O‘RTA OSIYO XALQLARINING MUSIQIY-MADANIY MEROSI (ERAMIZDAN AVVALGI DAVRLARDA) tahrir

Annotatsiya: Maqolada ko‘pgina tarixchi, arxeolog, etnograf olimlar kishilik madaniy taraqqiyoti darajasini davrlashtirish muammosi ustida bosh qotirib, ilmiy izlanishlari natijasi hamda turli xil manbalarga tayangan holda, kurrai zaminda 5 marta yirik sivilizatsiya yuksalishlari ro‘y berganligini e'tirof etadilar

Eramizdan avvalgi 3-ming yillikda Kichik va old Osiyo hududlari, Frot va Dajla, Nil hamda Hind daryolari havzalarida yuz bergan dastlabki tarraqiyot kurtagi fanda “Qadimgi sharq sivilizatsiyasi“ nomi bilan mashhurligi haqidagi tushunchalar keltirilgan.

Tayanch iboralar: davr, milliy meros, madaniyat, san'at,  musiqa, tarix, yodgorlik,  qadriyat, manba, yozuv, taraqqiyot.

Insoniyat taraqqiyoti asrlar davomida o‘zi tomonidan egallangan, o‘zlashtirilgan, to‘ldirilgan, sayqallangan bilimlar majmuasining hosilasi, natijasiga bog‘liq holda rivojlanib, yuksak pog‘onalarga ko‘tarilib kelmoqda.

Ko‘pgina tarixchi, arxeolog, etnograf olimlar  kishilik madaniy taraqqiyoti darajasini davrlashtirish muammosi ustida bosh qotirib, ilmiy izlanishlari natijasi hamda  turli xil manbalarga tayangan holda, kurrai zaminda 5 marta yirik sivilizatsiya yuksalishlari ro‘y berganligini e'tirof etadilar.

Eramizdan avvalgi 3-ming yillikda Kichik va old Osiyo hududlari, Frot va Dajla, Nil hamda Hind daryolari havzalarida yuz bergan dastlabki  tarraqiyot kurtagi fanda “Qadimgi sharq sivilizatsiyasi“ nomi bilan mashhurdir.

Aksariyat olimlar «Antik davr sivilizatsiyasi» nomi bilan mashhur ikkinchi sivilizatsiya miloddan avvalgi 1-ming yillikning o‘rtalarida Gretsiya va Rimda ro‘y bergan deb hisoblashadi.

Uchinchi sivilizatsiya arab istilosidan keyingi davrda   Movarounnahr va Xuroson hududlarida  melodiy IX-XIII asr boshlarida yuz bergan va jahonda tengsiz aql daholari, olimu fuzalolar, mutafakkirlarni yetkazib berganligi sir emas va uning ta'sirida yevropa uyg‘ondi[1]. To‘rtinchi sivilizatsiya XIV-XV asrlarda yevropa va Osiyoda yuz bergan uyg‘onish davri bilan bog‘liq bo‘lib, oxirgi beshinchi taraqqiyot ilm-fan, texnika yuksalishi, buyuk kashfiyotlar davri, inson aql-zakovati mahsulining barcha sohalarda qo‘llanilish davri, ya'ni   XX asr sivilizatsiyasidir.

Turli xil ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, davlatchilik shakllaridan qat'iy nazar, tarixiy davrlarda  ta'lim-tarbiya jarayonining mazmuni, mohiyati, o‘z zamonasi ruhiga mos ravishda anglashilib,  umumiy rivojlanish darajasiga  yuksak ta'sir etib kelgan.

 Mustaqillik davrida  Markaziy Osiyo deb atalmish, ikki muazzam  daryo Amu va Sir havzalari hududlarida ming yillar davomida yashagan, jahonga tengsiz aql sohiblarini yetkazib bergan, takrorlanmas me'moriy obidalar, san'at durdonlarini taqdim etgan, buyuk davlatchilik negizlarini barpo etgan  ajdodlarimizning ta'lim-tarbiyasi, madaniyati, san'ati, ma'naviyati  haqida  ko‘pgina izlanishlar, tadqiqotlar olib borilib,  ulardagi ilg‘or qarashlar va g‘oyalardan, mamlakatimiz kelajagini barpo etadigan yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs bo‘lib shakllanishi yo‘lida foydalanish  imkoniyati tug‘ildi.   

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, biz ushbu  maqolada  sivilizatsiyalar pog‘onasining muhim bo‘lagi sifatida qadimgi sharq sivilizatsiyalari, jumladan ajdodlarimizning islomgacha bo‘lgan davrdagi ta'lim-tarbiya jarayoni, ta'limiy-axloqiy hamda musiqaviy qarashlarini  qator arxeologik, etnografik, yozma adabiyot, folklor va boshqa xil manbalarga asoslanib  yaxlit tarzda o‘rganish asosida tadqiq qilishni  maqsad qilib, o‘z fikrlarimizni bayon qilishga harakat qildik.

Uzoq Sharqdan, yevropagacha yastangan ulkan hududlarda tashkil etilgan turli mulkchilik ko‘rinishidagi ijtimoiy tuzilmalar va davlatchilik shakllarining ilk ilm-fan, madaniyat o‘chog‘i hisoblanib, keyingi sivilizatsiyalar taraqqiyoti uchun poydevor bo‘lganligini isbotlashga hojat yo‘q. 

Ushbu ulkan hududning qoq markazida joylashgan tabiiy-iqlimiy jihatdan g‘oyatda qulay, mo‘tadil ob-havo, ulkan zahiralarga boy jannatmakon  manzillarni qamrab olgan  Markaziy Osiyo  hamda ikki daryo oralig‘ida ham  buyuk davlatchilik an'analari, madaniyat, san'at,  ilmu-fan, qo‘yingki,  inson aqlu-zakovatining mahsuli sifatida ko‘pgina sohalarning rivoj topganligi, Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi  tizimida o‘zaro uyg‘unlikda  alohida o‘rniga ega taraqqiyot bo‘lganligi ham  o‘z isbotini topmoqda.   

Ko‘pgina tadqiqotchilar va olimlar birinchi  davr madaniy yuksalish jarayoni haqida so‘z yuritganda, arxeologik qazishmalar hamda turli xil manbalarga tayangan holda, qadimgi Shumer va Bobil madaniyatlari, Misr hamda Xitoydagi ilk taraqqiyot bosqichlarini asos qilib olishadi.

Ammo tadqiqotlarda aynan  shu davrlarda ikki daryo oralig‘i (Amu va Sir) hamda shimoliy-sharqiy Xuroson hududlarida yuz bergan  yuksalish jarayoni chetlab o‘tilib, ushbu taraqqiyot bosqichi haqida deyarli ma'lumotlar uchramasligi ajablanarlidir. Keltirilgan ba'zi  misollar ham qadimgi yunon va rim olimlarining asarlari mazmunidagi ushbu hududlarda yashagan qabilalar, ularning turmush tarzi va hayoti haqida hikoya qiladigan uzuq-yuluq fikr va qarashlar, parchalarga tayanadi, xolos.

        E.Bikermanning Londonda bosilgan  va dunyoning ko‘p tillariga tarjima qilingan “Qadimgi dunyo xronologiyasi” kitobida barcha madaniy xalqlarning  eng qadimgi  davlatchilik tuzilmalari hamda davlat rahbarlarining shajarasi bor. Ammo, afsuski, bizning xalqlarimiz hayotining necha ming yillik qadimgi tarixi to‘g‘risida bu kitobda biror jumla uchramaydi. 

Darhaqiqat, ushbu hududlarda yashagan, asrlar davomida u yoki bu xalqlarning ta'sir doirasi, ulkan imperiyalarning tarkibida yuksak aql-zakovat, salohiyatini saqlab kelgan aholi, qabila, millat, elat vakillarining yuksak madaniyati, san'ati, ma'rifati, taraqqiyot natijalari mahsulini yo‘qotishga harakat qilish va bosqinchilar tomonidan o‘z madaniyatini majburan  sindirishga bo‘lgan intilish natijasida  xalqimizning nodir, bebaho yodgorliklari tanazzulga uchrab, ular haqidagi ma'lumotlar deyarli saqlanmaganligi tabiiydir. 

Dastlab eroniy qabilalarni birlashtirgan Ahmoniylar, Arshakiylar sulolasi, so‘ngra Aleksandr Makedonskiy boshchiligida yunon qo‘shinlari tomonidan ikki daryo oralig‘i hududlarining bosib olinishi, xalq tomonidan to‘plangan madaniyat xazinalari injularining talon-taroj qilinishi hamda yo‘qotilishiga olib kelgan bo‘lsa, keyinchalik, arablar bosqini natijasida asrlar davomida jamlangan ulkan madaniy-ma'rifiy, diniy yodgorliklar, san'at asarlarining uzul-kesil yangi islom madaniyati ahkomlari bilan almashtirilishiga sabab bo‘ldi.

Garvard universitetining professori, Sheroz universiteti qoshidagi  Osiyo institutining direktori Richard Frayning bir qator tillarga tarjima qilingan “Eron merosi” kitobida[2] arablar istilosigacha bo‘lgan davrdagi xalqlarimiz tarixiga oid ko‘pgina qimmatli ma'lumotlar bor.

Afsuski, uzoq o‘tmishda bu yerda yashagan xalqlar hayotiga doir bironta ham mukammal asar bizgacha yetib kelmagan. Ayrim sayyohlarning hikoyalari, grek tarixchilarining to‘liq bo‘lmagan ma'lumotlarigagina asoslanib xalqimizning islomga qadar ko‘p asrlik hayotini to‘liq tasvi                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                            rlash mumkin emas, albatta. Binobarin butun O‘rta Osiyo tarixi, shu jumladan Xorazm tarixi ham 7-8 asrlardagi arab istilosi davridan boshlanar edi. Bunga asosiy sabab islom dinini tarqatuvchilarning o‘sha davrda o‘zga dindagi xalqlarni o‘ziga bo‘ysundirish yo‘lida olib borgan siyosatidir.  Xorazmning arab xalifaligining istilosidan ilgarigi tarixiga  oid ilmiy va boshqa asarlar, ularni yaratgan mahalliy olimlar arab istilochilari tomonidan vahshiylarcha yo‘q qilingan. Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida shunday yozadi: “Qutayba turli yo‘llar bilan xorazmliklarning yozuv va rivoyatlarini saqlagan kishilarni  va shu qatorda barcha olimlarni tarqatdi va ularga barham berdi.  Natijada islom kelgunga qadar bo‘lgan ularning tarixi qorong‘ulikka aylanib, bu to‘g‘rida haqiqiy bilim qolmadi”.

