Korea tarixi

tahrir

Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (hangul: 대한민국, hanja: 大韓民國, tɛː.han.min.ɡuk̚), tinglang (yordam·maʼlumot)) Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Poytaxti — Seul shahri aglomeratsiyasi aholisi boʻyicha jahonda ikkinchi oʻrinda turadi. Koreya jahonning eng qadimgi tamaddunlaridan biridir; uning hududida Quyi Paleolit davridayoq odamlar yashaganligi maʼlum. Uch Koreys Qirolligining 668-yildagi birlashuvidan to 1910-yilgacha koreys xalqi yaxlit mamlakatda yashadi. Koreya boʻlinishidan soʻng 1948-yili Janubiy Koreya davlati yaratildi. Koreys Urushidan keyin Koreya Respublikasi iqtisodiyoti kuchli o'sishni boshidan kechirib, mamlakat Katta Yigirmatalik safiga kirdi. Bugungi kunda Janubiy Koreya Toʻrt Osiyo Barslaridan biri, deb hisoblanadi. Janubiy Koreya BMT, JST, OECD, APEC kabi tashkilotlar aʼzosi, AQShning yaqin hamkorlaridan biri boʻlib, xalqaro siyosatda faol qatnashadi. Janubiy Koreya iqtisodiyoti yuqori texnologiyalar va qulay infratizimga asoslangan, Samsung, LG, Hyundai-Kia kabi koreys shirkatlari elektronika, avtomobil, kema, mashina va robotlar ishlab chiqarishadi. Janubiy Koreya shuningdek taʼlimi ilgʻor mamlakatlardan biri boʻlib, aholisi ilmiy savod darajasi boʻyicha jahonda birinchi, matematik savod boʻyicha esa ikkinchi oʻrinda turadi. Korea soliq tizimlari 것 아니냐는 지적이 ᆞ 안녕 것 아니냐는 관측이. 하지만. 하지만 이 관계자는 다만 이 같은 Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash] Asosiy maqola: Koreya tarixi Arxeologik topilmalar daliliga asosan Koreyslar Koreya yarimorolini Ilk Paleolit davrida egallagan. Koreya tarixi eramizdan avvalgi 2333-yil Tanginning afsonaviy tarzda Koʻchoʻsonga asos solishi bilan boshlanadi. Tanginning qirolligi "Choʻson" deb atalgan (ammo, hozirgi kunda yaqin davrdagi Choʻson sulolasidan farqlash uchun Koʻchoʻson yoki Qadimgi Choʻson deb ataladi). Koʻchoʻson Koreya yarimoroli shimoli va Manjuriyaning bir qismini egallashgacha kengaydi. Xitoyning Han sulolasi bilan bir necha urushlardan keyin, Koʻchoʻson parchalanib, bir necha davlatlarga boʻlinib ketdi va Koreyaning Uch Qirollik Timsoli davriga olib keldi. Uch Qirollik timsoli davri davomida Buyo, Okcho, Doʻngyo va Samhan birlashmasi Koreya yarimoroli va janubiy Manchuriyani egallab oldi. Aynan shu davrda Uch Qirollik ravnaq topdi. Uch Qirollik davri[tahrir | manbasini tahrirlash] Eramizdan avvalgi 57-yillarda Uch Qirollik boshlandi va Silla 668-yilda Koguryo ustidan yarimorolni birlashtirguncha kengayib bordi. Bu davrda Koguryo, Pekche, Silla va Kaya yarim orolga hukmronlik qildi. Lekin Koʻruryo umuman olganda uch qirollikning eng kuchli va eng kattasi edi. Eng gullagan davrida Koʻguryo Manjuriyadagi Xitoy yerlariga hujum qildi va egallab olib katta yerga hukmronlik qildi. Koguryo Vey, Shuy va Tang kabi xitoylar bilan bir necha marta jang qildi va chekindi, 668-yil, Shilla-Tang ittifoqi vaqt oʻtishi bilan qirollikni qulatishga olib keldi. Eramizdan avvalgi (e. a.) II asrda Xitoy yozuvi ("hanja") ieroglifni qabul qilishi, eramizning IV asrida Buddizmning kirib kelishi Koreyaning Uch Qirolligiga teran taʼsir koʻrstatdi. Koreyslar keyinchalik ushbu taʼsirni Yaponiyaga oʻtkazdi. 667-yilda Uch Qirollikning Silla tomonidan birlashtirilishi Shimol-Janubiy Davlat davriga olib keldi. Koreya yarimorolini Silla, Manchuriyani esa Balhe boshqardi. Birlashgan Shilla davri Koreyaning madaniyati eng rivojlangan, yaʼni madaniy uygʻonish davri hisoblanadi. Shoirlik va sanʼatga dalda berildi. Birlashgan Silla tinch munosabat olib bordi chunki Soʻng Sulolasi aggressiv emas edi. Bu davr davomida Koreya va Xitoy oʻrasida munosabatlar yaxshi boʻldi. 935-yilda Birlashgan Silla ichki nizolar taʼsirida parchalanib ketdi va oxirgi qirol Koʻryoga taslim boʻldi. Koryo Qirolligi[tahrir | manbasini tahrirlash] Koryo davlatiga 918-yilda asos solingan va 936-yilda butun yarim orolni birlashtirib yagona davlatga aylantiriladi. "Koryo" soʻzi hozirgi "Koreya" nomiga asos boʻldi. Bu sulola vakillari yarimorolni 1392-yilgacha oʻz qoʻl ostilarida ushlab turadilar. Ushbu sulola vakillari boshqaruvi davrida tegishli qonunchilik asoslari ham ishlab chiqildi. Buddizm butun yarimorol boʻylab keng tarqaldi. Jumabekyusupov (munozara) 19:12, 14-Dekabr 2022 (UTC)

Amur Temur tarixi

tahrir

Amir Temur

Maqola Munozara



Mutolaa Tahrirlash Manbasini tahrirlash Tarix Kuzatish Vikipediya, ochiq ensiklopediya Amir Temur Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul

Sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Tavalludi 9-aprel 1336-yil Vafoti 18-fevral 1405-yil (68 yoshda) Farob, Temuriylar imperiyasi (hozirgi Oʻtror, Qozogʻiston) Turmush oʻrtogʻi Saroy Mulk xonim Otasi Amir Taragʻay Onasi Takina xonim Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel — 1405-yil, 18-fevral) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk turkiy sarkardasi, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi. Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash] Amir Temurning oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash] Amir Temurning onasi Takina xonim edi. Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻay ham yilda bir marotaba ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, „ulamo va sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi…“. Taragʻayjon piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻaybek 1405-yilda vafot etgan. Amir Temurning katta opasi Qutlugʻ Turkon Ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo bor edi. Ular Temurdan oldin vafot etishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralarda dafn etilgan. "Muyizz al-Ansabʼga koʻra, Temurning yana uchta ukasi bor edi: Djuki, Olim Shayx va Suyurgʻatmish. Temurning bitta amakisi bor edi, uning ismi Bolta edi. Amir Temurning yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash] Amir Temurning yoshligi Sirdaryoda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish va boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni yiğgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar. Amir Temurning koʻtarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chigʻatoy xonligining xaritasi Siyosiy faoliyatining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temurning bosib olgan yerlari Amir Temur ilk harbiy faoliyatini qoʻl ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning oʻzaro kurashlarida qatnashib, jasorat koʻrsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dongʻi butun Qashqadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazagʻon bilan yaqinlashtirdi. Xondamirning yozishicha, otasi amir Taragʻoy Amir Temurni avval (1355) amir Joku barlosning qizi Nurmushk ogʻoga, soʻngra oʻsha yili (1355) Qazagʻonning nabirasi va amir Husaynning singlisi Oʻljoy Turkon ogʻoga uylantiradi. Keyingi nikoh tufayli Amir Temur bilan Balx hokimi amir Husayn oʻrtasida ittifoq yuzaga kelib, ular birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurashadilar. