Zarafshon shahar kasb-hunar maktabi


Zarafshon shahar kasb-hunar maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi PF-5812-sonli Farmoni bilan Zarafshon konchilik elektroenergetikasi kasb-hunar kolleji negizida tashkil etilgan.


Zarafshon shahar kasb-hunar maktabi direktori Bozorov Sadriddin

Kasb-hunar maktabi o‘quv binosi 2008 yilda qurilgan. 2008 yildan buyon kapital ta’mirlanmagan. Quvvati 540 o‘rinli.

O‘quv binosida umumiy 60 ta xonalar mavjud. Shundan, 20 tasi o‘quv xonasi, 1 ta faollar zali, 1 ta sport zali, 1 ta kutubxona, 1 ta kutubxona o‘quv zali,  1 ta bufet, 2 ta laboratoriya xonasi va boshqalardan iborat.

Kasb-hunar maktabi o‘quvchi yoshlar uyi binosi 2011 yilda qurilgan. 2011 yildan buyon kapital ta’mirlanmagan. Quvvati 100 o‘rinli.

Binolar shahar kasb-hunar maktabi balansida.

Maktab umumiy yer maydoni 4,30 ga,

O‘quv binosi joylashgan yer maydoni 1,0 ga. 

Quvvati 540 kishiga muljallangan.

O‘quvchi yoshlar uyi binosi joylashgan yer maydoni 0,3 ga. 

Quvvati 100 kishiga muljallangan.

Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida

Kasb – hunar maktabida 52 shtat birligi mavjud.

Jami xodimlar soni 75 nafar, shundan 3 nafari qozonxona ishchisi.

Ishlab chiqarish ta’limi ustalari 7 nafar, Pedagog xodimlar 19 nafar, jami 26 nafar, shundan 3 nafari soatbay ishlaydi.

Rahbar va  texnik hodimlar soni 49 nafar.

O‘quvchilar soni 757 nafar, shundan qiz bolalar 198 nafarni, o‘g‘il bolalar 559 nafarni tashkil etadi.

Kutubxona fondi jami 12704 ta adabiyot va darsliklardan iborat bo‘lib, shundan 6433 tasi umumta’lim fan, 4936 maxsus va umumkasbiy fanlardan darsliklar hamda 1335 ta badiiy adabiyotlar hisoblanadi. Kutubxonada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12-yanvardagi PQ 3271-Qarori asosida “Haftada bir kitob mutoalaa qilamiz” shiori ostida kitobxonlik kechalari o‘tkazib kelinadi.

2020 yilda Zarafshon kasb-hunar maktabiga Tomdi tumani Agroiqtisodiyot kasb-hunar kollejidan 577 521 452,39 so‘mlik ustaxona jihozlari keltirildi va hozirgi kunda maktabda 6 ta o‘quv ustaxonasi va 1 dona texnika mavjud.

Kasb-hunar maktabida o‘quv amaliyotlarini o‘tkazish uchunustaxona mavjud emasligi sababli ustaxona jihozlari o‘quv xonalariga joylashtirilgan.