Tanobchilar tahrir

"Tanobchilar" - Muhammad Aminxoʻja (Muqimiy) ning eng mashhur satiralaridan biri.

Jabrlanuvchi oddiy dehqon tilidan yozilgan “Tanobchilar” hajviyasida esa mavjud tuzumdagi ijtimoiy adolatsizlik, chor maʼmurlar va mahalliy amaldorlarning oʻzboshimchaliklari va zoʻrovonliklari, mustamlaka sharoitida soliq solish va undirib olish kabi hayotiy lavhalarda tarixan haqqoniy tasvirlangan.

Muqimiyning “Tanobchilar” asarida tanob bu yer o‘lchash vazifasini bajargan. Ya’ni odamlar yer solig'ini bevosita ular egalik qilayotgan yer maydonidan kelib chiqib to'laganlar. Shuning uchun u davrda tanobchilar aholi yer maydonlaridan kelib chiqqan holda soliq yig'imlarini amalga oshirgan. Asarda “Xoh tanobingni du chandon qilay” degan misra bor. Bu “Men xohlasam tanobingni ikki barobarga oshiraman” degan ma’noni bildiradi. Ya’ni noqonuniy ravishda yer maydonlarini ko‘p ko‘rsatib, undan olinadigan soliq miqdorini oshirish nazarda tutilgan. Bu davrda soliqlar bevosita soliq yig'uvchi shaxslar xohishiga ko'ra amalga oshirilgan. Ya’ni soliq tizimining har bir bo'g'inida bevosita odamlar tomonidan boshqarilgan. Shundan kelib chiqqan holda, yer maydonlarini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ко‘rsatilganligini aniqlashning deyarli imkoni mavjud bo'lmagan. Shuning uchun aholining yer maydonlarini va undan undiriladigan soliq miqdorlarini belgilash bevosita tanobchilarga bog'liq bo'lgan. Muqimiy “Tanobchilar” asarini bevosita shu davming soliq tizimiga bog'lagan holda yozgan. Ya’ni bu davrdagi ba’zi adolatsiz tanobchilaming o'z asarida gavdalantirish va ular qilayotgan noto‘g‘ri ishlardan ogohlantirish orqali odamlami, ayniqsa shu tizim vakillari bo'lmish tanobchilami insofga, adolatga chaqirgan. Bu qisqa tanqidiy-hajviy asar yordamida Muqimiy o‘zi yashagan davr ijtimoiy-iqtisodiy holatini yoritib bera olgan.

Asarda kambag'al chorakor dehqon mehnatidan o'z manfaatlari uchun foydalangan, ularni aldab katta zarar yetkazgan Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi shoir tomonidan o‘tkir, ta’sirchan misralarda fosh etiladi. “Tanobchilar” satirik hikoyasi amaldorlar zulmiga yoliqqan dehqon arz-dodi bilan boshlanadi.

TANOBCHILAR
Bo'ldi,taajjub qiziq hangomcdar,
Arz ebayin emdi yozib nomalar.
Adi qulog‘i-la eshit holimi,
Zulm qilur, baski, menga zolimi.
0 ‘n iki oyda keladur bir tanob,
O'zgalara rohat-u menga azob.

Asaming boshlanishida shu davrdagi aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tasvirlab boshlanilgan. Yuqoridagi misralardan oddiy aholiga zulm qilinayotganligi tasvirlanilgan. Bunda har o‘n ikki oyda keladigan tanob aholi uchun yangi qiyinchiliklar olib kelishini haqida fikr bildirilgan.

Sulton Ali Xoja, Hakimjon ikav,
Biri xotun, birisi bo'ldi kuyav.
Ikkalasi bo'ldi chunon ittifoq,
Go'yo xayol aylaki, qilmay nifoq.

Osh yesalar o‘rtada sarson ilik,
X oja - chirog‘ yog‘i, Hakimjon -pilik.
Bir-birisiga solishurlar o'run,
Erta-yu kech o'pushub og‘iz-burun.
Sallalari boshlarida oq savat,
Ko'rpacha tagda hamavaqt uch qavat.
Birlari mo ‘Itoninamo, hiylagar,
Birlaridur kunda pix-u gavda xar.
Og‘izlari maqtanib o ‘n besh qarish,
Mayda suxan, ezmachuruk, zanchalish.

Yuqoridagi misralarda Sulton Ali va Hakimjon ismli mahalliy ikkiyuzlamachi amaldorlar va ulaming bir-biriga munosabati ta’svirlangan. Bu orqali shu davrda ijtimoiy va davlat boshqaruvidagi holatlami kuzatish mumkin. Bu ikki amaldor xalqdan o'z manfaatlari yolida foydalangan hamda bu maqsadlariga erishish uchun bir-biri bilan aka-ukadanda yaxshi munosabatda bolgan. Bulaming birini juda xiylagar ikkinchisni esa gavdali va juda qo'pol shaxs sifatida tasvirlagan. Bundan tashqari bu makkor amaldorlami juda ezma va maqtanchoq shaxs sifatida ko'rsatilgan. Bunday fflatlarga ega rahbarlar qol ostidagi xalq juda qiyinchiliklarga uchraydi. Bunday misralami hozirgi kunga talqin qilgan holda, rahbar shaxslar uzoq yurishi kerak bolgan illatlami ko'rsatish mumkin. Bunday illatlar mavjud bolgan jamiyatda ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan rivojlanish so‘roq ostida qoladi.

Umumiy jihatdan olib qaraganda, “TANOB” so‘zi arabcha so'zdan olingan bolib, “chilvir, arqon” degan ma’nolami bildiradi. Tanob birinchidan, 0 ‘rta Osiyo, xususan, O'zbekiston hududida qo'llanilgan uzunlik o'lchov birligi. XVII asrda qiymati 39,9 metrga teng bolgan. Ikkinchidan, O'rta Osiyo xonliklarida tomonlari 60 gaz dan iborat bolgan maydonga teng, ya’ni ekin maydonini o'lchash uchun qo'llanilgan yuza birligi hisoblanilgan. 1 tanob 60x60 kv. Gaz =3600 kv. gaz =0,08194 a=900 kv. m (1 ga=12 tanob) ko'rinishida hsoblanilgan. Uchinchidan, uzunlik olchash, yer olchash, chiziq tortish va shu kabida ishlatiladigan uzun chilvir, reja ip, uzun arkon ma’nosidani ham bildiradi.

[1]

  1. Muqimiy