YUQUMLI MOLLYUSK (molluscum contagiosum) -asosan bogʻcha va kichik maktab yoshidagi bolalarda uchraydigan degenerativ va sitoliz holatlari bilan kechadigan virusli kasallik.

Etiologiyasi va patogenezi. tahrir

Kasallik qoʻzgʻatuvchisi (Molluscovirus hominis) filtrlanivchi, DNK li virus boʻlib, aksariyat bogʻcha, kichik maktab yoshidagi bolalarda (1-7 yosh) kasallik chaqiradi. Ularga kasallik toʻgʻridan-toʻgʻri virus tashuvchidan yoki umumiy sochiq, vanna, idish-tovoq, oʻyinchoq va boshqa narsalardan yuqishi mumkin. Ayrim holatlarda kasallik bolalar muassasasida epidemik tarqalib ketishi mumkin. Kattalarga virus maishiy-kontakt yoʻli bilan birgalikda jinsiy aloqa yoʻli orqali yuqadi. Shu sababli yuqumli mollyusk jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasallilkar guruhiga kiradi.

Klinikasi. tahrir

Kasallikning inkubatsion davri 2-3 haftadan bir necha oygacha davom etadi. Shundan soʻng sogʻlom teri yuzasida mayda (1-2 mm), asta-sekin kattalashadigan, chegaralari aniq, yaltiroq, oqish marvarid rangli, markazi kindiksimon botiqchali, zich-elastik konsistensiyaga ega tugunchalar paydo boʻladi. Ular yuz, koʻz atrofi, boʻyin, koʻkrak, qoʻl panchasi, qorin sohasi, jinsiy aʼzolar terisida uchraydi. Kasallik toshmalari subyektiv hissiyotlarsiz kechadi. Tugunchalarni yon tomonlaridan siqib koʻrilganda, markazidagi botiqchadan boʻtqasimon massa chiqadi. Bu massa muguzlangan epiteli hujayralaridan iborat.

Kilinik turlari: tahrir

  • Koʻp sonli,
  • Mayda toshmali,
  • Ingichka asosli (oyoqchali),
  • Gigant toshmali.

Diagnostikasi: tahrir

Yuqumli mollyuskni boshqa turdagi toshma elementlaridan ajratib turuvchi belgi-siqib koʻrilganda, markazidagi botiqchadan boʻtqasimon massa chiqishi va mikroskopda koʻrilganda, katta, oval protoplazmasida kiritmalari bor hujayralar (mollyusk tanachalari) topilishidir.

Davosi: tahrir

Tugunchalar pinset bilan siqib tashlanadi yoki oʻtkir uchli Folkman qoshiqchasi bilan qirib olinadi, diatermokoagulyatsiya, kriodestruksiya usullari qoʻllaniladi. Oʻrni 2-5% li yodning spirtli eritmasi bilan artiladi va yuzasiga virusga qarshi (bonafton, oksalin, gossipol, tebrofen, interferon) malhamlar surtiladi. Ikkilamchi infeksiya bilan asoratlangan hollarda antibiotikli malhamlar (tetraksiklin, sintomitsin, eritromitsin) ishlatiladi.

Adabiyotlar tahrir

Adham Voisov. „Teri va tanosil kasalliklari“ 2004-yil

Manbalar tahrir

Adham Voisov. „Teri va tanosil kasalliklari“ 2004-yil


Ushbu munozara sahifasi hisob yozuvi yaratmagan (yoki yaratishni xohlamaydigan) anonim foydalanuvchiga tegishli.

Shu sababli, uni aniqlash uchun raqamli IP-manzildan foydalaniladi. Ushbu IP-manzil bir nechta foydalanuvchilarga tegishli boʻlishi mumkin. Agar siz anonim foydalanuvchi boʻlsangiz va qoldirilgan xabarlar sizga yoʻnaltirilmagan deb hisoblasangiz, iltimos, boshqa anonim foydalanuvchilar bilan adashtirib yubormasliklari uchun hisob yozuvi yarating yoki tizimga kiring.