KOREYa RESPUBLIKASI MADANIYaTI RIVOJINING Modernizatsiya bu keng ma’noda jamiyatda iqtisodiy sohadagi tub o‘zgarishlardan oldin yangi ma’naviy qadriyatlarni anglab yetish va madaniyatdan boshlanadi. Modernizasii chegarasida turgan har qanday taraqqiyot, avvalo, o‘ziga yangilanish g‘oyalarini singdirib, keyin ishlab chiqarish sohalarining aniq ob’ektlarida materiallashtiriladi. Har qanday milliy tarix betakror va individual bo‘lib, unga ma’lum ichki tabiiy sharoitlarning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq qonun-qoidalar, u yoki bu holatlar oqimi, an’anaviy madaniyat shakllanishi xosdir. Har qanday millat, har qanday xalq o‘z tarixi davomida boshqa xalqlardan ajratilmagan, boshqa xalqlar bilan qo‘shni bo‘lgan. Shu sababli turli xil ta’sirlar va doimiy aloqalar almashinuvi kuzatiladi. Turli xil xalqlar tarixi rivojlanishida umumiy o‘xshashliklar va ularning yorqin o‘ziga xosligini ko‘rish mumkin. Aynan mana shu sabab mamlakat taraqqiyotining har qanday sohasi rivoji bilan bog‘liq u yoki bu masalani yoritishda bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi predmetning ichki va tashqi mohiyati muhim va zarur. Hozirgi kunda Koreya Respublikasining an’anaviy madaniyatini modernizatsiya kontekstida ko‘rib chiqish jarayonida shuni alohida qayd etish lozimki, madaniyat bu eng avvalo, jamiyatda shakllangan insonlar hayoti, faoliyati va tartibini aniqlaydigan qadriyat va me’yorlarning universal tizimidir. Madaniyat tushunchasi odatda ilm, san’at, adabiyot va h.k bilan bog‘lanadigan aniq va keskin ijodiy faoliyat sohalaridan iborat emas. Ijtimoiy hayotning deyarli barcha: xo‘jalik va maishiy hayot, hokimiyat va huquq, siyosat va odob-axloq sohalariga shiddatli kirib boruvchi mustahkam qatlam – madaniyatning yutug‘idir. Madaniyatning qadriyatlar mo‘ljali yalpi qatlam va intellektual elita o‘rtasida yuqori va quyi sinf qadriyatlari farq qilsa-da, davlatning yaxlitligiga yo‘naltiriladi. Bunday farqlar mavjud bo‘lsa-da, ma’lum kelishuvlar asosida bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi hamda bu madaniyatning yetukligi va rivojlanish darajasi yuqoriligiga guvohlik beradi.