Abdunazarov Muhammadakbar Shamsuddin o‘g‘li 1994 yil 5 mayda O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahrida xizmatchilar oilasida tug'ilgan, bolalik chog‘laridan ilm-fanga qiziqqan shu sababli Namangan shahridagi 7-sonli Al-Xorazmiy nomidagi maktabga 6 yoshdanoq 1 sinfga qabul qilingan, 2009 yil maktabni alo baxolarga tamomlab, o‘sha yilning o‘zida Hi-Technologiga qiziqqanligi sababli o‘qishga qabul qilingan, 2012 yilda alo baxolarga tamomlab, o‘sha yilning o‘zida Chortoq sanatoriyasiga Kompyuter Ustasi lavozimida ish boshlaydi, ishga bo‘lgan layoqati va mehnatsevarligi orqali rahbariyatni ishonchini oqlaydi, 2013 yilda Moliya vazirligi xuzuridagi Namangan viloyati Byudjetdan Tashqari Pensiya Jamg‘armasi ish yurituvchi lavozimida ish boshlaydi, 2014 yil xarbiy xizmatga chaqiruv qog‘ozini qabul qilgach xech ikkilanmay, vatan oldidagi burchini ado etgani Qashqadaryo viloyati tomon yo‘l oladi, u yerda vatan sarhadlarini munosib himoya qilish bilan birga Oliy o‘quv yurtiga qo‘shimcha 62.7 ballni ham qo‘lga kiritib Namangan shahriga qaytadi, 2015-2019 yillar orasida Namangan Muhandislik-Qurilish Institutining Bino va Inshootlar kafedrasida o‘qib Bakalavr darajasiga oladi. 2019-2021 yillar orasida olgan bilimlari natijasida Bino va Inshootlar qurilishi yo'nalishida magistratura o‘qishga kirib, magistrlik dissertatsiyani yo‘qlab Shu institutning QMBKICH kafedrasida Stajyor o‘qituvchi lavozimida ish boshlaydi. 2022 yilga kelib "Avtomobillarning harakati natijasida kelib chiqadigan tebranishlarni aniqlash va kamaytirish choralarini takomillashtirish" mavzusi bo‘yicha, 01.02.04 Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasida stajyor tadqiqotchi bo‘lib ilmiy faoliyat yuritib kelmoqda.

Abdunazarov Muhammadakbar Shamsuddinovich bilan munozara boshlang

Munozarani boshlash