Toshpo'latova Nigorakhon
Koreya rassomchilik san’ati
tahrirKoreya rassomchilik san’ati
Dunyodagi barcha xalqlar kabi koreys xalqi ham rassomchilik san’ati bilan qadim zamonlardan boshlab shug‘ullana boshlagan.
Koreya yarimorolida topilgan eng birinchi kartinalar, tarixiy davrgacha bo‘lgan petrogliflardir.
Xitoydan buddizm kirib kelishi bilan ustunlik qiluvchi asosiy badiiy usullar mustahkamlandi, ammo shu bilan birga asl koreys rassomchilik usullari ham saqlanib qolgan.
Uch podsholik davrida rassomchilik san’ati asosan sag‘analar devoridagi yozuvlar tarzida mavjud bo‘lgan.
Uch podsholik davri rassomchilik san’ati haqida gapirar ekanmiz, bu janrda biroz cheklanishlar bo‘lganligini qayd etish lozim.
Uch podsholik davri devoriy rassomchilik san’atini to‘rtta asosiy kategoriyaga bo‘lish mumkin:
• Diniy, ammo buddaviy emas (bu turdagi rassomchilik san’ati kategoriyasi o‘z ichiga quyosh, oy, yulduzlar, uch oyoqli qushlar, dunyoning to‘rtta tomonini qo‘riqlovchi ruhlarni qamrab oladi);
• diniy, buddaviylikka xos (eng ko‘p tarqalgan budda tasvirlaridan biri bu tozalik, soflik, go‘zallik ramzi bo‘lgan nilufar guli);
• maishiy, buddaviylikka xos bo‘lmagan (buddizm kirib kelishidan oldin) («sag‘ana egasi», uning yaqinlari, marhumning hayotidan turli lavhalar va oddiy xalqning mehnat faoliyati tasvirlari buddaviylikkacha bo‘lgan maishiy rassomchilik san’ati elementlari hisoblanadi);
• maishiy buddaviylikka xos (alohida naqshlar yoki peyzaj fragmentlari, stilizatsiyalangan bulutlarning tasvirlari).
Ko‘plab devoriy rassomchilik san’ati Koguryo poytaxti Xvando rayonidagi Amnokkan daryosi qirg‘oqbo‘yi qo‘rg‘onlar, Tunkou (Szian, XXR) rayonlari, Anaka va Kanso (Janubiy Pxyonan)dagi sag‘analar bilan bog‘liq.
Ilk davlatchilik vaqtidagi rassomchilik san’ati haqida ma’lumotlar juda ham kam uchraydi.
Koreys yozma manbalarida ibodatxona rassomchilik san’ati mashhur ustasi rassom Sor Ge (VII a.) haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Sor Ge asarlari bizning davrimizgacha yetib kelmagan, ammo zamonaviy tadqiqotchilar qaydlari ona vatan tabiatini tasvirlagan Silla davri mashhur rassomi haqida guvohlik beradi.
Koryo davrida Birlashgan Silla badiiy an’analarini meros qilib olgan rassomchilik san’atining turli janr va uslublari rivojlandi.
Rassomlar ibodatxona freskalari (devorga solingan surat yoki rasm) va o‘zi yashagan davrda rassomchilik san’atning oltin davri bo‘lganini, koreys buddizmning gullab-yashnagan davrini madh etuvchi buddaviylik kartinalarini yaratishgan.
Choson (Li) sulolasi davri koreys rassomchilik san’atini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu davr rassomchilik san’atiga xitoy rassomlarining ta’siri kuchli bo‘lgan. Bu davrga kelib alohida qirollik muassasasi–Texvase tashkil etilib, bu yerda saroy uchun mo‘ljallangan rassomchilik san’ati asarlari yaratilishi bilan shug‘ullanishgan.
XIV asrga kelib kitoblar illyustratsiyasida keng qo‘llaniladigan ksilografiya rivojlandi.
XIV–XVI asrlarga tegishli o‘rog‘liq qog‘oz rassomchilik san’atidan hech narsa saqlanib qolmagan. Faqat keyingi davrlarga tegishli asarlar saqlanib qolgan.
XVII–XVIII asrlar rassomchilik san’atida koreys jamiyatida ijtimoiy o‘zgarishlar bilan shartlangan turli xil yo‘nalishdagi rassomlarning keskin kurashini kuzatish mumkin.
