Zolushkam
Televizor va videomagnitofonlar
Yunon tilidan olingan "tele" so'zi "uzoq", "olis", lotinchadagi "vizor" so'zi esa "ko'ruvchi" ma'nosini anglatgan. Ikki so'z birlashib siz-u bizga tanish bo'lgan "televizor" ma'nosini anglatadi. Televizor - bu radiopriyomlik singari uskuna, lekin birmuncha murakkab tuzilishga ega. U nafaqat tovushni, balki tasvirni ham qabul qilib uzata oladi. Televizorning uzatgichi antenna bilan birgalikda televizion minorada joylashgan. U yerdan barcha televizor antennalariga ko'rinmas radioto'lqinlar yetib keladi. Tasvirni masofaga uzatishni bundan 80 yil muqaddam sinab ko'rishgan. Uzatilgan tasvir pochta markasidek o'lchamda bo'lgan. Muntazam ravishdagi teledasturlar 1936-yildan Germaniya va Buyuk Britaniyada, Moskvada 1939-yildan uzatila boshlagan. Ilk televizorlar tasvirni oq va qora ranglarda ko'rsatgan. Rangli televizorlar esa 1960-yillarga kelib paydo bo'lgan. Dastlabki televizor ekranining ustki qismida, kattalashtiriib ko'rsatuvchi oyna bo'lgan.
Bugungi kunga kelib teleantennadan signal kelmasa ham televizor ko'rish mumkin. Sevimli film va dasturlarni maxsus tasma yoki kompakt diskka yozib olib, so'ng uni istalgan vaqtda yana ko'rish mumkin. 1930-yillarda shu yo'l orqali tovushni yozib olish usuli o'ylab topildi. Bir tarafidan temir asosidagi kukun bilan qoplangan ingichka plastmassa tasma yaqinlashtirilgan magnitning tortishuvini eslab qolish qobiliyatiga ega ekanligi ma'lumm bo'ldi. Endi faqatgina shu tasmani bir xil tezlikda harakatlantirib, tovushni elektromagnitdagi magnit maydon tebranishiga o'tkazish qoldi, xolos. Shunday yo'l bilan tovush tasmaga yozilib qoladi.
Tasmani ortga aylantirib, qaytadan elektromagnit ustidan yurgiziladi, shunda yozib olingan tovush o'qiladi. Tasmaga yozilgan tovush tebranishlarni ovoz tebranishlariga o'tkazib, yozuvni eshitish mumkin. Shu terzda "magnitofon" yaratildi. Keyinchalik muhandislar magnit tasmaga faqat ovoznigina emas, balki tasvirini ham yozib olish mumkinligi haqida bosh qotira boshlashdi. Oradan ko'p o'tmay videomagniofonlar ixtiro qilindi. U xuddi magnitofon singari ishlaydi. Ular orasidagi farq shundaki, videosignal tovush singari yo'lak bo'ylab emas, tasmaning bir tarafidan ikkinchi tarafiga bir-biriga parallel qiya chiziq bo'ylab yozilgan. Har bir chiziq alohida bir kadr hisoblanadi. Videomagnitofon videotasmani 24 kadr tezligida aylantiradi, shunda tasvir kinofilmlardagi kabi "jonlanadi". Bu usuldagi yozuv, analog yozuvi deb ataladi. Hozirgi kunda yanada qulayroq bo'lgan raqamli yozuv usuli kirib kelgan. Bunda signallar nol va birlardan iborat bo'lgan kompyuter kodiga o'tkaziladi. Bu kodni lazer nuri yordamida kompakt diskka tushiriladi.
Televizor va videomagnitofonlar
tahrirYunon tilidan olingan "tele" so'zi "uzoq", "olis", lotinchadagi "vizor" so'zi esa "ko'ruvchi" ma'nosini anglatgan. Ikki so'z birlashib siz-u bizga tanish bo'lgan "televizor" ma'nosini anglatadi. Televizor - bu radiopriyomlik singari uskuna, lekin birmuncha murakkab tuzilishga ega. U nafaqat tovushni, balki tasvirni ham qabul qilib uzata oladi. Televizorning uzatgichi antenna bilan birgalikda televizion minorada joylashgan. U yerdan barcha televizor antennalariga ko'rinmas radioto'lqinlar yetib keladi. Tasvirni masofaga uzatishni bundan 80 yil muqaddam sinab ko'rishgan. Uzatilgan tasvir pochta markasidek o'lchamda bo'lgan. Muntazam ravishdagi teledasturlar 1936-yildan Germaniya va Buyuk Britaniyada, Moskvada 1939-yildan uzatila boshlagan. Ilk televizorlar tasvirni oq va qora ranglarda ko'rsatgan. Rangli televizorlar esa 1960-yillarga kelib paydo bo'lgan. Dastlabki televizor ekranining ustki qismida, kattalashtiriib ko'rsatuvchi oyna bo'lgan.
