Internet oqmi yoki qora?

Bugungi kunda Internet nima ekanligini bilmaydigan insonni topish juda qiyin. Butun dunyo bo’ylab minglab, balki millionlab odamlar internetdan hatto televizorga nisbatan ham ko’proq foydalanadi. Hozirgi ishchan odamlarning deyarli har biri ijtimoiy tarmoqlarda ro’yxatdan o’tgan, hatto tinib tinchimas buvijonlar ham internetdan foydalanishni o’rganib olganlar.Zamonaviy dunyo oxirgi 30 yil ichida internetsiz hayotni tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada o’zgarib ketdi.

Zamonaviy bolalar kompyuter o‘yinlari olami hamda ijtimoiy tarmoqlar kengayib borayotgan davrda o‘sib, ulg‘aymoqda. Bu quvonarli hol albatta. Biroq har narsaning me’yori bo‘lmog‘i zarur. Bolalar virtual olamning haqiqiy olam emasligini bilib borishlari shart. Ba’zan bolalar kattalar tomonidan nazoratsiz va ularning ruxsatisiz tarmoqqa tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lib qoladilar. Bolalar va o‘smirlar Internet tarmog‘ida sayr qilarkan, ularga umuman kirish mumkin bo‘lmagan saytlarga duch kelishlari mumkin.

Ba`zilarga birovlar ota-onasiga 2 tagina issiq non olgani, o`zining salomatligi og`irlashsa, dori-darmon qilgani, qandaydir moddiy rahbatga bog`langan xayrli ishlarni amalga oshirgani qo`li kalta ekanini ro`kach qiladi-yu, soatlab internet kafe, "game"  klublar qarshisida umr o`tkazib, pul sarflaydi. Umuman foydasi bo`lmagan yozishmalar, Agent, Odnoklassniki, Facebook va hokazo tarmoqlarida oldi-qochdi so`zlar bilan trafik sotib olganman bahonasida bebaho vaqtni o`tkazmodalar.

Ba'zi bir g'arazli niyatdagi kimsalar oq-qorani ajratishga ulgurmagan yoshlarimizni turli islomiy tushunchalar bilan aldab, o`z tarafiga og`dirishga intilmoqda. Biz, ota-onalar hamda oq-qorani ajratadiganlar bu fitnalarga indamay ko`z yumib turishimiz o`ta achinarli hol, albatta.

Yuqorida internetning salbiy oqibatlari haqida, ozroq bo`lsada, haqiqatni aytdik. Biroq yana bir haqiqat borki, internetdan o`z o`rnida foydalansak, ko`plab qulayliklar, ilm hamda malakaga erishamiz.

Demak, har bir ne`matning zavoli, yaxshi tarafi-yu yomon tomoni bo`lganidek, internetning foydali hamda zararli taraflari bor. Shunday ekan, bu ne`matdan o`z o`rnida foydalanaylik.