Yubor Express kompaniyasi yuk tashish xizmatlarini ko'rsatish doirasida, O’zbekiston bo’ylab yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Tovaringizni Yubor Express xizmati bilan yuborgan paytingizdan boshlab, siz interaktiv xaritada, real vaqt rejimida xatlar va posilkalaringizni kuzatib borishingiz mumkin.

Buyurtma yaratishda tizim vazni, o'lchamlari, jo'natuvchi va qabul qiluvchi ma'lumotlari, jo'natish va qabul qilish punktlarining manzillari, shuningdek sizning posilkangizning xaritadagi joylashuvi kabi hamma ma'lumotlarga ega bo’lasiz.

Kompaniya haqida

tahrir

Yubor Express kompaniyasining xizmat ko’rsatish sifati, № 5067707 sertifikat bilan tasdiqlangan.

Kompaniyamiz ikkita printsip asosida faoliyat yuritadi:

1. Cheksiz xizmat ko’rsatish san'ati

Kontseptsiyani tez va samarali amalga oshirish orqali, biz asosiy vazifani hal qilamiz: biz yuk yoki hujjatlarni kerakli vaqtda, kerakli joyda, maqbul narxda bajaramiz. Sizning jo'natmalaringiz qabul qilingan paytdan boshlab yetkazib berilgunga qadar nazorat ostida bo’ladi.


Ko'p beriladigan savollar.

1) Jo'natma qayerda ekanligini qanday bilsam bo'ladi?

Buyurtmadan so'ng, tizim sizning telefon raqamingizga buyurtma identifikatorini yuboradi. Posilkani kuzatish uchun https://customer.yuborexpress.uz/track ushbu havolaga o‘ting va buyurtma identifikatorini kiriting.

1) Kuryerni qanday chaqirish mumkin?

Kuryer chaqirish uchun, veb-saytimizga kirib so’rov qoldirishingiz yoki call centr ga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin. Shuningdek shaxsiy kabinetiz orqali buyurtma berib, kuryer chaqirishingiz mumkin.

1) To'lov usullari qanday, onlayn yoki bank karta orqali pul o'tkazish mumkinmi?

Bizda barcha to'lov usullari mavjud ( Payme, Click, bank orqali o'tkazish )


Xizmatlar

Posilka yetkazish xizmati

tahrir

Posilkalarni yetkazib berish xizmati, mijozlarimizga maksimal qulaylik yaratishga qaratilgan.

  • har qanday yuk uchun eng tez yetkazib berish usuli
  • posilkani to'g'ridan-to'g'ri qabul qiluvchining qo’liga yetkazish
  • posilka, mijoz tovarni topshirgan holatida yetkazish
  • yetkazilgan posilkaning tasdiqlanishi
  • bitim xavfsizligi
  • posilkaga zarar yetkazish yoki kechikish xavfini bartaraf etish

Yubor Express yetkazib berish xizmati xususiy va korporativ mijozlar bilan hamkorlar safini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi.

Tovarlarni yetkazish tizimi, mijozlarimizning posilkalarini o’z vaqtida yetkazish, vaqtingizni tejash uchun, buyurtma holatini kuzatish va zakazning bajarilganligi to‘g‘risida bildirishnoma olish imkonini beradi. Ushbu turdagi xizmatlarimiz barcha turdagi yuk uchun qulaydir. Hamkorlarimiz uchun shartlarimiz qulay bo’lib, har bir hamkorimiz uchun individual shartlar tuziladi.

Biz doimo hamkorlarimiz uchun qulay sharoitlar va individual takliflarni ishlab chiqamiz.

Yuk yetkazish

tahrir

Filiallarning keng geografiyasi, yetkazib berishning yuqori tezligi va ishonchliligi tufayli bizning xizmatimiz butun O‘zbekiston bo‘ylab posilka jo‘natish imkonini beradi. Tez, qulay va arzon, og'irligi 30 kg gacha va o'lchami 60×60×60 sm gacha bo'lgan yuklar oluvchiga yetkazib beriladi.

"Posilka" tarifi keng qamrovli xizmat bo'lib, unda jo'natuvchining o'zi posilkani transport kompaniyasining terminaliga yetkazishi shart emas - kuryer sizga maqul bo'lgan vaqtda kelishi uchun, arizani onlayn to'ldirsangiz kifoya.

Kichik o'lchamdagi yuklarni yetkazib berish har qanday ko'rsatilgan shaharga qabul qiluvchining eshigigacha amalga oshiriladi va qabul qiluvchiga shaxsan topshiriladi.

Shaxsiy kabinetda jo'natuvchi va qabul qiluvchi yukning aniq kelishi sanasini tushunish uchun yukning harakatini kuzatishi mumkin.

Yig'ma yuk

Mijozlardan oladigan 30 kg dan ortiq og'ir yuklar yig’ma yuk deb ataladi. Mijoz ushbu yuklarni kerakli manzilga olib borib, yuklanganidan so’ng, kuryer kelishilgan manzilga yuklaringizni topshiradi.

Shuningdek, bizda eshikdan eshikgacha olib borish xizmati ham mavjud. Agar siz sug'urta qilishni xohlasangiz, bizda transport sug'urtasini qilib berish imkoniyati ham mavjud. Sug'urta narxi yuk miqdorining 2% ni tashkil qiladi.

Guruh narxlari vazni (kg uchun) va masofa (mintaqa) bo'yicha hisoblanadi. Olib ketish yoki yetkazib berish so‘ralsa, bosib o‘tilgan masofaga qarab (hozirda 1500 so‘m/km) mijoz tomondan to’lov hosil qilinadi. Yuklaringizni va ayrim hollarda jo'natma bilan bog’liq bo’lgan hisob-fakturalarni ko’rsatishingiz kerak bo’ladi.