Viki muhlisa
Evristik ta’lim metodlarini boshlang’ich ta’limda qo’llashning o’ziga xos jihatlari.
tahrir“Evristika”- grekcha so’zdan olingan bo’lib “heurist”- “izlayman”,”topaman” ma’nolarni anglatadi. Evristik ta’lim metodi uzoq zamonlardan beri qo’llanib kelinadi. Evristik munozaralar o'quvchilarga o'z fikrlarini ifodalash, mantiqiy savollar yaratish va muhokama qilishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida ishlatiladi ya’ni fikr yuritish va muhokama qilish ko'nikmalarini oshirishdir.
“Didaktik evristika” atamasi “evristika” atamasidan farq qiladi,ya’ni evristika-insonlarning izlayotgan sohalari: kibernetika, psixologiya, pedagogika, kriminalistika, tibbiyot,falsafa va boshqalardan yangi natija olish maqsadida qilayotgan ijodiy faoliyati haqidagi fan. Didaktik evristikning maqsadi o’quvchi va o’qituvchining ta’lim mahsullarini yaratishga qaratilgan faoliyat orqali ularning individual imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
Tarixga nazar soladigan bo’lsak “evristik ta’lim atamasi qadimgi yunon olimi Suqrot nomi bilan bog’liq. Suqrot (eramizdan avvalgi 469-399 yillar) .Suqrot faylasuf bilan birga, ajoyib notiq ham edi.U odamalar o’rtasiga so’zga chiqar, har doim so’zga chiqganda axloqiy masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo’li bilan fikrlashga, haqiqatni o’zlari topishlariga, undar edi. Suhbatni bu metodi “Suqrot metodi” deb yuritilgan. U pedagogika olamiga ana shunday savol-javob metodini, ya’ni “evristik” suhbat metodini yangi(savol berish va savolni to’ldirish) metodini oilb kirdi.
Quyida evristik ta’limdan boshlang’ich sinflarda samarali foydalanishni movaffaqiyatli tashkil etish uchun bir nechta metodlarni ko’rib chiqamiz.
1. “Evristik savollar” metodi.
Evristik savollar" metodi ma'lum bir mavzuga oid ma'lumotlarni o'rganish, mohiyatini tushunish va uning ko'rsatilgan sabablarga oid ko'nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu metod savollar tuzish uchun 7 ta tayanch so'roq so'zdan foydalanadi, masalan:
Kim?
Nima?
Qayerda?
Qachon?
Qanday?
Qay tarzda?
Nima uchun?
Bu so'roqlar mohiyatni chuqur tahlil qilish va obyektning boshqa tomonlarini ko'rish uchun qo'llaniladi. O'quvchilar bu so'roqlar orqali obyekt yoki mavzu haqida o'ylash, tahlil qilish va mohiyatini chuqurroq tushunishga intiladi. Masalan, "Kim?" so'roqi bilan o'quvchilar ma'lumot olish uchun shaxslarni aniqlaydilar, "Nima?" so'roqi bilan narsa-buyumni topishga harakat qilishadi.
2 “Ramziy akslantirish” metodi.
Ushbu metodda obyek o’quvchilar tomonida hissiy-ramziy nuqti nazardan tadqiq qilinadi.Tanlangan obyek va uning ramzi orasidagi bog’lanishlar izlanadi, obyekning grafik,belgili,so’zlar orqali biror ko’rinishda yaratish talab etiladi,eng asosiysi, bu ramzni talqin etish,asoslab berish hisoblanadi.
O’quvchi o’zlashtirgan bilimlari bilan birgalikda tanlagan obyekning grafigi,belgisi, rasmi yuzasidan badiiy vositalardan foydalangan holda so’zlar orqali ifodalaydi.Metodning maqsadi o’zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to’plagan ma’lumotlarni umumlashtira olish, ularni rasm,chizma ko’rinishida ifodalay olishga o’rgatish, tahliliy va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish, yaratuvchanlik tasavvurni shakllantirishdan iborat.Misol uchun:
“Suv osti hayvonlari” mavzusida boshlang’ch sinf o’quvchisi baliqlarning turini, qanday nafas olishi, rangi, qanday ko’payishi, nima bilan oziqlanishi, qanday suvlarda yashashi, nechi yil umur ko’rishi xususiyatlari yuzasidan ma’lumotlarga ega bo’ladi. Bu orqali biz o’quvchi shaxsida suv osti hayvonlarini turlarini eslash, ular haqida o’zlashtirgan bilimlarni yodga solgan holda rasm chiza olish yoki og’zaki bayon qila olishga o’rgatish,mantiqiy fikrlarni rivojlantirish, yaratuvchanlik,tasavvurini shakillantirishdan iborat.
3. “Obrazli akslantirish” metodi.
"Obrazli akslantirish" metodida ob'ekt hissiy va obrazli ko'rinishda tadqiq qilinishi talab etiladi. Bu metod o'quvchilarni o'z o'ylarini ifodalash, tasavvurlarini shakllantirish va o'z fikrlarini o'zlashtirish uchun imkoniyat yaratadi. Misollar yordamida bu metodni tasvirlash mumkin.
Masalan, tasviriy san'at darsida o'qituvchi o'quvchilarga "Mening qahramonim" mavzusida rasm ishlashni taklif qiladi. O'quvchilar o'zlariga bir nechta savollar berilishi orqali o'zlarining qahramonlarini tasavvur etishni boshlaydilar. Ular o'z fikrlarini ifodalash uchun savol berish orqali o'zlarining qahramonlarining kim bo'lishi mumkinligi, ularning asosiy sifatlarini, qobiliyatlarni, va hayotlaridagi xususiyatlarni tasavvur etishga urinishadi.
Bu usul o'quvchilarga mustaqil fikrlash va o'z fikrlarini o'zlashtirish imkonini yaratadi. Ular o'zlarining o'z fikrlarini ifodalash orqali o'zlarining dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi. Tasviriy san'at fanidan foydalanish, rasm ishlash yoki tasvirlash o'quvchilarning o'z fikrlarini ifodalash, tasavvurlarini shakllantirish va mustaqil fikrlashlarini rivojlantirish uchun juda foydali bo'lishi mumkin.
4.”Turli fan nuqtai nazaridan o’rganish”metodi.
"Turli fan nuqtai nazaridan o’rganish" metodi o'quvchilarni tanlangan obyektlarni turli fanlarda muhokama qilish uchun o'rganishda ishlatiladi. Bu metod rasm darslari misolida, ingliz tilini o'rganish bilan bir qatorda foydalaniladi.
Masalan, o'quvchilarga meva sabzavotlarini rasmlash va o'rgatish mumkin. Ular rasm chizish va rang berish orqali meva nomini ingliz tilida o'rganishadi. Misol uchun, o'quvchi olmaning rasmini chizsa, u olmaning inglizcha nomini ("It is an apple.") va uning ranglarini ("It is red and green.") aytib boradi.
Bu usul o'quvchilarga muhim so'zlarni, rassomlikni, ranglarni, va ingliz tili so'zlarini birgalikda o'rganish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, rasm chizish, bo'yoqlash va sabzavotlar haqida so'zlashish o'quvchilarning e'tiborini jalb etadi va ularni ingliz tili orqali ifodalashga o'rgatadi. So'nggi qismida, rasmni ko'rsatib eslatib o'tish orqali savollarga javob berishni o'rganish o'quvchilarning o'zgaruvchanligini va ta'lim jarayonida ishtirok etishlarini oshiradi.
5.“Evristik eksperimentlar” metodi.
"Evristik eksperimentlar" metodida tanlangan obyekt ustida amaliyotlar va tajribalar o'tkaziladi va natijalarga yetiladi. Misol uchun, tabiatshunoslik fanida "oltin kuz" mavzusini olaylik.
O'qituvchi darsda o'quvchilarga kuz fasli qanday fasl ekanligini, kuzda qanday ishlar olib borilishi kerakligini, qaysi qushlar uzoq o’lkalarga uchib ketishi, qaysi meva-sabzavotlar pishib yitilishi tushuntiriladi, va yana xazonlarni yo'qmaslik kerakligini, agar yoqsa, azon qatlami yimirilishi, yo'qmasdan ko'msa yerga o'g'itligini tushuntiradi.
Darsdan so'ng, o'qituvchi va o'quvchilar maktab bog'ida xazonlarni bir joyga to'plab, ularni ko'mishadi va keyin bir necha kun o'tgandan so'ng xazon barglarini chirayotganlarini ko'rishadi. Ushbu tajribalar o'quvchilarga amaliy tajriba o'tkazish, onglik bilimlarni o'zlashtirish va o'rganishda o'z hissasini oshirishda yordam beradi.
6.“Tarixni tiklash" metodi
“Tarixni tiklash" metodi biron bir fan sohasidagi hodisa voqealarning tarixini o'rganishga oid. Bu usulda, har bir o'rganilayotgan obektning kelib chiqishi, rivojlanishi va yuzaga kelgan jarayonlar chuqur o'rganiladi. Ushbu metodning maqsadi ta'lim oluvchilarning tarixiy xotirasini rivojlantirish va obyektlar haqida chuqurroq tushunishga imkoniyat yaratishdir.
Xulosa qilib aytganda boshlang’ich sinf o’quvchilarni ilmiy va kasbiy bilimlarni rivojlantirishda yangi innovatsion metodlardan foydalanish bugungi kunning muhim vazifalaridan sanaladi.O’qituvchi evristik metodlardan samarali foydalanish orqali o’quvchilarda intellectual salohiyatini yuzaga chiqarish,mustaqil fikrlay olish qobiliyatini shakllantirish maqsadiga erishish mumkin .Shu asnoda,o’quvchilarni ilmga ,kasb- hunarga qiziqishini yanada oshirish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
[1].Atayeva N., Salayeva M., Hasanov S. “Umumiy pedagogika”. Darslik. Toshkent: 2013 y., 507- betlar.
[2].Turaqulovaт A. “Evristik ta’lim texnologiyalari”. O’quv qo’llanma. Toshkent: 2013 y., 3- bet.
[3]Qurbonov A.Ingliz tilini o’rgatishda usul va vositalardan foydalanish.”Tilning leksik semantik tizimi, qiyosiy tepologik izlanishlar va adabiyot shunoslik muommolari”. Buxora “Durdona” nashiryoti 2020y