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yoʻlidagi harakati 14-asrning 60-yillari boshlaridan boshlandi. 14-asr ning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning oʻzaro kurashi kuchayib, amir Qazagʻon oʻldirildi. Mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqib, ogʻir tanglik sodir boʻldi. Xondamirning „Habib ussiyar“ kitobida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, ulus oʻnga yaqin mustaqil bekliklarga boʻlinib ketgan. Samarqand viloyatida amir Bayon sulduz, Keshda amir Hoji barlos, Xoʻjandda amir Boyazid jaloir, Balxda Uljoy Bugʻa sulduz, Shibirgʻonda Muhammad I Xoja Aperdi nayman, Koʻhistonda Badaxshon shohi amir Sotilmish, Xuttalonda Kayxusrav, Hisori Shodmon hududida amir Husayn va amir Xizr Yasovuriylar oʻzlarini hokimi mutlaq deb eʼlon qiladilar. Bu davrda Chigʻatoy ulusining sharqiy qismi — Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilayotgan moʻgʻul xonlari Movarounnahrdagi ogʻir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu yerda oʻz hokimiyatini oʻrnatishga harakat qiladilar. Jeta xonlaridan Tugʻluq Temur va uning vorisi Ilyosxoja 1360 — 61 va 1365-yil larda Movarounnahrga bir necha bor bostirib kiradilar. Moʻgʻul xonlarining boskinchilik yurishlari va zulmiga karshi xalq harakati boshlanadi. Biroq, Movarounnahr amirlari xalqqa bosh boʻlib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashga jurʼat eta olmaydilar. Ularning bir qismi dushman tarafiga oʻtadi, ikkinchi qismi esa el-yurtni tark etib, oʻzga mamlakatlardan boshpana izlaydilar. Amir Temurning amakisi, Kesh viloyatining hukmdori amir Hoji barlos Xurosonga qochadi. Mana shunday ogʻir pallada siyosat maydoniga Amir Temur kiradi. Moʻgʻullarga qarshi turish uchun kuchlar nisbati teng emasligini hisobga olgan 24 yoshli Amir Temur 1360-yilning boshida Tugʻluq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar bilan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan xon xizmatiga oʻtib, uning yorligʻi bilan oʻz viloyatining dorugʻasn etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojliqdan qoʻyilgan siyosiy hamda strategik qadam boʻlib, bu bilan Amir Temur moʻgʻullarning navbatdagi talontarojining oddini olgan, mamlakat va xalqni falokatdan qutqargan edi. Biroq, Movarounnaxrning hukmdori etib tayin qilingan Ilyosxoja va uning lashkarboshisi amir Bekkichik bilan Amir Temurning murosasi kelishmay qoladi. Shu sababdan 1361-yilning oxirida u mamlakatni tark etishga majbur boʻladi. Xivaning janubida, Urganjiy dashtida Amir Temur Tugʻluq Temurning yana bir raqibi — qaynogʻasi amir Husayn bilan uchrashadi. Amir Temur moʻgʻullar bilan kurashish maqsadida u bilan birlashib, ikkovlon kuch toʻplashga kirishadi. Dastlab ular Tugʻluq Temurxonning farmoniga binoan Amir Temurni taʼqib qilishga kirishgan Xiva dorugʻasi Toʻqol (Tavakkal) bilan jang qiladilar. Soʻngra 1362-yilning kuzida Seistonda viloyat hukmdori Malik Qutbiddinning tarafida turib mekroniylar bilan boʻlgan toʻqnashuvda Amir Temur oʻng kifti va oʻng oyogʻidan jarohatlandi. Amir Temur va amir Husayn keyingi ikki yil davomida Ilyosxoja boshliq Jeta lashkari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat, 1364-yil oxirida ular moʻgʻul