MUQADDAS QADRIYAT

Simirdim, yashnayman tilsin dilimni, Bemehnat sevmayman tirik tilimni.

Usmon Nosir

     Bizning ona tilimiz sho‘ro davrida o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon eta olmadi. Sho‘ro hukumati qariyb 70 yil davomida tilimizni qattiq  tahqirladi, yig‘in, majlislar rus tilida olib borildi, oxir-oqibat rus tilida gapirish yuksak madaniyat belgisi hisoblanib qoldi. Mana shu kabi omillar  inobatga olinib, 1989-yil 21- oktyabrda, hali davlat mustaqilligi e’lon qilinmasdan turiboq ona tilimizga davlat tili maqomi berildi.      So‘zlashuvchi so‘zni, tilni qanchalik mehr bilan asrab-avaylasa, u ham boy imkoniyatlarini namoyon etadi. Tilni qancha ko‘kka ko‘tarsa, u so‘zlovchini o‘n chandon ko‘kka ko‘tarishi muqarrar. O‘zbek tilini ulug‘lab, ardoqlab, uning keng imkoniyatlarini isbotlagan hazrat Navoiy uni: “Aytib sovumas taronasen sen.   Olib qurimas xizonasen sen”,- deya ta’rif etgan. Lison ummonining 26 mingdan oshiq javohirini zargarona qo‘llagan buyuk shoirni bu til mana qariyib 600 yildan buyon e’zozlab, ehtirom aylab, eng go‘zal ta’rif-u sanolar bilan siylab kelmoqda.      Til millatdan ayri hodisa emas, albatta. Millatning asosiy ko‘rsatkichi til bo‘lgani kabi, til ham o‘z millati bilan barhayotdir. Uning yashovchanligi, rivojlanishi, takomili iste’molchisining mehr-u madaniyatiga, munosabatiga chambarchas bog‘liqdir.      Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni chinakam bayram — ona tilimizga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman. Keling, do'stlar, tilimizdagi latif so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llab, qadrlab, o‘z burchimizni sidqidildan ado etaylik!

Ona tilim, sen borsanki, chin baxtga eshman, Shaxd-u shashtim so'ndirolmas turli yov, g'anim. Sen borsanki, ko'ngillarga balqqan quyoshman, Seni sevmoq, qadrlamoq farzimdir manim.

Dilnavoz TO‘XTAYЕVA, Buxoro davlat universiteti, jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

MUQADDAS QADRIYAT tahrir

Dilnavoz TO‘XTAYЕVA, Buxoro davlat universiteti, jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi 95.214.210.175 05:50, 10-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish