Abdulla Oripov

tahrir

Abdulla Oripov — ardoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan taniqli ijodkor. Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻafur Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisi hisoblanadi. Shoir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sheʼri muallifidir.

Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida Qashqadaryo] viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagiga oʻrnashgan boʻlib, oqar suv taqchil boʻlsa-da, seryomgʻir kelgan yillarda koʻkat-u maysalarga koʻmilib qoladigan kengish joy edi. Bu haqida shoirning oʻzi shunday yozadi:

"Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yogʻin koʻp tushar, Qoʻngʻirtov etaklari ming xil oʻt-oʻlan, chuchmoma-yu qizgʻaldoqlar bilan, quyontoʻpigʻ-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qoʻzigullar bilan qoplanar, tevarak-atrof jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari toʻplanib qolgan kichik-kichik koʻllarni „qoq“ deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburugʻ terib, Qoʻngʻirtov etaklarida kunlarini kech qilar edi"

Ana shunday goʻzal maskanda tugʻilib oʻsgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli ishbilarmon dehqonlardan boʻlib, jamoa xoʻjaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo koʻpchilik oʻzbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, gʻoyat taʼsirchan va ezgulikka tashna ayol boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi. Marjona7704 (munozara) 12:39, 27-Sentabr 2022 (UTC)