O'ZBEKISTON DUNYONING ENG QADIMIY VA GO'ZAL MAMLAKATLARIDAN BIRIDIR. BU DAVLAT NIHOYATDA QADIMIY DAVLATCHILIK TARIXIGA EGA. AYNI PAYTDA DAVLATCHILIKNING RIVOJLANISHI DAVOMIDA TURLI XON VA BEKLAR DAVRIDA OLAMSHUMUL VA MUHTASHAM OBIDA, BINO VA YODGORLIKLAR BINO ETILGAN. O'ZBEKIDTONDAGI HAR BIR HUDUDDA O'ZIGA XOS TARIXIY YODGORLIKLAR QAD KO'TARGAN. ULAR ASRLAR DAVOMIDA O'Z KO'RKINI YO'QOTMAY ASRLAR DAVOMIDA DUNYO AHLINI O'ZIGA ROM ETIB KELMOQDA. BUGUNGI KUNGA KELIB o'ZBEKISTON TURIZMI ENG RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR QATORIDA TURIBDI.

RAJABOVA OZODA 106-GURUH

  2017-YIL 7-FEVRALDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING "2017-2021-YILLARDA o'ZBEKISTON RESPUBLIKASINI YANADA RIVOJLANTIRISH BO'YICHA HARAKATLAR STRATEGIYASINI QABUL QILINDI. STRATEGIYADA MAMLAKATIMIZNI SIYOSIY, IJYIMOIY VA MA'NAVIY-MADANIY SOHALARDA TIZIMLI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS YO'LI BELGILAB BERILDI. UCH YILDAN BUYON MAZKUR STRATEGIYA DOIRASIDA MISLI KO'RILMAGAN O'ZGARISH, YANGILANISH VA ISLOHATLAR AMALGA OSHIRILDI. DAVLATIMIZ HAR TOMONLAMA JADAL RIVOJLANMOQDA.

SHOMURODOVA MOHINISO 106-GURUH

Exzel dasturi tahrir

Assalomu alaykum, dastur nomini xato yozgansiz, Excel dasturi deb aytiladi. Shu bilan birga Microsoft Excel nomli maqola mavjud. Agar manbaga asoslangan ensiklopedik ma'lumotlar bo`lsa, Microsoft Excel kiriting. Bitta mavzu bo`yicha, ikkita-uchta maqola yaratish mumkin emas. Undan tashqari yaratgan maqolalaringiz ensiklopedik ahamiyatga ega bo`lishi kerak, hamda ishonchli manbalarga tayanilgan bo`lishi kerak, manbasini ham keltirib o`tish kerak (< ref>< /ref> shaklida). Mualliflarni ham maqolani o`zida keltirish mumkin emas. muallifini ko`rmoqchi bo`lgan odam, maqola tarixidan ko`rishi mumkin - Xusinboy Bekchanov (munozara) 09:25, 27-Fevral 2020 (UTC).…jkkllbjuy…Javob berish

gghhhhjiifdsds 213.230.69.66 05:17, 6-Noyabr 2021 (UTC)Javob berish

Vandalizm tahrir

Vandal tahrirlarni qilishni bas qilisangiz yaxshi ish boʻlardi. — Kagansky (munozara) 07:15, 3-Dekabr 2020 (UTC)Javob berish

