Zilola Dilshodovna
Chxongechxon daryosi Seul qoq markazida oqib o‘tuvchi Chxongechxon sayoz daryo-irmoq, katta Xangan daryosidan oqib tushadi. Monarxiya boshqaruv davrida Chxongechxon daryosi siyosiy markaz, odamlar uchun hayot manbai bo‘lgan, Choson sulolasi boshqaruvi davrida maxsus voqealar nishonlangan. Daryo Seul hayotida muhim rol o‘ynagan: XV qirol buyrug‘iga ko‘ra bu yerda Chxongechxon o‘zanini chuqurlashtirish maqsadida katta ishlar olib borilgan. Choson sulolasi davrida daryo Kechxon, ya’ni «irmoqlarni kovlash» deb nomlangan. Dastlab bu Seul markaziga tog‘lardan oqib tushuvchi oddiy havza edi. Kuchli yomg‘irlar vaqtida suv havzasidan tashqariga toshib, atrofdagi uylarni suv bosib ketardi, oqibatda katta zarar yetkazardi. Bu rayonda muntazam ravishda yuzaga kelgan suv toshqinlari sabab Choson sulolasining uchinchi qiroli Tejon, irmoqqa asosiy o‘zan berish haqida buyruq berdi. Uning izdoshi qirol Buyuk Sejon daryoning oqib kelishini izga solishga qaratilgan ishlarni olib bordi. Kechxon daryosiga oqib keluvchi barcha mayda irmoqlar atrofida qurilish ishlari olib borildi: daryoning o‘zida esa suv darajasini o‘lchash uchun ustun o‘rnatildi. Yonjo qiroli buyrug‘iga ko‘ra daryoning qirg‘oqlari va o‘zani o‘zgaradigan joylariga toshlardan to‘siq qo‘yib chiqildi. Yapon kolonial boshqaruvi davrida Yaponiya 1914 yili barcha daryolar nomiga o‘zgartirish kiritganida daryoga Chxongechxon «sof oqim» nomi berildi.