qoʻshinlarini Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga muvaffaq boʻladilar. Biroq, Movarounnahrni qoʻldan chiqarishni istamagan Ilyosxoja 1365-yil ning bahorida yana Turkiston ustiga qoʻshin tortadi. Toshkent bilan Chinoz oraligʻida ikki oʻrtada sodir boʻlgan jang tarixda „Loy jangi“ nomi bilan shuhrat topadi. Jangda amir Husaynning xiyonati oqibatida magʻlubiyatga uchraydilar va oʻz qoʻshinlari bilan Amudaryo boʻylariga chekinib, Balx viloyatida oʻrnashdilar. Ilyosxoja esa hech qanday qarshilikka uchramay Xoʻjand, Jizzax va boshqa bir qancha shahar hamda qishloklarni egallab, Samarqand ustiga yuradi. Samarqand oʻsha paytlarda katta qoʻshinga qarshilik koʻrsata olmasdi. Shaharning na devori va na mustahkam istehkomlari, na qurollangan sipohiysi bor edi. Bek va amirlar shaharni tark etgan edi, lekin moʻgʻullarga qarshi xalq koʻtariladi, sarbadorlar shahar mudofaasini oʻz qoʻllariga oladilar. Shahar mudofaachilariga Madrasa tolibi ilmlaridan Mavlonozoda Samarqandiy, jun (paxta) tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof va mergan mavlono Xurdaki Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar Samarqand shahrida moʻgʻullarga qaqshatqich zarba beradilar. Ilyosxoja dastlab Samarqandni, soʻngra butun Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. Sarbadorlarning moʻgʻullar ustidan qozongan gʻalabasi haqidagi xabar amir Husayn bilan Amir Temurga ham borib yetgan. Amir Temur qishni Qarshida, Husayn esa Amudaryo boʻyida oʻtkazib, 1366-yil bahorida Samarqandga yoʻl oldilar. Ular Konigita toʻxtab sarbadorlarning dushman ustidan qozongan gʻalabalaridan mamnun boʻlganliklarini va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq, sarbadorlarning boshliqlari amirlar huzuriga kelganlarida amir Husayn buyrugʻi bilan Abu Bakr Kuluyi (Kalaviy) Naddof bilan mavlono Xurdak Buxoriylar dorga tortiladi. Mavlonozodani esa Amir Temur. oʻz himoyasiga olib kutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda amir Husaynning hukmronligi oʻrnatiladi, ammo koʻp vaqt oʻtmay Husayn bilan Amir Temur oʻrtasidagi munosabat keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib borayotganligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib, uning qalʼa devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Balx, Qunduz va Badaxshondan koʻp sonli lashkar ham toʻplaydi. Kesh va Qarshi viloyatlariga bosh boʻlgan Amir Temur ham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi jangga hozirlik koʻradi. 1366 — 70 yillar oʻrtasida bir necha bor toʻqnashuvlar boʻlib oʻtadi. „Buyuk amir“ sifatida saylanishi[tahrir | manbasini tahrirlash] Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nogʻora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Balxga yetmasdan Oʻrpuz mavzeida u amir va noʻyonlari bilan kengash oʻtkazadi. Koʻpchilikning xohish va ixtiyori bilan, oʻsha davr qonun-qoidalariga koʻra, chingiziylar avlodidan boʻlgan Suyurgʻatmish oʻgʻlon Movarounnahr podsholigi taxtiga oʻtqazildi. Amir Temur qoʻshini to Balxga yetib borgunicha, unga yoʻl-yoʻlakay yangi-yangi kuchlar kelib qoʻshildi. Shu asnoda amir Husaynni koʻpchilik amirlari tark etdilar. Jangda amir Husayn qoʻshinlari yengildi, ikki kunlik qamaldan soʻng, 1370-yilning 10 apr.da Balx sh. Amir Temurga taslim boʻldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi. Bu gʻalabadan soʻng Amir Temur Movarounnahrning chingiziylardan