Shu sababli  oxirgi vaqtlargacha O‘rta Osiyoda islomgacha bo‘lgan davrda qanday ijtimoiy tuzum bo‘lganligi to‘g‘risida nihoyatda mujmal, chalkash va qarama-qarshi har xil fikrlar hukm surib kelgan.[3]

Ammo xalqning o‘tmish qadriyatlariga bo‘lgan sodiqligi, aholi turli qatlamlari  vakillarining vatanga, urf-odatlarga cheksiz mehr-muhabatti natijasida betakror san'at, adabiyot, xalq og‘zaki ijodi namunalarining og‘izdan-og‘izga, avloddan-avlodga yetkazilib, xalqimizning buyuk merosiylik an'anasi negizi sifatida bizning kunlargacha yetib kelganligi diqqatga sazovordir. 


    ADABIYOTLAR

1. Норова Ш. У. роль внешкольного музыкального образования в формировании музыкальной культуры молодежи //ijodkor o'qituvchi. – 2022. – Т. 2. – №. 21. – С. 10-15.

2. Норова Ш. У. Роль народной музыки в духовно-нравственном образовании студентов //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 855-859.

3. Akhtamovich K. I. the content of education aimed at methodological improvement of the study of traditional musical heritageAcademicia Globe:Inderscience Research–2022–Т.3№.01–С.13-15.

4. Кушаев И. А. Педагогико-методические условия изучения традиционного музыкального наследия в образовании //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 893-898.

5. Mirshayev U. M., Mirshayeva D. A. Formation, History and Stages of Development of Bukhara Maqom Art //european journal of innovation in nonformal education–2022.Т.2–№2. – С. 429-433.

6. Миршаев Улугбек Музаффарович. "механизмы формирования музыкальных способностей кольников в семье" Наука, техника и образование,no.2-1 (77),2021, pp. 77-80.

7. Tukhtasin Rajabov Ibodovich.practical situation of teaching uzbek musical folklore in the continuous education system.international journal of early childhood special education (int-jecse) doi:10.9756/intjecse/v14I6.77 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 06 2022. Str.708-716

8. Tukhtasin Ibodovich Rajabov.The Mechanism of Teaching Uzbek Musical Folklore.Volume-1 |Issue-1 Available online @https://procedia.online/index.php/philosophy//Procedia of Philosophical and Pedagogical SciencesISSN2795-546XVolume–1Issue–1August–2022 Procedia

9. Ramazanova O. K., qizi Mustaqimova G. G. Formation and Development of National Musical Traditions //european journal of innovation in nonformal education–2022–Т.2–№ 1. – С. 336-339.

10. Каримов О. И., Шарипова С. Ш. К. Место искусства музыки в формировании идеальной личности человека в дошкольном заведении //Science and Education.2022Т.3–№1.С.692-698.

11. Ходжаев Р. Р., Каримов О. И. Подготовка будущих учителья музыки. Тренировка на скрипке для рефлексации мышц //Science and Education. – 2022. – Т. 3. – №. 2. С. 1419-1423.

12. nurullayev f. содержание обучения бухарским народным песням в музыкальном образовании //центр научных публикаций (buxdu. uz). – 2022. – Т. 22. – №. 22.

13. Nurullayev F. Моделирования педагогических с музыкальным уклоном действие объектов через математический аппарат в педагогике //центр научных публикаций (buxdu. uz). – 2022. – Т. 20. – №. 20.

14. Ramazanova O. K., Shukurov M. historical development of status //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. – 2022. – Т. 3. – №. 02. – С. 447-452.

15. Rajabov A. The development of music and instrumental performance in Central Asia //центр научных публикаций (buxdu. uz). – 2021. – Т. 3. – №. 3.

16. Axtamov I. Maktab musiqa madaniyati darslarida maqom namunalarini o'rgatishni metodik takomillashtirish tajribalaridan //центр научных публикаций (buxdu. uz). –2022.–Т.21. – №. 21.

17. Каюмов И. Ф. Санъатнинг турлари ва уларнинг тарбиявий аҳамияти //Science and Education. – 2022. – Т. 3.


[1] Buyuk siymolar, allomalar (O‘rta Osiyolik mashhur mutafakkir va donishmandlar). 1-kitob, Toshkent, 1995.


[2] Richard Fray. Nasledie Irana. – M.: Vostochnaya literatura. RAN, 2002.



Kayumov Ibragim Fayzullayevich (munozara) 05:06, 22-Sentabr 2022 (UTC)