Shahnoza azizovna
Norozilik
tahrirNorozilik.. Shu so'zni Googlega yozib, qidirishga berdim. Ne ko'z bilan ko'rayki, telefon ekranining 80%izi urushlar haqidagi xabarlar bilan to'lib ketdi. Qonli jang, onalar faryodi, kelinchaklar nidosi, yosh yigitlarning qon isi kelib turgan vayrona yurt, bolaliksiz hayot kechirayotgan yetimlar.... Biz esa tinch davlatda uydan, boylikdan, hattoki turmushdan ham norozimiz. Hozir jang o'chog'iga aylangan davlatlarning bir paytlar bizdan kam joyi yo'q edi. Bu dunyoda yashashdan, nafas olishdan o'zga go'zalroq mo'jiza bo'lmasa kerak. Lekin biz uzoqdagi mo'jizalarni izlaydigan insonlarmiz. Dunyo bo'yicha 80% insonlar uysiz ,13.2%i esa ishsiz hamda 44% bola yig‘isiga zor. Naqadar ayanchli statistika! Google ga yozgan so'zimni darrov o'chirdimda, Allohga ming bora shukronalar izhor etdim. Shahnoza azizovna (munozara) 18:01, 24-Iyul 2022 (UTC)
Yirtiq paypoq
tahrirYirtiq paypoq deganda , barchaning ko'z o'ngida ilma teshik bo'lgan, balkim 1jufti yo'qolgan paypoq gavdalanishi mumkin, lekin mening nazarimda unday emas. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali 2022-yil sarhisobi bo'yicha eng ko'p kitob o'qiydigan 26ta davlatga ko'zim tushdi. Kuchli 26talikda qashshoqlashgan Hindiston davlati 1-o'rinda turibdi. Ular orasida urush avj olayotgan Amerika hamda Rossiya, hattoki Xitoy ham bor ,ammo O'zbekiston nomini 3marta o'qib ham topa olmadim.Bu xabar shak-shubhasiz yoshlar kitob o'qimayotganligidan dalolat beradi. Hozir kunda yoshlar kitob o'qiydi , lekin bugungi kun tili bilan aytganda, "moda"ga aylangan kitoblarni mutolaa qilishadi. Hattoki, ayrimlar kiyimiga mos bo'lgan kitoblarni sotib olishayotganini ko'rib ko'zlarimga ishonmaganman. Kamida 60% insonlar shunday. Men bunday insonlarni "yirtiq paypoq"qa qiyoslayman. Tufli ustidan teshiklari ko'rinmasligi mumkin, ammo ko'z-ko'rona kitob o'qish haqiqiy ahmoqlikdir. Shahnoza azizovna (munozara) 18:02, 24-Iyul 2022 (UTC)
Qog'oz stakan yoxud bir martalik do'st
tahrirBirinchi taassurot doim xato bo'ladi, deganlari rost ekan. Qish kunlari qahvani doim 1 martalik qog'oz stakanda ichardim. Lekin ular zararli ekanini, Sog'liqni Saqlash Vazirligi tomonidan yuborilgan xabardan so'ng bildim. Qog'oz stakan insonlarga har tomonlama- sinmasligi , ushlashga qulayligi, suv o'tmasligi jihatidan qulay bo'lishi mumkin. Lekin insonlar qog'oz stakanda suv yoki qahva ichayotganda, minglab bakteriyalar tanasiga kirishini o'ylab ham ko'rmaydi. Ba'zi insonlarning ham qog'oz stakandan farqi yo'q. O'zini do'stdek tutishi mumkin, lekin qog'oz stakanga o'xshab bir kun " asl yuzi" oshkor bo'ladi. Haqiqiy shisha stakanni men ko'proq, kitobga o'xshataman. U insonlarga do'st bo'la oladi, toza suvdek, toza aql beradi. Men kitobni ,faqat, aqlli bo'lish uchun o'qimayman. Shunchaki, charchaganimda, qo'limga uni olaman-u, ikkinchi olamimga sayohat qilaman. Ammo kitob haqidagi taassurotlarim hech qachon xato bo'lmagan. Shahnoza azizovna (munozara) 18:03, 24-Iyul 2022 (UTC)
Selfi tayoqchasi
