IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANMASDAN HAM BLOG YURITISH MUMKINMI?

tahrir

Hozirgi kunda “daxshatli” tus olgan ijtimoiy tarmoqlardan ehtiyotkoranalik bilan foydalanish judayam katta kuch va katta mantiq ilmi talab qilinadi.

Hozir ijtimoiy tarmoqlardagi jarayonlar va algoritmlarni o`zaro virtual urushlar, janjalla r deb ta’riflashimiz mumkin.

Har xil mavzudagi kontentlar va har xil kayfiyatdagi auditoriya kishilari, bir-birlarini tushunishlari judayam qiyinligi sababli virtual urushlar hamda kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Oddiy bir postning izohlarida ham kelishmovchiliklarning guvohi bo`lishimiz mumkin.

Ayni oddiy insonlar bunday tushunmovchilik holatlarda o`zlarini yo`qotib qo`yishadi, blogerlar esa bunday vaziyatlarda o`zlarini qo`lga olib, vaziyatni yaxshilashga harakat qilishlari kerak.


Ijtimoiy tarmoqlardan umuman foydalanmaydigan bloger bo`lish mening orzuyimdagi sohalardan biri hisoblanadi.

Qanaqasiga bunday bo`lish mumkin o`zi?

Shunaqasiyam bo`ladimi?

Albatta bu dunyoda iloji yo`q narsaning iloji yo`q.

Avvalgi davrdagi yozuvchi, jurnalistlarni eslay olasizmi.

Tarixda yozib qo`yilgan biroq, hozirgi paytda biz miriqib o`qiydigan ayrim kitoblar bilamizki, ijtimoiy tarmoqlarsiz yozilgan. Yana shunga o`xshash holat, ajoyib tarixiy maqolalar ham shular jumlasidandur.

Buni qarangki ba’zi narsalarni misollashtirib, yaqqol qilib ijtimoiy tarmoqlarsiz ham ijod qila olishimiz mumkinligini bemalol tasdiqlashimiz mumkin.

Avvallari hech qanday tarmoqlarsiz ijod qilingan, hamma o`z yashash holatidan kelib chiqib ijodkorlik qilgan.

Hozirgi davrda eshitgan oddiy voqeamizdan ham ilhomlanib ijod qilishimiz mumkin.

Ba’zi blog yozuvchilar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasa ham bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasa ham muvaffaqiyatli va mashhur bo'lishning usullari mavjud. Ular o'zlarining kontentlarini veb-saytlar orqali tarqatib, qidiruv moslamalarini (SEO) qo'llash orqali obunachilarga yetishishni tanlashadi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasa ham muvaffaqiyatli bo'lmoqning yo'llari, kuchli kontent strategiyasi, SEO ishlari va organik qidiruv trafigi ustida tarkibiy bo'lishni o'z ichiga oladi. Albatta, har bir blog yozuvchining talablari va maqsadlari farqli bo'lishi mumkin, shuning uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasa ham muvaffaqiyatli bo'lishni tanlaygan blog yozuvchilar uchun farqli strategiyalarni ishlatish mumkin.


Ijtimoiy tarmoqlarsiz blog yuritish – bu tinch quloq bilan ijod qilish demakdir.


Ba’zi shunday kishilar borki, salbiy holatlardan o`zini ehtiyotkorona saqlab ijod qilishni Afzal ko`rishadi.

“Baxtli bo'lishning siri” haqida Albert Eynshteyn ajoyib so’zlarni yozgan edi.

Sokin va kamtarin hayot, doimiy bezovtalik bilan erishiladigan muvaffaqiyatdan ko'ra ko'proq baxt keltiradi.

Ushbu xat kim oshdi savdosida boshlang'ich narxi 2000 dollar bo'lishiga qaramay 1,56 million dollarga sotilgan.

Sokin va kamtarin hayot kechirib ijod qilishga nima yetsin.

Ayni anashundagina ajoyib va afsonaviy ijod na'munalarini dunyoga keltirishimiz mumkin.

tahrir