O'rinboy ota Yo'ldoshev. 1903 yilda Andijon viloyati Leninsk tumanidagi (Asaka) Lagardon qishlog'ida tavallud topgan. Onadan 3 oylik qolganda qo'shnisi uni o'z bolasi bilan birga ko'krak berib katta qilgan.

1929-30 yillarda vodiydan (o'sha vaqtda "quloq" qilinganlar qatorida) Surxondaryoga kelgan.

Birinchi ular hozirgi B.Ochildiyev SIUning Jonchekka mahallasi bilan Chaqar mahallasi o'rtasida "Itaka" degan joyga joylashgan. To'qaylikda sovuqdan yog'ingarchilikdan jon saqlash uchun yerto'lalar kovlashib, ustini qalin poyalar bilan yopib kun kechirishgan.

Ularga topshirilgan ish to'qaylarzorlarni tozalab yer ochish edi. Shunday qilib ular asta sekin daryoning (Qoratog') bu tomoniga ham o'tib olishdi. Ular hozirgi "Eski qishloq" degan qishloqqa joylashishgan, shu yerda bug'doy, paxta va boshqa ekinlar ekishgan, tegirmon qurishgan.

1934 yildan "Zveno" boshlig'i, brigada boshlig'i, 1936 yilda "YANGI KUCH" qishlog'i tashkil etilib, raislikka saylangan. 1936-39 yillar ichida dehqonchilik va obodonchilik ishlari uchun bel bog'lab ishlagan.

1939 yil yanvar oyida (Repressiya) davrida qamoqqa olinadi. Shunda guvohlik bergan marhum Ahmadilla ota Nasriddinovni "Men O'rinboy aka to'g'risida yolg'on guvohlik bera olmayman, bu hammasi O'rinboy aka uyushtirilgan tuhmat" deb aytadi. Shundan keyin 1940 yilning yozida yana o'z qishlog'iga qaytadi va o'z vazifasini davom ettiradi.

1941 yilgi boshlangan urushning qora kunlari tez kunda bu yerlarga ham yetib keldi va O'rinboy otaga davlat broni beriladi.

Frontni mustahkamlash uchun don, paxta va boshqa qishloq xo'jalik ekinlarini davlatga topshirish avvalgidan ham ko'proq talab qilinardi.

-Urush yillari- deb eslaydi ota -Kolxozning 37 gektar yeri bo'lib, 2 omoch, 4 ho'kizi va 3ta "voenkomat" hisobida turuvchi oti bor edi xolos.

Asosan ayollar va bolalarga tayangan kolxoz 1942 yilda 37,5 sentner paxta yetishtirdi. Bug'doy av don mahsulotlari ham yaxshi natija berganligi hisobiga xalq och qolmadi.

1943 yilda O'rinboy ota Yo'ldoshev o'z hisobidan Frontga bir SAMOLYOT tan narxi hisobida pul o'tkazadi. Urushdan keyingi yillarda kolxoz yerlari kengayadi, xo'jaliklar soni oshadi. Kolxozga "Pravda" nomi beriladi. 1952 yilda kolxoz ko'rsatkichlari hisobidan "Butunittifoq qishloq xo'jalik ko'rgazmalari vistavkasining" Qizil bayrog'i [1]va faxriy yorlig'i bilan mukofotlanadi.

O'rinboy ota Yo'ldoshev Moskvaga taklif etiladi va u yerda "Mehnat Qizil bayroq" ordeni bilan taqdirlanadi. 1953 yilda "Hurmat belgisi" ordeni va keyingi yillarda bir necha medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. 1958 yildan pensiyaga chiqqan holda brigadir, bog' brigadiri vazifalarida ishlagan.

Hozirda Otaning ordeni va archa xujjatlari B.Omonov jamoasi davlat muzeyida saqlanmoqda.

  1. O'rinboy Ota Yo'ldoshev