Mirzo (keyinchalik Sulton) Muhammad ibn Shohrux ibn Temur Ulugʻbek Koʻragon — Temuriylar davlatining hukmdori, buyuk oʻzbek astronomi (yulduzshunos) va matematigi. U otasi Shohrux Mirzo davrida Mavarounnahr hokimi va otasi vafot etgach butun Temuriylar imperiyasi sultoni(1447—1449) boʻldi. Ulugʻbek trigonometriya va sferik geometriya kabi astronomiya bilan bogʻliq matematika sohasidagi ishlari, shuningdek, sanʼat va intellektual faoliyatga umumiy qiziqishlari bilan ajralib turardi. U besh tilda: turkiy, arab , fors , moʻgʻul va oz miqdorda xitoy tillarini bilgan deb taxmin qilinadi . Uning hukmronligi davrida (avval hokim, keyin toʻgʻridan-toʻgʻri) uning eʼtibori va homiyligi tufayli temuriylar uygʻonish davrining madaniy choʻqqisiga erishdi . Samarqand hokimligi, otasi Shohrux Mirzo tomonidan Ulugʻbekga berilgan


    Yakubov Akbarjon