki bu strategiyasini tanlaydi. Bunda korxona salohiyatini boshqarish texnologiyasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

1) korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligi tuzilishi va uning bozordagi ulushini baholash;

2) korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash;

3) korxona salohiyati rezervlari va yo‘qotishlarini tahlil qilish;

4) korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha strategiya va taktikani tanlash;

5) tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni olkazish.               

Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma’lum aniq sohalarida amal qilishning turli yonlari orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo`yicha boshqaruv usullari :davlat sektorini boshqarish usullari, sex, korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari yoki tarmoqlarni boshqarish  usullari:sanoat,transport, qishloq xo‘jaligini boshqarish usullari. Shuningdek, turli subyektlar tomonidan qo‘llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin: davlat boshqaruvi usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari.Yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish ham ko’zda tutish lozim. Boshqaruv tashkilotlari tizimi turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bu yerda so'z vazirliklar, assotsiatsiyalar, aksiyadorlar jamiyati, davlat qo’mitalarini boshqarish usullari haqida boradi.Va nihoyat, turli turkum ga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida menejerlar, direktorlar, bo’limlar boshliqlari tomnidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin.Demak, boshqaruv nazariya va amaliyotida turli boshqaruv usullari mavjudir.Ular boshqaruv usullarining har bir guruhi o‘z xususiyatlariga ega bo’lgan tizimni tashkil etgan.Milliy xo’jalikni boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi:iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning me’yorda borishi buzilishiga olib keladi.Boshqaruv insonlarni ongli mehnatga, tadbirkorlikka qiziqtirish, ishga mas’uliyatliligini nazorat qilish, ularning bilim va ko‘nikmalari faoliyatga ijobiy ta ’sir ko‘rsatishini ta’minlash, rag‘batlantirishni tashkil etishdir. Boshqaruv usullarini puxta egallagan, qo`llay biladigan rahbar shu faoliyatni samarali boshqarishda nafaqat ishlab chiqarishga, qolaversa, butun iqtisodiyotning rivojlanishga katta ta ’sir ko‘rsatadi.

                                 ADABIYOTLAR RO’YXATI:

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot//2021-yil 21-avgust

Operatsion Menejment :darslik/M.G.Umarxodjayeva O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus vazirligi.-Toshknet:O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti , 2014-yil .-368b

Menejment : o`quv qo`llanma/ N.M.Ziyavitdinnova, Y.M. O`rinov , SH.N.Xaitov ;O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus .-T:”Taffakur-bostoni,2012-yil , 312b

Menejment:O.C.Qahorov -Buxoro : “Sadriddin Salim Buxoriy ” Durdona nashriyoti,2019-yil , 228b

Menejment:darslik/F.T. Bazarova -T:”Iqtisod-moliya”2020.-636b