AZIZOV JAVOHIRBEK ODILOVICH

tahrir

Tadbirkorlik sohasida yetuk mutaxassis. 1994 - yil 8 - iyulda Buxoro shahrida tug’ilgan. Mutaxassisligi: Menejment iqtisodchisi.Turli yillarda Germaniya, Shvetsariya, Chexiya, Singapur, Italiya, Niderlandiya, Arab Amirliklarida (BAA), Belgiya, Fransiya, Amerika qo’shma shtatlarida, va boshqa davlatlarda bo’lgan. Bundan tashqari ko’plab xalqaro konferensiyalar va anjumanlarda faol qatnashgan. Ko’plab mahalliy va xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalari chop etilgan va biznes sohasiga o'z hissasini qo'shgan. To'plangan ko'p yillik tajriba natijasida "Tadbirkorlik va menejment asoslari" deb nomlanadigan o'quv qo'llanmani chop qilgan.Azizov Javohirbek ziyoli tadbirkor oilasida dunyoga kelgan. 2000 yilda Buxoro shahrda joylashgan 29 -maktabga qabul qilingan va ushbu maktabni 2009 yilda a'lo baholar bilan tugatdi. 2009 yilda Iqtisodiyot kollejiga o'qishga kirdi va ushbu kollejni 2012 - yilda muvofaqqiyatli tugatgan. 2012 yilda Buxoro buxoro muhandislik va texnologiyalari instintutiga menejment iqtisodchisi mutaxassisligi bo'yicha o'qishga kirdi. Azizov Javohirbek o'qishni muvofaqiyyatli tugatgandan keyin 2019 - yilda "Quyosh nuri" portalida o'tkaziladigan xalqaro onlayn konferensiyada ishtirok etdi. "Ilmiy tadqiqot Ishlariga Davlat buyurtmasi Tanlov mavzulari va ilmiy loyihalar qanday shakllantiriladi" mavzusidagi vebinarda ishtirok etganligi uchun , zamonaviy yuqori texnologiyali ta'lim davrida yuqori yondashuv mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashganligi uchun , ."Davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar xarajatlarni rejalashtirish, tadbirkorlik faoliyati,moliyalashtirish va hisobini yuritish" mavzusidagi vebinarda qatnashganligi uchun , Azizov Javohirbek biznes trening dasturida qatnashqanligi uchun taqdirlandi.Ushbu “Tadbirkorlik va menejment” asoslari deb nomlanuvchi o’quv qo’llanmani 2021-2023- yillar davomida koplab amaliy tajribalar asosida yozgan. Bu qo’llanmadan tadbirkorlik salohiyati va xarakteri qirralari, tadbirkor bo‘lish yo‘llari, biznes g‘oya, o‘z biznesini yaratish yo‘llari va uni boshqarish usullari, biznes-rejani tayyorlash hamda o‘z biznesini rivojlantirmoqchi bo’lgan izlanuvchilarga asos bo’lib xizmat qiladi. Azizov Javohirbek 2011 - yilda o'zining qiziqishlaridan kelib chiqib "VIRTUAL SPORT" kompaniyasini tashkil etdi.