1918-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti Adabiyot va falsafa fakulteti ochilgan. Ushbu fakultet hozirgi kunda bir nechta mustaqil universitetlar uchun ham asos bo‘lgan. 1921-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti Sharq tadqiqotlari fakulteti tashkil etilgan. Keyinchalik ushbu fakultetdan mustaqil institut va bir nechta fakultetlar ajralib chiqqan. 1935-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil etildi va eng avvalo O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tuzildi. Ayni vaqtda O’rta Osiyo davlat universiteti ham faoliyat yuritgan. 1942-yili O‘rta Osiyo davlat universitetida Tarix va filologiya fakulteti tashkil etilgan. Ushbu fakultet ko‘plab mashhur olimlar, ijodkorlar uchun markaz hisoblangan. 1950-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti tarkibida Tarix va filologiya fakulteti tashkil etilgan. Ushbu fakultet institutning eng qadimiy va eng yirik fakulteti sanalgan. 1956-yil esa O‘rta Osiyo davlat universiteti Toshkent davlat universiteti deb qayta nomlandi va Filologiya (o‘zbek, rus, roman-german tillari va jurnalistika) fakulteti tashkil etildi. 1968-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti tarbida Filologiya (o‘zbek, qozoq, rus, tatar tillari) fakulteti paydo bòladi va yurtimizdagi barcha pedagog-filologlar uchun tayanch muassasaga aylanadi. 1981-yilda Toshkent davlat universiteti yagona keng profilli O‘zbek filologiyasi fakulteti tuzildi. Mazkur fakultetdan bir nechta mustaqil fakultetlar tashkil etildi. Nihoyat 1976-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tashkil etilgan. Ushbu fakultet O‘zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchilari tayyorlovchi eng yirik fakultet sanalgan. 1998-yilda Toshkent davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berildi va O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti qayta tashkil etildi. 2000-yilda Toshkent davlat universiteti O‘zbekiston milliy universiteti deb qayta nomlandi va unda O‘zbek filologiyasi fakulteti eng katta va qadimiy bilim o’chog’i sifatida bunyod etildi. 2016-yilda esa O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti negizida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil topdi. Shu bilan birga uchinchi fakultet sifatida O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti ham qo'shildi. 2018-yil Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari soni kengayib, Filologiya va tillarni o‘qitish, O‘zbek tili va adabiyoti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishlari qatoriga yangi O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’lim yo’nalishi qo‘shildi. 2019-yilda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha mavjud talabdan kelib chiqqan holda Noshirlik ishi ta’lim yo‘nalishi tashkil etildi. 2020-yilda Tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim sohasida rus tili tili bo‘yicha alohida yo‘nalish ochildi. 2021-yilda Universitetda Bakalavriat bo‘yicha Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili), Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili), Kompyuter lingvistikasi, Matnshunoslik vaadabiy manbashunoslik, Amaliy filologiya, Folklorshunoslik va shevashunoslik singari yangi ta’lim yo’nalishlari tashkil etildi.[2] tahrir

ToshDO'TAU MMA 102-guruh Jabborberganova Mavluda 213.230.69.66 12:21, 27-Sentabr 2022 (UTC)

Boburnoma tahrir

Boburnoma — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxminan 1518/1519—1530). "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. Bobuburnomada 1494—1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiysiyosiy voqealar yilmayil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻlikdir.

"Boburnoma" oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—1524) va Hindiston (1524— 1530)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi — temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—1494) xususida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻtirishi (1494-yil iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15-asr 90- yillari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi, va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxminan 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (qarang Panipat janglari), Shim. Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan iborat.

"B."da keltirilgan barcha maʼlumotlar, xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-asr 80—90- yillari va 16-asr 1choragidagi siyosiy ahvoliga doyr xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton Husayn va boshqalarning xulqatvori, tabiati xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiytabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va boshqalarga oid aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha kattakichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurolyarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda koʻplab harbiymaʼmuriy istiloxlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa, murchil, manjaniq, oʻron va boshqalar) ham uchraydi. Shuningdek, "B."da temuriylar qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va boshqa haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr, Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasbhunari, urfodatlari, rasmrusumlari, anʼanaviy tadbirmarosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shaharviloyatlarning jugʻrofiymaʼmuriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, qishloq xoʻjaligi, daryo va suv havzalari, choʻladirlari, togʻsahrolari, bogʻu rogʻlari, tabiati, iqlimi, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal maʼlumotlar beriladi. Xususan 15—16-asrlarda Turkiston viloyatida yashagan qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining hamda Movarounnahrdagi turkmoʻgʻul qabilalarining urfodatlari, harbiy mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib, ular oʻzbek, qozoq, qirgʻiz va boshqa turkiyzabon xalqlar etnik tarixini oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. "B." da Fargʻona, Samarqand shaharlari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va boshqa joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan. 213.230.69.66 12:56, 15-Oktabr 2022 (UTC)

