Foydalanuvchi:Xojiakbar Yusufjonov/sandbox

Oshi no Ko
推しの子

Anime nomining yaponcha kanjidagi illyustratsiyasi
Janri Drama[1], Jumboq[2], Fantastik[1]
Muallif(lar) Aka Akasaka
Yaratuvchi(lar) Mengo Yokoyari
Ovoz berganlar Rie Takahashi, Takeo Ōtsuka, Yumi Uchiyama, Yurie Igoma
Tematik musiqa bastakori YAOSOBI
Bastakor(lar) Takurou Iga
Qismlar boshidagi musiqa Yulduz (yaponcha: アイドル)
Qismlar oxiridagi musiqa Mephisto
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Til Yaponcha
Qismlar soni 11 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Prodyuser(lar) Daisuke Hiramaki
Muharrir(lar) Jin Tanaka
Efirga uzatilishi
Telekanal Tokyo MX, CTC, GTV, SUN, KBS, BS11, SBS, TVA, tvk, TVS, GYT, MRO, KHB, HOME, TVh, TVQ, BSN, AT-X
Translyatsiya davri 12-aprel 2023

Oshi no Ko (yaponcha: 推しの子[3]) Aka Akasaka tomonidan yaratilgan yaponcha manga toʻplami boʻlib, Mengo Yokoyari tomonidan illyustratsiya ishlangan. Manga Shueisha kompaniyasning Weekly Young Jump jurnalida 2020-yilning aprelidan beri chiqarilmoqda va bu manganing boblari 2023-yilning iyulidan beri 12 tankoubon jildlarida toʻplangan. Manganing Shimoliy Amerikada chop etilishi Yen Press tomonidan litsenziyalandi va Shueishaning Manga Plus onlayn platformasida nashr etildi. Mangada voqealar ketma-ketligi shifokor va uning yaqinda vafot etgan bemorining mashhur yapon pop yulduzining egizak farzandlari sifatida qayta tugʻilishi va egizaklarning ulgʻayishi davomidagi hukumatning estrada sanoatidagi qiyinchiliklarni boshdan kechirishi bilan boradi.

Manga asosida ishlangan anime yapon animatsiya studiyasi Dogo Kobo tomonidan yaratildi va ilk 11 epizodi 2023-yilning aprel-iyun oraligʻida efirga uzatildi. Animening ikkinchi fasli esa yaratilayotgani eʼlon qilingan. Shimoliy Amerikada esa Sentai Filmworks nomli studiya anime serialning inglizcha dublyaj variantini litsenziyaladi.

2023-yilning iyuliga qadar manga 12 million nusxadan ortiq sotildi.

Voqealar tahrir

Akusher-ginekolog Gorou Amamiya shifoxonada koʻrigiga kelgan mashhur pop yulduzi Ai Hoshinoning egizak farzandlarini dunyoga keltirishiga koʻmak berish bilanshugʻullanadi. Ai Hoshinoning homilador ekani uning obroʻsiga putur yetkazmaslik uchun ommadan sir tutiladi. Biroq Aining tugʻruq kunida Gorou (shifokor) Aining muxlisi tomonidan suiqasd qilindi. Shu kechasi Gorou Aining egizak farzandlaridan biri boʻlib reinkarnatsiya (qayta tugʻilish) qildi. Ammo uning yangi chaqaloq tanasida avvalgi hayotidan qolgan xotiralari saqlanib qolgan edi. Ikkinchi egizak esa, oʻsha kechada oʻgir kasallikdan vafot etgan bemor ayol Sarina Tendouji boʻlib, uning ham oldingi hayotidan xotiralari saqlanib qolgan edi. Shunday qilib Ai egizaklariga Aquamarine „Aqua“ Hoshino va Ruby Hoshino deb ismlar qoʻyadi.

4 yildan soʻng Gorouga suiqasd qilgan muxlis Aining ham joniga qasd qiladi va bu voqeadan soʻng oʻzini oʻldiradi. Aqua bu voqealardan soʻng bu qotilliklar uning otasiga bogʻliq ekanligini xulosa qiladi va otasini topishni oʻz hayoti maqsadiga aylandiradi, shunday soʻng u kino sanoatiga qadam qoʻyib rejalarini boshlaydi.