Realistik yo‘nalishdagi eng mashhur rassomlardan biri Kim Xon Do (1760 yili tug‘ilgan) sanaladi. U xalq hayotidan lavhalar, portret va peyzajlarni yuksak mahorat bilan chizgan.
Kim Xon Do Koreyaga gravyura (o‘yma naqsh) tarzida qirib kelgan g‘arb rassomchilik san’ati bilan tanish bo‘lgani shubhasiz. U ingichka cho‘tka yordamida har bir asarning o‘ziga xos yorug‘ va soya tomonlarini munosib bo‘yoqlar vositasida ko‘rsata olgan.
Bugungi kunga qadar uning ijodidan kam asarlar saqlanib qolgan, ular orasida erkin va jonli chizilgan avtoportret, xomaki rasm ruhidagi oddiy xalq – hunmarmandlar, dehqonlar, baliqchilar, akterlar hayotidan lavhalar aks ettirilgan kichik rasmlarni qayd etish mumkin. Kim Xon Do tomonidan chizilgan temirchilar, maktablar, raqsga tushayotgan xalq tasviri o‘sha davr uchun noyob – do‘lvar va jonli hisoblanadi. Ular rassomning oddiy xalq hayoti, turmush tarzi, odatlari va ko‘ngilochar damlari, mehnatini chuqur anglab yetganligiga ishora qiladi.
Kim Xon Do ijodiy an’anasi bilan XVIII asrda yashab ijod qilgan Yun Tu Jo va Sin Yun Boklarning ishiga juda ham yaqin.
XIX asrda Koreyada eng mashhur rassomlardan biri Jan Sin Op sanalgan. U o‘z zamondoshlari portretlari galereyasini yaratgan.
Choson (Li) davrida badiiy ishlov konjan, ya’ni krepostnoy ustalar qo‘llari bilan bajarilar edi. Ammo mashaqqatli qullarcha mehnatga qaramay, bu davrda Koreyada amaliy san’at yuksak darajaga ko‘tarilgan edi.
XVIII asrda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanganligi sababli konjanlarni qisman krepostnoyga aylantirish, ro‘zg‘or buyumlarini badiiy asar darajasida chiroyli qilib ishlash uchun keng imkoniyat berdi. Bu esa o‘z navbatida, ustalarga o‘zining shaxsiy didini ko‘rsatishga sharoit yaratdi. Ammo XVIII–XIX asrlarda qirol saroyi va amaldorlar talablarini bajarish uchun krepostnoy hunarmandlarning mehnatlari ekspluatatsiya qilish davom etdi.
XVIII asrning oxirida rassomlar Sirxak (Aniq fanlar uchun) harakati g‘oyalariga muvofiq tarzda oddiy xalqning kundalik hayotiga murojaat qila boshladilar. Koreyaga katolik missionerlar orqali g‘arb ilmi va texnikaga oid bilimlari kirib kela boshlagach, bu harakat o‘z faoliyatini boshladi. Osuda hayot mavzuidagi kartinalar rassomchilik san’ati kabi yangi oqimning yuzaga kelishiga turtki bo‘ldi.
1910 yili Koreya Yaponiya tomonidan anneksiya qilingach, koreys rassomchilik san’atining an’anaviy yo‘nalishlari sekin-asta g‘arbning moybo‘yoq tasviriy san’atiga joy bo‘shatib bera boshladi. Bu davrda mamlakatga kirib kelgan moybo‘yoq rassomchilik san’ati keyinchalik keng tarqaldi.
1945 yili Koreya yapon xukmdorligidan ozod qilingach, qator mashhur rassomlarning sa’y-harakatlari bilan an’anaviy koreys rassomchilik san’ati qayta tiklandi. Shu bilan birga g‘arb rassomchilik san’atining yangi yo‘nalishlari Yevropa va AQShda tahsil olib qaytgan koreys rassomlari tomonidan rivojlanishda davom etdi.
1950-yili koreys san’ati taraqqiyotida Milliy ko‘rgazma davlat tashkiloti asosiy rol o‘ynadi. Tashkilot deyarli mutaassib (eskilikni yoqlovchi) va akademik darajada bo‘lib, asosan realistik yo‘nalishda ijod qiluvchi ustalarni qo‘llab-quvvatlar edi. Yosh rassomlar o‘z ishlarida ko‘p eksperiment o‘tkazishardi va zamon bilan hamnafas yangi ijodiy shakllarni topishga harakat qilishardi.