Mahalliy tillarning rasmiy tillar taraqqiyotiga ta'siri tahrir

MAHALLIY  TILLARNING  DAVLAT  TILLARI  TARAQQIYOTIGA  TA’SIRI

Barakayeva Sabrina Qahramon qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Amaliy filologiya fakulteti1-bosqich talabasi. sabrinabarakayeva.com@gmail.com

Rafiqjon Zaripov Ergashboy o‘g‘li

Filologiya fanlari boʻyicha falsafa fanlari doktori(PhD).

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyotiuniversiteti

Amaliy filologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi. zaripovrafiqjon1gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada rasmiy va mahalliy tillarning xususiyatlari, O‘zbekistonda mahalliy tillarning o‘zbek tiliga ta’siri, mahalliy tillarning hududiy tarqalishi, ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilingan hamda mahalliy tillar sirasida e’tirof etiluvchi tojik va qozoq tillarining O‘zbekistondagi maqomiga, mamlakat lisoniy manzarasidagi holatiga e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar: Rasmiy til, mahalliy til, davlat tili, mahalliy aholi, o‘zbek tili, tojik tili, qozoq tili, leksika, qardosh tillar, o‘zlashma so‘z.


Rasmiy va mahalliy tillar o‘rtasidagi tafovut qanday jihatlarda namoyon bo‘ladi?

Rasmiy til  ma’muriyat tomonidan homiylik qilinadigan va nafaqat muloqot balki, yozishmalarda ham keng qo‘llanadigan tildir.

Davlat tili- davlatning asosiy aholisi tomonidan davlat ichida umumiy qo‘llaniluvchi til. U siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotning barcha sohalarida keng qo‘llanadi. Til vositasida davlat o‘z fikrini ifodalaydi, faoliyatini olib boradi va xalq bilan muloqotda bo‘ladi. Davlat tili-milliy davlat suvereniteti belgisi. U- davlat irodasini ko‘rsatuvchi, harakatlarni  amalga oshishi uchun xizmat qiluvchi, davlatchilikning funksiyalovchi elementi (Zaripov R., 2021, 36-bet).

Demak, rasmiy va davlat tili bir biridan farq qilmaydi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu O‘zbekiston til siyosati nuqtai-nazaridan, ammo ayrim mamlakatlarda rasmiy til yagona, davlat tillari maqomidagi tillar bir nechta bo‘lishi mumkin. Rasmiy til rasmiy-idoraviy uslubda yuritiluvchi og‘zaki va yozma birliklarni o‘z ichiga oladi. Davlat tili esa tilning har qanday qo‘llanish imkoniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Mahalliy tillar kam sonli aholiga xizmat qiladigan tillardir. Bunday tillarning ma’lum qismi og‘zaki shaklda mavjud bo‘lib, aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji uchun xizmat qiladi (Xolmanova Z., 2020, 195-bet). O‘zbekistonda yigirmadan ortiq mahalliy tillar farqlansa, ularning ko‘pchiligining yozuv tizimi mavjud emas. Demak, mahalliy tillar son jihatdan ko‘p bo‘lmagan, kichik aholi tomonidan so‘zlanadigan tillardir. Mahalliy tillarning O‘zbekistondagi statistik holatiga to‘xtalsak, ushbu tillarni quyidagicha bayon qilish mumkin: 1989-yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi eng yirik etnik guruhlarni o‘zbek, rus, tojik, qozoq, turkman, qirg‘iz millati vakillari tashkil qilgan. Hozirda yurtimizda  271 ming nafardan ortiq qirg‘iz, 200 mingga yaqin turkman, 1.5 milliondan ortiq tojik va 800 mingdan ortiq qozoq istiqomat qiladi(https://interkomitet.uz).