boʻlgan hukmdori Qozonxonning qizi Saroymulk xonimni oʻz nikohiga oladi. Xon qiziga uylanganligi munosabati bilan Amir Temur „koʻragon“, yaʼni „xonning kuyovi“ unvonini oldi. 1370-yilning 11-aprelida Chigʻatoy ulusining barcha beklari, amirlari, viloyat va tumanlarning dorugʻalari hamda Termizning sayyidlari (xudovandzodalari), shuningdek Amir Temurning yoshlikdan birga boʻlgan quroldosh doʻstlari va piri Sayyid Barakaning ishtirokida oʻtkazilgan qurultoyda anʼanaga koʻra chingiziylardan Suyurgʻatmishxon mamlakat hukmdori deb eʼlon qilingan boʻlsada, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur oʻzi boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni oʻgʻillari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qildi. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxtiga aylantirilib, oʻsha yilning yozida shahar devori va qalʼasi tiklandi, saroy va qasrlar bino qilindi. Jumabekyusupov (munozara) 19:27, 14-Dekabr 2022 (UTC)

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Unversiteti

tahrir

1918-yil noyabr oyida Toshkentda Turkiston Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Bu institut O‘rta Osiyo taixida birinchi sharqshunoslik oliy o‘quv yurti sifatida qo‘shni mamlakatlar uchun ham sharqshunoslik fanining turli sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishtirib bera boshladi. Mazkur bilim dargohida Turkiston va unga qo‘shni bo‘lgan xorijiy sharq mamlakatlarining tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, o‘lkashunosligi, islom tarixi va musulmon qonunshunosligi kabi fanlar, sharq xalqlarining tillari va adabiyotlari o‘rgatilgan. O‘sha yili 1-kursga 234 ta talaba qabul qilingan edi. Institutda sharq tillaridan arab, fors, xitoy, pushtu, urdu, turk va mahalliy tillardan o‘zbek, tojik, qirg‘iz, turkman, tatar hamda Yevropa tillaridan ingliz, nemis va fransuz tillarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Sharqiy va Qarbiy Turkiston, Buxoro geografiyasi; o‘zbek, qirg‘iz, fors, tojik, qozoq, afg‘on, qoraqalpoq xalqlari etnografiyasi; O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Hindiston va qadimgi dunyo tarixi, islom tarixi, shariat qonunlari kabi fanlar o‘qitia boshlandi. 3-kursdan boshlab talabalar ixtisoslikka bo‘linib o‘qitilgan. Ta’lim quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha taqsimlangan: turkiy tillar, eron filologiyasi, arabshunoslik va islomshunoslik. Shu bilan birga, mahalliy maktablar uchun ona tili va tarix o‘qituvchilari ham tayyorlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko`ra, 1922-1923 o‘quv yilida Turkiston Sharqshunoslik institutida 210 nafar talaba o‘qigan. Bundan 16 foizigina mahalliy xalq farzandlari bo‘lgan. Institutda 5 nafar professor, 21 nafar o‘qituvchi va bir necha lektor va praktikantlar ta’lim va tarbiya ishlarini olib borgan.1922-yilga kelib, institut kutubxonasida 5300 jild kitob va 200 dan ortiq qo‘lyozma asarlar mavjud edi. Turkiston Sharqshunoslik instituti 1924-yilda fakultet sifatida O‘rta Osiyo davlat universitetiga qo‘shib yuborildi. Uning birinchi dekani etib A.E.Shmidt tayinlandi. Fakultet faoliyati uzoq davom etmadi. 