Abdurasul - (arabcha) Allohning elchisining, payg‘ambarning quli. Rasul - Muhammad sollallohu alayhi vasallamning unvoni, sifatlaridan biri.

Abdurasul ismi Payg‘ambarning bandasi degan ma’noni anglatadi. Bunday ismlarni o‘zgartirgan ma’qul.

Bunday ismni bolaga qo‘yish mumkin emas. «Abdu», «qul» so‘zlarini «Alloh» ismidan boshqa so‘zga qo‘shib ism qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun bolaga Abdurasul, Xo‘jaqul, Eshonqul kabi ismlar berish durust emas («Sharhi fiqhul akbar», Ali al-Qori).