Xususan, mahalliy tillar ichida keng tarqalgan til sifatida e’tirof etiladigan tojik tili bugungi kunda, Samarqand, Buxoro, qisman Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlarida mavjuddir. O‘zbekistonda o‘zbeklar bilan umumiy etnik ildizga ega bir yarim milliondan ortiq tojik millati vakillari yashaydi. Binobarin, Respublika tojik milliy madaniy markazi  O‘zbekistonda 2008-yili tashkil qilingan bo‘lib,uning tarkibiy tuzilmalari Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlaridagi bo‘linmalari,  Buxoroda “Oftobi So‘g‘diyon “  tojik-fors markazi, 1990-yil Toshkentda tashkil etilgan “Oriyono” hamda Chirchiq shahridagi “So‘g‘diyona” markazlari faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda tojik tilining Respublika ta’lim tizimidagi o‘rni anchagina yuqori. Xususan, yurtimizda mazkur tilda 255 ta maktab faoliyat olib borsa, respublikaning “O‘zbekiston” nashriyotida ularga mo‘ljallangan darsliklar chop etiladi. Ushbu tilda faoliyat olib boruvchi maktablar uchun Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetining tojik tili bo‘limida, Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi kollejda va Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi sharq tillari kafedralari va bir qator muassasalarida mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Ikki til o‘rtasida o‘zaro ta’sir va aloqa natijalari tillarning taraqqiy etishida va rivojlanishida asosiy omil sanaladi. So‘z o‘zlashtirish boshqa til so‘zlarining o‘zbek tiliga olinishidir. Bu jarayon o‘zbek tili leksikasining o‘zlashgan qatlamini yuzaga keltiradi. (Jamolxonov H., 2005, 195-bet). Xususan, o‘zbek va tojik tillari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ikkala til leksik hatto, grammatik xususiyatlarida ham aks etgan. Hozirgi o‘zbek tili leksikasiga anchagina miqdorda tojik tilidan so‘zlar o‘zlashgan bo‘lib, o‘zbek tili leksikasida turkiy so‘zlardan keyin miqdor jihatidan ikkinchi o‘rinda turadi. Lekin, o‘zbek tilining sohaviy terminologiya sistemalarida bu ko‘rsatkich farqlanadi. Deylik, o‘zbek quruvchilik terminologiyasida tojikcha o‘zlashmalar arabcha o‘zlashmalarga nisbatan ko‘p bo‘lsa, o‘zbek kitobatchilik terminologiyasida buning tamoman aksini ko‘rishimiz mumkin.

Respublikada tojik millati vakillaridan keyin eng yirik mahalliy aholi  qatlami Qozoqlar hisoblanadi. Qozoq millati vakillari 1999-yilda 940,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda 800 mingdan ortiq kishi atrofidadir. Yurtimizda qozoq tili va qozoq madaniyati ancha rivojlangan bo‘lib, Qoraqalpog‘istonda respublika qozoq teatri, Mirzacho‘l va Navoiy viloyatida musiqali drama teatrlari ochilgan. Xususan, Qozoq madaniyat markazi 1989-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Qozoq tilida bir qancha gazeta va jurnallar nashrdan chiqqan va ko‘rsatuvlar efirga uzatilmoqda. “Nurli yo‘l “ respublika davlat gazetasi, respublika radio va televideniyasida efirga uzatiladigan “Zamandas”, “Didar”, “Dostik” kabi ko‘rsatuvlar shular jumlasidandir. Shuningdek, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlaridagi telekanallarda va radiolarda qozoq tilida ko‘rsatuv hamda eshittirishlar muntazam efirga uzatiladi.

