Salimov Sardor Azamatovich-yosh shoir va tarjimon.Ilk professional tarjimasi Entoni Byorjesning 1985 asari. Keyinchalik iste'dodli tarjimon Mio,bolajonim Mio bolalar uchun yozilgan asarni 1985dek mohirlik bilan o'zbek tiliga o'girdi.Juda qisqa tanaffusdan so'ng Sardor Salimov taniqli o'zbek aktyori,tarjimon va huquqshunos Otabek Mahkamovning Yuksaklik sari tasodif bo'lmagan 100 ta uchrashuv avtobiografik asarini ham mohirlik bilan tarjima qildi. Qahramonimiz 1994-yil 24-avgustda O'zbekiston respublikasi Navoiy viloyati Nurota tumani markazi Nurota shahrida tug'ilgan. Ilk ta'limni shaharning 5-sonli maktabida olgan . Maktabni a'lo bahoga , namunali xulq bilan tamomlashiga qaramay imtiyozli shahodatnoma berilmagan. Keyinchalik Nurota tumani Ijtimoiy-iqtisodiyot kollejining Huquqshunoslik yo'nalishiga hujjat topshirib, imtihondan yaxshi natija bilan muassasaga o'qishga qabul qilingan va bu bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tugatgan . Navoiy davlat Pedagogika Instituti Chet tillar fakulteti O'zga tilli guruhlar uchun rus tili yo'nalishiga o'qshga qabul qilinib,ushbu oliy ta'lim muassasida o'zini jammoatchiligi va iste'dodini ko'rsatishni boshlagan . Ish faoliyatini Nurota tumani 54-umumta'lim maktabida rus tili o'qituvchisi sifatida boshlagan. 2021-2022 yil sentabr oyigacha 36-umumta'lim maktabida rus tilidan dars bergan. Hozirda Nurota tumani Prezident maktabida Ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida faoliyat ko'rsatmoqda. Mehnat faoliyati va ilmiy faoliyatini bir xil olib borishni yaxshi ko'radigan Sardor Salimov hozirda Jose Saramagoning spelotaso'qirlik ramoni ustida ishlamoqda

Sanjar Salimov bilan munozara boshlang

Munozarani boshlash