1960-yillarning oxirida zamonaviy koreys rassomchilik san’ati geometrik abstraksiya uslubida mashhurlikka erishdi. Ba’zi bir rassomlar insonning ichki dunyosi va tabiat o‘rtasidagi aloqalarni aks ettirish mavzuiga chuqur e’tibor qarata boshlashdi.
1980-yillari koreys rassomchilik san’ati o‘tgan o‘nyillikdagi yangilanishlar ta’sirida bo‘ldi. Bu davrda rassomlar san’at dolzarb ijtimoiy muammolarga tegishli nomalar berishi kerakligini chuqur anglab yetishdi. Shundan so‘ng koreys rassomchilik san’atining modernizm va postmodernizmga bo‘lgan qiziqishi kuchaydi.
Bundan ming yillar oldin koreys amaliy san’ati ustalari jihoz va boshqa predmetlarni mollyuskalarning chig‘anoqlari bilan bezay boshlashgan.
Zamonaviy ustalar amaliy san’at asarlarida bu tabiiy materiallardan foydalanishning yangi usullarini axtara boshlashdi.
Natijada, XX asrning 1960-yillari o‘zida amaliy va tasviriy san’at elementlarini mujassamlashtirgan chig‘anoqlardan tayyorlangan mozaika (qadama naqsh) shakllandi.
«Mannexva» rassomchilik san’atida asosiy e’tibor loy va chig‘anoq rangiga qaratiladi. Bu o‘z rangini uzoq saqlaydi, shuning uchun ham dekorativ-amaliy san’at (mannexvaning so‘zma-so‘z tarjimasi – «abadiy kartina»)dir. Bahromjon Nasrullayev (munozara) 18:31, 13-Dekabr 2022 (UTC)
KOREYa RESPUBLIKASI RASSOMChILIK SAN’ATI
tahrirKOREYa RESPUBLIKASI RASSOMChILIK SAN’ATI Dunyodagi barcha xalqlar kabi koreys xalqi ham rassomchilik san’ati bilan qadim zamonlardan boshlab shug‘ullana boshlagan. Koreya yarimorolida topilgan eng birinchi kartinalar, tarixiy davrgacha bo‘lgan petrogliflardir. Xitoydan buddizm kirib kelishi bilan ustunlik qiluvchi asosiy badiiy usullar mustahkamlandi, ammo shu bilan birga asl koreys rassomchilik usullari ham saqlanib qolgan. Uch podsholik davrida rassomchilik san’ati asosan sag‘analar devoridagi yozuvlar tarzida mavjud bo‘lgan. Uch podsholik davri rassomchilik san’ati haqida gapirar ekanmiz, bu janrda biroz cheklanishlar bo‘lganligini qayd etish lozim. Uch podsholik davri devoriy rassomchilik san’atini to‘rtta asosiy kategoriyaga bo‘lish mumkin: Diniy, ammo buddaviy emas (bu turdagi rassomchilik san’ati kategoriyasi o‘z ichiga quyosh, oy, yulduzlar, uch oyoqli qushlar, dunyoning to‘rtta tomonini qo‘riqlovchi ruhlarni qamrab oladi); diniy, buddaviylikka xos (eng ko‘p tarqalgan budda tasvirlaridan biri bu tozalik, soflik, go‘zallik ramzi bo‘lgan nilufar guli); maishiy, buddaviylikka xos bo‘lmagan (buddizm kirib kelishidan oldin) («sag‘ana egasi», uning yaqinlari, marhumning hayotidan turli lavhalar va oddiy xalqning mehnat faoliyati tasvirlari buddaviylikkacha bo‘lgan maishiy rassomchilik san’ati elementlari hisoblanadi); maishiy buddaviylikka xos (alohida naqshlar yoki peyzaj fragmentlari, stilizatsiyalangan bulutlarning tasvirlari). Ko‘plab devoriy rassomchilik san’ati Koguryo poytaxti Xvando rayonidagi Amnokkan daryosi qirg‘oqbo‘yi qo‘rg‘onlar, Tunkou (Szian, XXR) rayonlari, Anaka va Kanso (Janubiy Pxyonan)dagi sag‘analar bilan bog‘liq. Ilk davlatchilik vaqtidagi rassomchilik san’ati haqida ma’lumotlar juda ham kam uchraydi. Koreys yozma manbalarida ibodatxona rassomchilik san’ati mashhur ustasi rassom Sor Ge (VII a.) haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Sor Ge asarlari bizning davrimizgacha yetib kelmagan, ammo zamonaviy tadqiqotchilar qaydlari ona vatan tabiatini tasvirlagan Silla davri