DS9905
Metodlar.
tahrirInson faoliyatining barcha sohalarida tegishli metodlardan foydalaniladi. Bu metodlarning eng umumiy belgisini hisobga olgan holda ularni borliqni amaliy yoki nazariy o’zlashtirish operastiyalarining yoki yo’llarining yiindisi deyish mumkin. Ushbu qo’llanmada metod tushunchasini ta’lim-tarbiya jarayonibilan boliq jihatlardan ko’rib chiqiladi. Shunga muvofiq ta’lim metodlari bilan boliq eng asosiy tushunchalarning izohlarini ko’rib chiqamiz. Metod – (grekcha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, yo’l, ahloq usuli ma’nolarini anglatadi). Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning yo’li, usuli yoki qiyofasi, shakli, ko’rinishi. Ta’lim metodi – o’qituvchining o’quvchilar bilan muntazam qo’llaydigan, o’quvchilarga o’z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko’nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari majmuasidir. Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, usullari, yo’llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o’quv fanini o’qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar. DS9905 (munozara) 06:44, 3-Oktyabr 2023 (UTC)