O'tamurodova Aziza
Abdulxayrov Manzar Husanovich – 1964-y. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz nohiyasi, Laylakon qishlogʻigʻida tugʻilgan. Millati oʻzbek. ToshDU Sharq fakultetining 1988-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-afgʻonshunos. filologiya fanlari doktori. 100 dan ortiq maqolalar muallifi. 1989 – 1995-yillar OʻzRFA Til va adabiyot institutida laborant, katta laborant, aspirant, kichik ilmiy xodim; 1995 – 2000-yillar TVDPI da katta oʻqituvchi, 2000 – 2003-y.larda OʻzRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim, 2003 – 2011 OʻzMU Xorijiy filologiya fakulteti dotsenti. 2011dan OʻzMU – mustaqil-ilmiy izlanuvchisi; 2017-2018-yillar “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti bosh muharriri; 2013-2019-yillar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti xodimi; 2019-2020-yillar “Yangi asr avlodi” nashriyoti bosh muharriri; Ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining dotsenti. Ilmiy yoʻnalishi: matnshunoslik va manbashunoslik, navoiyshunoslik. Qiyosiy tilshunoslik va tarjima nazariyasi muammolari. Forsiy va turkiy til tarixi masalalari. Asosiy ilmiy ishlari: Nomz. diss. mavzusi: Devoni Munis tilining leksik qatlamlari. – T., 1996. Dok. diss. mavzusi: “Navoiy asarlari matni tabdilini amalga oshirish usullari, tamoyillari va amaliy masalalari”. – T., 2020.
1. Ming bir soʻz. – T.: Qomuslar Bosh tahririyati, 1991. – 96 b. 2. Turkiy soʻzlarda tashdid belgisi//Adabiy meros. – T., 1992. – № 3. –B.73– 75. 3. Oʻzbek tilini oʻqitish muammolari // Sharq yulduzi. –T., 2000. – № 3–4. – B.157– 159. 4. Navoiy qoʻlyozma manbalaridan bahramandlik // Mumtoz soʻz: Tojikiston mustaqilligining 10 yilligiga bagʻishlanadi (Amir Alisher Navoiy tavalludining 560-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan "Navoiy va XXI asr" mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman materiallari). –Xoʻjand, 2001. – B.15–16 bet. 5. “Tuhafi ahli Buxoro” asari tilida oʻzbekcha soʻzlar//Oʻzbek tili va adabiyoti. –T., 2002. –№ 3. – B.70–71. 6. Navoiyshunoslikning muhim qirrasi // Imom al-Buxoriy saboqlari. –T., 2003. –№ 1. – B.29–30. 7. Sohil ohanglari. – T.: “Navroʻz”, 2004. – 40 b. 8. “Mahbub ul-qulub” asaridagi yangi aniqlangan soʻzlar talqini//Til va adabiyot taʼlimi. – T., 2004. – № 3. – B.50–52. 9. “Muhokamat ul-lugʻatayn” dagi ayrim soʻzlar leksikasi//Oʻzbek tili va adabiyoti. –T., 2005. –№ 2. – B.108–110. 10. Navoiy merosi – soʻz maxzani. – T.: Universitet, 2005. – 44 b. 11. Xat oti birla zebnoma // Oʻzbekiston matbuoti. – T., 2005. –№ 5. – B.36– 37. 12. Oybek ijodida Navoiyona soʻz qoʻllash anʼanalari//Filologiya masalalari. – T., 2005. –№ 2-3. – B.28–30. 13. Navoiyyona soʻz qoʻllash anʼanalari//Oybek ijodining maʼnaviy-maʼri-fiy ahamiyati. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. –Qarshi, 2005. – B.44–46. 14. Nafosat xazinaboni //Jahon adabiyoti. – T., 2006. –№ 4. – B.133–136. 15. “Lutf bu nazm aro bagʻoyatdur... ”//Oʻzbekiston matbuoti. –T., 2006. –№ 1. – B.28–29. 16. “Muhokamat ul-lugʻatayn” dagi yangi aniqlangan soʻzlar//Vostok-zapad: aspektы vzaimodeystviya. Materialы Respublikanskoy nauchnoy konferensii. Filologiya. Chast. 2.Lingivistika. –T.: NUUz, 2006. – S. 5–8. 17. “Badoeʼ ul-badoya”dagi yangi aniqlangan soʻz va iboralar//Filologiya masalalari. –T., 2007. –№ 3. – B.67–71. 18. Alisher Navoiy asarlarining matniy xususiyatlari haqida//Qiyosiy tilshunoslik va tarjima nazariyasi muammolari. Respublika ilmiy anjumanining maqolalar toʻplami. –T.: Universitet, 2007. – B.43–46. 19. Xamsat ul-mutahayyirin» asaridagi yangi aniqlangan soʻzlar talqini // Til va adabiyot taʼlimi. –T., 2007. –№ 1. – B.46–47. 20. Soʻz maxzani // Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. – T., 2007-yil 24-avgust. 21. Maʼno va timsollar siri //Jahon adabiyoti. –T., 2008. –№ 8. – B.199–201. 22. Alisher Navoiy asarlaridagi yangi aniqlangan ayrim ikki maʼnoli soʻzlar talqini // Filologiyaning dolzarb muammolari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman maqolalar toʻplami: Actual Problems of Philology. Thesis of international scientific-practical conference. – T.: Universitet, 2008. –B.50–52.
O'tamurodova Aziza bilan munozara boshlang
Talk pages are where people discuss how to make content on Vikipediya the best that it can be. Start a new discussion to connect and collaborate with O'tamurodova Aziza. What you say here will be public for others to see.