mashhur rassomi haqida guvohlik beradi. Koryo davrida Birlashgan Silla badiiy an’analarini meros qilib olgan rassomchilik san’atining turli janr va uslublari rivojlandi. Rassomlar ibodatxona freskalari (devorga solingan surat yoki rasm) va o‘zi yashagan davrda rassomchilik san’atning oltin davri bo‘lganini, koreys buddizmning gullab-yashnagan davrini madh etuvchi buddaviylik kartinalarini yaratishgan. Choson (Li) sulolasi davri koreys rassomchilik san’atini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu davr rassomchilik san’atiga xitoy rassomlarining ta’siri kuchli bo‘lgan. Bu davrga kelib alohida qirollik muassasasi–Texvase tashkil etilib, bu yerda saroy uchun mo‘ljallangan rassomchilik san’ati asarlari yaratilishi bilan shug‘ullanishgan. XIV asrga kelib kitoblar illyustratsiyasida keng qo‘llaniladigan ksilografiya rivojlandi. XIV–XVI asrlarga tegishli o‘rog‘liq qog‘oz rassomchilik san’atidan hech narsa saqlanib qolmagan. Faqat keyingi davrlarga tegishli asarlar saqlanib qolgan. XVII–XVIII asrlar rassomchilik san’atida koreys jamiyatida ijtimoiy o‘zgarishlar bilan shartlangan turli xil yo‘nalishdagi rassomlarning keskin kurashini kuzatish mumkin. Realistik yo‘nalishdagi eng mashhur rassomlardan biri Kim Xon Do (1760 yili tug‘ilgan) sanaladi. U xalq hayotidan lavhalar, portret va peyzajlarni yuksak mahorat bilan chizgan. Kim Xon Do Koreyaga gravyura (o‘yma naqsh) tarzida qirib kelgan g‘arb rassomchilik san’ati bilan tanish bo‘lgani shubhasiz. U ingichka cho‘tka yordamida har bir asarning o‘ziga xos yorug‘ va soya tomonlarini munosib bo‘yoqlar vositasida ko‘rsata olgan. Bugungi kunga qadar uning ijodidan kam asarlar saqlanib qolgan, ular orasida erkin va jonli chizilgan avtoportret, xomaki rasm ruhidagi oddiy xalq – hunmarmandlar, dehqonlar, baliqchilar, akterlar hayotidan lavhalar aks ettirilgan kichik rasmlarni qayd etish mumkin. Kim Xon Do tomonidan chizilgan temirchilar, maktablar, raqsga tushayotgan xalq tasviri o‘sha davr uchun noyob – do‘lvar va jonli hisoblanadi. Ular rassomning oddiy xalq hayoti, turmush tarzi, odatlari va ko‘ngilochar damlari, mehnatini chuqur anglab yetganligiga ishora qiladi. Kim Xon Do ijodiy an’anasi bilan XVIII asrda yashab ijod qilgan Yun Tu Jo va Sin Yun Boklarning ishiga juda ham yaqin. XIX asrda Koreyada eng mashhur rassomlardan biri Jan Sin Op sanalgan. U o‘z zamondoshlari portretlari galereyasini yaratgan. Choson (Li) davrida badiiy ishlov konjan, ya’ni krepostnoy ustalar qo‘llari bilan bajarilar edi. Ammo mashaqqatli qullarcha mehnatga qaramay, bu davrda Koreyada amaliy san’at yuksak darajaga ko‘tarilgan edi. XVIII asrda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanganligi sababli konjanlarni qisman krepostnoyga aylantirish, ro‘zg‘or buyumlarini badiiy asar darajasida chiroyli qilib ishlash uchun keng imkoniyat berdi. Bu esa o‘z navbatida, ustalarga o‘zining shaxsiy didini ko‘rsatishga sharoit yaratdi. Ammo XVIII–XIX asrlarda qirol saroyi va amaldorlar talablarini bajarish uchun krepostnoy hunarmandlarning mehnatlari ekspluatatsiya qilish davom etdi. XVIII asrning oxirida rassomlar Sirxak (Aniq fanlar uchun) harakati g‘oyalariga muvofiq tarzda oddiy xalqning kundalik hayotiga murojaat qila boshladilar. Koreyaga katolik missionerlar orqali g‘arb ilmi va texnikaga oid bilimlari kirib kela boshlagach, bu harakat o‘z faoliyatini boshladi. Osuda hayot mavzuidagi kartinalar rassomchilik san’ati kabi yangi oqimning yuzaga kelishiga turtki bo‘ldi. 1910 yili Koreya Yaponiya tomonidan anneksiya qilingach, koreys rassomchilik san’atining an’anaviy yo‘nalishlari sekin-asta g‘arbning moybo‘yoq tasviriy san’atiga joy bo‘shatib bera boshladi. Bu davrda mamlakatga kirib kelgan moybo‘yoq rassomchilik san’ati keyinchalik keng tarqaldi. 1945 yili Koreya yapon xukmdorligidan ozod qilingach, qator mashhur rassomlarning sa’y-harakatlari bilan an’anaviy koreys rassomchilik san’ati qayta tiklandi. Shu bilan birga g‘arb rassomchilik san’atining yangi yo‘nalishlari Yevropa va AQShda tahsil olib qaytgan koreys rassomlari tomonidan rivojlanishda davom etdi. 1950-yili koreys san’ati taraqqiyotida Milliy ko‘rgazma davlat tashkiloti asosiy rol o‘ynadi. Tashkilot deyarli mutaassib (eskilikni yoqlovchi) va akademik darajada bo‘lib, asosan realistik yo‘nalishda ijod qiluvchi ustalarni qo‘llab-quvvatlar edi. Yosh rassomlar o‘z ishlarida ko‘p eksperiment o‘tkazishardi va zamon bilan hamnafas yangi ijodiy shakllarni topishga harakat qilishardi. 1960-yillarning oxirida zamonaviy koreys rassomchilik san’ati geometrik abstraksiya uslubida mashhurlikka erishdi. Ba’zi bir rassomlar insonning ichki dunyosi va tabiat o‘rtasidagi aloqalarni aks ettirish mavzuiga chuqur e’tibor qarata boshlashdi.
1980-yillari koreys rassomchilik san’ati o‘tgan o‘nyillikdagi yangilanishlar ta’sirida bo‘ldi. Bu davrda rassomlar san’at dolzarb ijtimoiy muammolarga tegishli nomalar berishi kerakligini chuqur anglab yetishdi. Shundan so‘ng koreys rassomchilik san’atining modernizm va postmodernizmga bo‘lgan qiziqishi kuchaydi.
Bundan ming yillar oldin koreys amaliy san’ati ustalari jihoz va boshqa predmetlarni mollyuskalarning chig‘anoqlari bilan bezay boshlashgan. Zamonaviy ustalar amaliy san’at asarlarida bu tabiiy materiallardan foydalanishning yangi usullarini axtara boshlashdi. Natijada, XX asrning 1960-yillari o‘zida amaliy va tasviriy san’at elementlarini mujassamlashtirgan chig‘anoqlardan tayyorlangan mozaika (qadama naqsh) shakllandi. «Mannexva» rassomchilik san’atida asosiy e’tibor loy va chig‘anoq rangiga qaratiladi. Bu o‘z rangini uzoq saqlaydi, shuning uchun ham dekorativ-amaliy san’at (mannexvaning so‘zma-so‘z tarjimasi – «abadiy kartina»)dir. Uch tomonidan dengiz yuvib turuvchi Koreya davlatida rassomlar turli xil dengiz chig‘anoqlaridan o‘z asarlari uchun material tanlashlari mumkin, bu esa ularga betakror mannexva peyzaji go‘zalligini yaratish imkonini beradi. Bugungi kunda chig‘anoqlardan tayyorlangan mozaika Koreya Respublikasi dekorativ-amaliy san’atida mustahkam o‘rin egallamoqda. Mannexva ustalarining asarlari qator xorijiy davlatlarda mashhurlikka erishdi. 1995 yili Kvanju biennal Xalqaro san’at festivali o‘tkazildi. Festival koreys rassomlariga san’at olamining xorijdagi mashhur vakillari bilan uchrashish imkoniyatini berdi. Biennalda qo‘yilgan mashhur asarlar qatoridan videorassom Pek Nam Junning asarlari ham joy egalladi. Bugungi kunda Koreya Respublikasida ham an’anaviy, ham g‘arb rassomchilik san’ati rivojlanmoqda. Bu mamlakat badiiy hayotining boy va turfa xil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘plab koreys rassomlari Nyu-York, Parij va boshqa zamonaviy san’at markazlarida faol ish yuritishmoqda. Bahromjon Nasrullayev (munozara) 18:42, 13-Dekabr 2022 (UTC)