1930 yilga kelib, u pedagogika fakultetiga aylantirildi va 1931-yilda uning faoliyati batamom tugatildi. Sharqshunoslik ta’limi uzoq davom etmagan bo‘lsa-da, qisqa davr ichida mazkur ilm dargohidan A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, K. Yudaxin, I.A.Kissen. R.L.Nemenova kabi taniqli tilshunos olimlar, P.P.Ivanov, M.R.Ivanova, M.Masson, V.A.Shiglkin, O.A.Suxareva kabi mashhur tarixchi va etnograflar, Muxtor Avezov, Sotim Ulug‘zoda kabi atoqli yozuvchilar hamda D.G.Voronovskiy kabi sharqshunos olimlar yetishib chiqsi. 1944-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekistan Milliy universiteti) qoshida qaytadan sharq fakulteta ta’sis etildi. Uning dekani etib tarixchi sharqshunos olim Abdurahmon Hamroev tayinlandi. Fakultetda, o‘quv rejasiga ko‘ra, Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari tarixi va iqtisodi, tili va adabiyoti o‘qitila boshlandi. 1947-yili fakultet qoshida aspirantura tashkil qilindi. Ko‘pgina yosh mutaxassislar Moskva va Leningrad kabi markaziy shaharlarla aspiranturada o‘qib, fan nomzodi ilmiy darajasini olib qaytdilar. Ular o‘z yurtlariga jo‘nab ketgan rus sharqshunos olimlarining o‘rnini to‘ldirib, sharqshunoslikning turli sohalari bo‘yicha dars bera boshladilar. 1944-1947-yillarda fakultetda 4 ta kafedra mavjud bo‘lgan. Bular: Eron filologiyasi (1955 yildan Eron-afg‘on filologiyasi) kafedrasi; Shimoliy Hind (keyinchalik Hind va hozirda Janubiy Osiyo tillari) filologiyasi kafedrasi; Sharqiy Turkiston filologiyasi kafedrasi; Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasi. 1949-yilda fakultetning dastlabki talabalari o‘qishni bitirib, hayotga yo‘llanma oldilar. Birinchi qaldirg‘ochlar 41 nafardan iborat bo‘lib, bugungi kunda ularning ko‘pchiligi Respublikada elga tanilgan mashhur olimlar qatoridan joy olgan. Fakultet kun sayin kengayib, takomillashib bordi. Arab, fors, pushtu, hind, urdu, xitoy, uyg‘ur, turk tillari bilan bir qatorda ingliz, rus va o‘zbek tillarini o‘rganishga ham katta ahamiyat berib kelindi. Sharq xalqlarining mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti bo‘yicha talabalarga chuqur bilim berish maqsadida 1965-yilda maxsus Sharq mamlakatlari adabiyoti kafedrasi tashkil etildi. Bir oz vaqt o‘tgach, G‘arbiy Yevropa tillari kafedrasi tashkil qilinib, fakultet bo‘yicha Yevropa tillarini o‘qitish jarayoni ta’minlandi. Sharq tillarini o‘qishini takomillashtirib, talabalarning nutq malakalarini o‘stirish maqsadida Eron, Afg‘onistan, Hindiston, Arab mamlakatlaridan o‘qituvchilar taklif etila boshlandi. Ular 1-2 yil davomida talabalarga dars berib, ularning amaliy malaka hosil qilishlarida katta yordam ko‘rsatdilar. Bu talabalarning tilni ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta bilishlariga imkon yaratdi. Faqatgina 1960-1970-yillar oralig`idada xorijiy Sharq mamlakatlaridan 10 nafar mutaxassis dars berish uchun taklif etilgan edi. O‘z navbatida, fakultet o‘qituvchi va talabalari ham xorijiy Sharq mamlakatlariga borib, institut va universitetlarda o‘qidilar va o‘z malakalarini oshirib qaytdilar. 1990-yilda Toshkent Davlat universitetining Sharq fakulteti negizida universitetning Sharqshunoslnk instituti tashkil qilindi. Oradan ko`p otmay, 1991-yil 15-iyulda esa bu institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirildi. Respublikamizning sharqshunos kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda institutda sharqshunoslik sohasidagi turli ixtisosliklar va yo‘nalishlarning doirasi yanada kengaytirildi. Institut fakultet bo‘lgan davrda mutaxassislar faqat filologiya, tarix va iqtisod yo`nalishlari bo‘yicha tayyorlangan bo‘lsa, endi bu