12 yildan soʻng, Aqua va Ruby yuqori sinf oʻquvchilari boʻlib, Ai avval ishlagan sobiq kompaniya Strawberry Productionsning egalari Ichigo va Miyako Saito tomonidan boqib olingan boʻlishadi. Rubyning bolalikdan orzusi onasiga oʻxshab pop yulduzi boʻlish edi va shu tufayli hozirgi oilasi egalik qilayotgan Strawberry Productionsda ish boshlaydi. Ruby pop guruhi tuzishga aktrisa Kana Arima va bloger Mem-choni koʻndiradi. Bu vaqtda esa Aqua ham oʻz aktyorlik faoliyatini boshlab yuborgandi. Aqua ham, Ruby ham oʻz karyeralarini qurishni boshlaydilar va Aqua aktrisa Akane Kurokava bilan yangi qurgan doʻstligidan otasini topish uchun vosita sifatida foydalanadi.

Qahramonlar tahrir

Asosiy qahramonlar tahrir

Ai Hoshino tahrir

(yaponcha: 星野 アイ, Hoshino Ai)

Dublyaj artisti : Rei Takahashi tomonidan dublyaj qilingan[4].

Ai Hoshino mashhur va jozibali pop yulduzi. Aining bolaligidan otasiz katta boʻlgan va onasi ham kichikligida qamoqqa olingandi. U 12 yoshgacha yetimxonada yashagan va shu yoshida uni Strawberry Productions kompaniyasi rahbari Ichigo Saitou yulduz qilish ichun qaramogʻiga olgan. Ai oʻzining muhabbatni his qila olmasligi uchun yulduz boʻlishiga ishonmasdi. Ichigo esa unga yolgʻonni va muxlislariga ularni sevishini aldashi ham yaxshi ekanini tushuntirgandi. Va keyinchalik Ai B-Komachi pop guruhining yuziga aylandi. 16 yoshida Ai homilador boʻldi va bu holatni u oʻz bu faktni barcha muxlislaridan yashirishni afzal koʻrdi. Chhaqaloqlarning tu’gilishidan keyin Ai oʻz karyerasini davom ettirdi. Yigirma yoshida Ai oʻz muxlisi tomonidan oʻz uyida pichoqlandi. Hayotining soʻnggi lahzalarida, Ai oʻz bolalarini chindan sevganini, nihoyat haqiqiy muhabbatning nima ekanini tushunib yetganidan xursand boʻldi. Aining oʻlimi oʻgʻli Aquaning oʻz aktyorlik karyerasini boshlab u orqali qasos olishiga turtki boʻldi. Ai Hoshino ismi yaponchadan tarjima qilinsa „yulduzli koʻz“ maʼnosini beradi va bu uning va farzandlarining koʻzlarida chaqnab turadigan 6 burchakli yulduzlarga ishora qiladi.

Aquamarine Hoshino tahrir

(yaponcha: 星野 愛久愛海, Hoshino Akuamarin)/ Aqua (yaponcha: アクア, Akua)

Dublyaj artistlari: Takeo Otsuka (Aquaning oʻsmir payti), Yumi Uchiyama (Aquaning bolaligi), Kent Itou (Gorou)[5].

Aslida oʻttiz yoshlardagi akusher-ginekolog boʻlgan Gorou Amamiya (yaponcha: 雨宮 吾郎, Amamiya Gorou), Ai Hoshinoning chin muxlislaridan biri edi va Aining farzandlarini dunyoga keldirishida koʻmak berdi. Biroq oʻsha tunda u josus tomonidan oʻldirildi va Aining oʻgʻli boʻlib reinkarnatsiya (qayta tugʻilish) qildi, bu suiqasd ortidagi haqiqatni ochishga ont ichdi. Uning fikriga koʻra bu qotilliklar ortida uning otasi turgani va u kino industriyasida ekanini taxmin qildi. Shuning uchun u aktyor boʻlishga qaror qildi.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Colbert, Isaiah „Your Spring 2023 Anime Guide: What To Watch And Where It's Streaming“. Kotaku (2023-yil 22-mart). 2023-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
  2. Markle, Christian „Oshi no Ko Is a Wild Mishmash of Genres, But It Works“. Comic Book Resources (2023-yil 15-aprel). 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  3. „ja:『【推しの子】』タイトルに付けられた【】の意味とは? 1巻は伏線だらけ!!【TSUTAYAの名物企画人"仕掛け番長"のススメ】“ (ja). Tsutaya. Culture Convenience Club. 2023-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-fevral.
  4. Mateo, Alex „Oshi no Ko Anime Debuts in 2023 with 90-Minute 1st Episode“. Anime News Network (2022-yil 12-oktyabr). 2022-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.
  5. Hodgkins, Crystalyn; Cayanan, Joanna „Oshi no Ko Anime Reveals Teaser, Cast, April 2023 TV Debut“. Anime News Network (2022-yil 11-dekabr). 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.