Bugungi kunga kelib teleantennadan signal kelmasa ham televizor ko'rish mumkin. Sevimli film va dasturlarni maxsus tasma yoki kompakt diskka yozib olib, so'ng uni istalgan vaqtda yana ko'rish mumkin. 1930-yillarda shu yo'l orqali tovushni yozib olish usuli o'ylab topildi. Bir tarafidan temir asosidagi kukun bilan qoplangan ingichka plastmassa tasma yaqinlashtirilgan magnitning tortishuvini eslab qolish qobiliyatiga ega ekanligi ma'lumm bo'ldi. Endi faqatgina shu tasmani bir xil tezlikda harakatlantirib, tovushni elektromagnitdagi magnit maydon tebranishiga o'tkazish qoldi, xolos. Shunday yo'l bilan tovush tasmaga yozilib qoladi.
Tasmani ortga aylantirib, qaytadan elektromagnit ustidan yurgiziladi, shunda yozib olingan tovush o'qiladi. Tasmaga yozilgan tovush tebranishlarni ovoz tebranishlariga o'tkazib, yozuvni eshitish mumkin. Shu terzda "magnitofon" yaratildi. Keyinchalik muhandislar magnit tasmaga faqat ovoznigina emas, balki tasvirini ham yozib olish mumkinligi haqida bosh qotira boshlashdi. Oradan ko'p o'tmay videomagniofonlar ixtiro qilindi. U xuddi magnitofon singari ishlaydi. Ular orasidagi farq shundaki, videosignal tovush singari yo'lak bo'ylab emas, tasmaning bir tarafidan ikkinchi tarafiga bir-biriga parallel qiya chiziq bo'ylab yozilgan. Har bir chiziq alohida bir kadr hisoblanadi. Bu usuldagi yozuv, analog yozuvi deb ataladi. Hozirgi kunda yanada qulayroq bo'lgan raqamli yozuv usuli kirib kelgan. Bunda signallar nol va birlardan iborat bo'lgan kompyuter kodiga o'tkaziladi. Bu kodni lazer nuri yordamida kompakt diskka tushiriladi.
Vaqt mashinasi - soatlar
tahrirVaqt bo'ylab sayohat fantastik kitob va kinofilmlarning sevimli mavzusi desak adashmagan bo'lamiz. Bu narsani biz hozircha shunchaki tasavvur qilib ko'ra olamiz, xolos. Uch yarim ming yil avval odamlar vaqtni boshqarish uchun ilk qadamlarni qo'yishdi, ya'ni turli xil ko'rinishdagi ajoyib soatlar bilan vaqtni o'lchay olish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
Dastlabki yanada aniqroq ishlaydigan quyoshli "vaqt mashinasi" aylana shaklida bo'lib vaqtlar yarim aylanaga taqsimlab chiqilgan. Aylananing markazida tikka qilib, soat millarini o'z soyasi bilan ko'rsatib turadigan o'q - gnomon joylashtirilgan. Quyoshning harakatiga qarab gnomonning soyasi soat millarini ko'rsatib turadi. Lekin, bulutli havoda bunday soatlar ishlamasdi. Chunki bunday soatlar aynan quyosh va soyaga asoslangan. Shuning uchun olimlar yanada mukammalroq soat ustida bosh qotira boshlashdi.
Qum soati ichidagi qum bir idishdan ikkinchi idishga o'rtada qoldirilgan teshik orqali o'tadi. Tepa shishadagi barcha qum pastga tushgach, soat teskarisiga to'nkarib qo'yiladi va yana xuddi shu tarzda davom etadi.
Qum va suv soatlari deyarli bir vaqtda yaratilgan. Qadimgi Rimda bunday soatlarni "klepsidera" deb atashgan. "Oradan qanchadan-qancha suvlar oqib o'tdi" iborasi hamm aynan ana shunday suv soatlaridan kelib chiqqan.
Mexanik soatlar O'rta asrlarda Yevropada paydo bo'lgan. Soat millari zanjirga o'rnatilgan tosh yordamida harakatlangan. Tosh aylanachalarga birlashtirib qo'yilib, pastga tortib turgan. Keyinroq soat millari aniq vaqt oralig'ida harakatlanishi uchun ichidagi aylanalarning chekka qismini qirrali qilib yasay boshlashgan. Shundan keyin soat millari tez aylanmasdan, sekin harakatlana boshlagan.
Toshli soatlarni devorga osish mumkin bo'lgan, biroq ularni olib yurishning iloji yo'q edi. Ilk cho'ntak soatlarni XVI asrda nemis ustasi Peter Genleyn ixtiro qilgan. U soat ichidagi toshni prujinaga almashtirgan va ularni bo'yniga osib yoki cho'ntakda olib yurish mumkin bo'lgan.
Qulayligi bilan ajralib turadigan qo'l soatlari 1809-yilda ommaga kirib keldi. Istalgan vaqtda vaqtni bilib turishning imkonini beradigan bunday qo'l soatlarini odamlar yuqori baholashdi.