Qozoq tilining ta’lim tizimidagi o‘rni ham ahamiyatli. Bugungi kunda  yurtimizning  Qozog‘iston bilan universitetlararo aloqalari yanada kengaydi. Mamlakatimizning 6 ta oliy o‘quv yurtida qozoq tili va adabiyoti yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanmoqda(https://m.kun.uz/uz/news/2019/02/21/ozbekistonda-qancha-maktab-bor-va-ularda-necha-nafar-oquvchi-ta’lim-oladi). Shuningdek, qozoq tilida 370 ta maktab yuritiladi hamda ushbu tilda 54 926 nafar o‘quvchi ta’lim oladi.

Qozoq tili hozirgi kunda oila ichidagi muloqotda foydalanilib, biznes va jamoa sohalarida kam namoyon bo‘lmoqda. Tillarning o‘zaro aloqasi hamda hamkorligi ko‘p holda shu tillar orasida so‘z almashishga, bir tildan ikkinchisiga so‘z o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbek tili ham tarixda turkiy tillar oilasiga mansub qardosh tillar bilan, chunonchi, qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur, qoraqalpoq tillari bilan aloqada bo‘lgan. Va bunday aloqa hozir ham davom etmoqda. Shunday aloqalar tufayli ham O‘zbekistonning bir necha viloyatlarida o‘zbek va qozoq tilida parallel gaplasha oluvchi ikki tilli aholi vujudga kelgan. Bunday genetik jihatdan aloqador bo‘lgan ikki qardosh tilda gaplasha olish yurtimizda yashovchi aholi orasida qadimdan mavjuddir.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, xalqaro munosabatlar taraqqiyoti, madaniy aloqalar va ular o‘rtasidagi yaqinlik avvalambor, xalqning leksikasida namoyon bo‘ladi. So‘zlarning o‘zlashishi borasida hali hanuzgcha tadqiqotlar qilinmoqda va chet so‘zlarning o‘zlashish sabablari, xususiyatlarini o‘rganish kabi bir qator masalalar dunyo va Respublika tilshunoslari tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Leksika va uning har bir qatlamlari o‘ziga xos lisoniy qiymatga ega. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tojik tilidan kirib kelgan so‘zlar o‘zbek tilining leksikasiga anchagina ta’sir o‘tkazgan. Shu bilan bir qatorda, ushbu tildan kirgan so‘zlar o‘zbek tili lug‘at boyligining ortishiga sabab bo‘ldi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Jamolxonov H.(2005). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin. 195 b.  

2. Xolmanova Z. (2020). Tilshunoslik nazariyasi – Toshkent: Shafoat Nur Fayz. 26 b.

3. Zaripov R. (2021). Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda til siyosati: bilingvizm va pluralingvizm : Filol. Fal. Fan. Dok. (PhD)… Diss. – Toshkent. 36 b. 213.230.69.66 09:46, 23-Sentyabr 2023 (UTC)Javob berish

Alisher Navoiy tahrir

      • Alisher Na@voiy 1441-yil Hirot shahrida tugilgan. U juda kop asarlar yozib qoldirgan. 5 dostondan iborat Xamsa asarining ham muallifidir.***

213.230.69.66 09:58, 9-Oktyabr 2023 (UTC)Javob berish


Ushbu munozara sahifasi hisob yozuvi yaratmagan (yoki yaratishni xohlamaydigan) anonim foydalanuvchiga tegishli.

Shu sababli, uni aniqlash uchun raqamli IP-manzildan foydalaniladi. Ushbu IP-manzil bir nechta foydalanuvchilarga tegishli boʻlishi mumkin. Agar siz anonim foydalanuvchi boʻlsangiz va qoldirilgan xabarlar sizga yoʻnaltirilmagan deb hisoblasangiz, iltimos, boshqa anonim foydalanuvchilar bilan adashtirib yubormasliklari uchun hisob yozuvi yarating yoki tizimga kiring.