tahrirTayoq, deyilganda birinchi bor insonlarni kaltaklashda ishlatiladigan buyum yoki insonning qaddi bukilib mehrga muhtoj bo'lib qolganda u suyanadigan hassa tushuniladi,lekin 21-asrga kelib bu so'zning yana bir ma'nosi borligining guvohi bo'lamiz,ya'ni selfi tayoqchasi. Inson hayoti davomida go'zal onlari va qaynoq lahzalarni bir umr eslab qololmaydi. Shuning uchun ular suratga tushishadi. Va eng yorqin xotirlarini esdalik uchun muhrlab qo'yishadi. Ammo har doim ham suratlar biz xohlaganimizdek , ko'zlarimiz bilan ko'ra olgan go'zallikni 50%ini ifoda etishi mumkin,xolos. Shunda, tushirgan suratlarimdan ko'ra, kitoblarda rasmsiz tasvirlangan jozibador satrlar go'zalroq edi, degan fikr hayolimdan o'tadi. Insonlar sayohatga jamoaviy borishganda, albatta selfi tayoqchasini unutishmaydi. Shubhasiz, sayohat ham u bilan matoqli o'tadi. Oddiy kameraga 10-15kishi suratga tushmay qolishi,tabiiy. Selfi tayoqchasi , boshqa tayoqlardan farqli o'laroq, shu tomonlama insonlarga foyda keltiradi. Shahnoza azizovna (munozara) 18:04, 24-Iyul 2022 (UTC)
Oramizdagi insonlar
tahrirOb-havodan ma'lumki , hozir qahva tayyorlab ichiladigan darajada sovuq emas. Hattoki, qish ayozida issiqni xohlagan insonlar ham to yoz tugaguncha quyoshdan bekinib yurishadi. Bugun yozning eng issiq pallasidan biri . Tezkor xabarlar orqali havo harorati 50°gacha ko'tarilishi aytilmoqda. Lekin yozning saratonida ham, o'z farzandlari kelajagi uchun mehnat qilayotganlar oramizda oz emas. To'g'ri, ularning kasblari ko'zga ko'rinmaydigan darajada oddiy tuyulishi , ularni ko'rganimizda jirkanishimiz yoki ularga qo'pol muomalada bo'lishimiz mumkin. Ammo ularning mehnati halol. Bu kasb egalari farroshlikni o'ziga sharaf deb bilishadi. Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali bir yil avval joylangan xabarga ko'zim tushdi. Bir qizning otasi 10 yildan buyon farrosh bo'lib ishlarkan va unga : "Mening kasbimni hech kimga aytma, bo'lmasa ustingdan kulishadi",debdi. Lekin uning 20yoshli qizi bunga e'tibor bermay, otasi bilan suratga tushib:" Bu mening otam va men undan faxrlanaman", deb post joylabdi. Shu xabarni 1-marta o'qiganimdayoq etim jimirlab ketdi va ko'zlarimga yosh qalqidi. Bir ko'z yumib ochguncha, darrov qish keladi. Shunda bu insonlar qahratonda ham yana o'z ishlari bilan band bo'lishadi. Shahnoza azizovna (munozara) 18:06, 24-Iyul 2022 (UTC)
Tasodif
tahrirBu hayotda hech bir narsa tasodif bo'lmaydi. Bugun televizorni yoqishim bilan ukam sevib tomosha qiladigan multfilm-"Kung-fu Panda" berayotgan ekan. Yana kino ko'rolmaydigan bo'ldim. Lekin shu payt bir narsa ko'nglimga g'ul-g'ula soldi. Kino ko'rib qanday foyda topding, kitoblardan oladigan bilimni o'rgandingmi yoki qaytarib bo'lmas vaqtingni kerakli ishga sarfladingmi?, degan savollar meni bir on ham tinch qo'ymas edi. To'g'risini aytganda, uzoq vaqt televizor tomosha qilish nafaqat ko'zlar , balki inson organizmi uchun ham zararli. Ta'kidlanishicha, ekspertlar ichak saratonining erta rivojlanishiga oid 118ta holat o'rganib chiqib , kuniga televizor qarshisiga 1soat ko'p muddat o'tirgan kishilarda xastalikka chalinish xavfi 12 % bo'lganligini aniqlashgan. soatdan ortiq vaqtini televizorga bag'ishlaganlar uchun esa bu xavf 70% yaqinroqdir. Shu kundan boshlab, men o'zgarishga qaror qildim. Hech qanday zararli tomoni mavjud bo'lmagan-kitoblar bilan do'stlashish meni baxt qarshisiga yanada yaqinroq etdi. Men uchun shu kichkinagina tasodif beminnat yordam qo'lini cho'zishi - uni tasodif emasligini yaqqol bildirib turar edi Shahnoza azizovna (munozara) 16:10, 25-Iyul 2022 (UTC)