o‘quv maskanida o‘n ikki mutaxassislik bo‘yicha ta’lim berila boshlandi. Ilgari fakultet tarkibida 7 ta kafedra faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, Sharqshunoslik institutida 28 kafedra faoliyat ko‘rsata boshladi. Institut tashkil etilgach, arab, fors, dariy, hind, urdu, xitoy, pushtu va uyg‘ur tillari bilan bir qatorda yapon, koreys, turk tillari va adabiyoti ham o‘qitila boshlandi. Talabalarda qo‘lyozmalarni chuqur o‘rganish va yozma manbalarni ilmiy tadqiq etish malakalarini shakllantirish maqsadlarida institutda Manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi tashkil etildi. Bundan tashqari, xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini chuqurroq o‘rganish uchun Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, shuningdek, Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik kafedralari ham shakllantirildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari, xorijiy Sharq mamlakatlari iqtisodi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, marketing va menejment mutaxassisliklari bo‘yicha ham kafedralar tuzildi. Qisqa davr ichida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun etakchi mutaxassislar, ilmiy tadqiqot institutlari uchun kadrlar, maktab va litseylar uchun pedagoglar, xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun tarjimonlar, diplomatik xodimlar tayyorlandi. Biz xaqli ravishda ta’lim muassasamizda tahsil olgan ilm-fan va davlat namoyandalari, diplomatlar bilan faxrlanamiz. Qrim FA akademigi Aydar Memetov, Tojikiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mashhur yozuvchi, tarjimon va olim Rasul Xodizoda, Gruziya Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi J.Sh. Giunashvili bizning talabalar bo‘lishgan. Bizning bitiruvchilarimiz O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida dunyoning qator katta va obro‘li mamlakatlarida, jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Turkiya, Belgiya, Isroil, Hindiston, Pokistan, Saudiya Arabistoni, Misrda faoliyat yuritishgan va yuritishmoqda. Sharqshunoslik instituti faoliyati bevosita Uzbekistonda sharqshunoslik ilmini rivojlantirish va takomillashtirish bilan ham bog‘liq. O‘tgan davr mobaynida institut 400dan ortiq fan nomzodi, 80dan ortiq fan doktori tayyorladi. 8 nafar olimlarimiz O‘RFA akademikligiga saylangan. 14 nafar sharqshunos-olimlar O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatga fan arboblari, 12 nafari Beruniy va Hamza nomlaridagi davlat mukofotlari, 7 nafari Firdavsiy, Ahmad YAssaviy, Mahmud Qog‘ariy, Javoharla’l Neru va Imom al-Buxoriy nomlaridagi xalqaro mukofotlarining laureatlari. Bundan tashqari, qator sharqshunos-olimlarimiz “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxrli unvonlariga ega, 8 nafar sharqshunos-olim «El-yurt hurmati», «Buyuk xizmatlari uchun», «Mehnat shuhrati» ordenlari kavaleri. Agar biz sharqshunoslik institutining tarixiga nazar solsak, institutning ulug‘vor va shonli rivojlanish yo‘lni bosib o‘tganiga shohid bo‘lamiz. Bu davrda institut Markaziy Osiyodagi yagona yirik ta’lim va fan markaziga aylandi.Deyarli O`zbekiston Respublikasi tengdoshi bo`lgan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 2020 yillarga qadar bo`lgan davr mobaynida alohida oily ta`lim muassasi sifatida o`z zimmasiga olgan vazifalarni sharaf bilan bajardi. Jumabekyusupov (munozara) 19:35, 14-Dekabr 2022 (UTC)