Fozila Sulaymonova
Fozila Sulaymonova — (1919, Margʻilon, — 2011, Toshkent) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1991), professor.
Fozila Sulaymonova | |
---|---|
Tavalludi |
1919-yil, 20-sentabr Margʻilon shahri |
Vafoti |
2011-yil Toshkent |
Mukofotlari |
„Sogʻlom avlod uchun“ ordeni (1994) „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (1999) Fransiya Fanlar akademiyasining oltin palma mukofoti (1998) |
Faoliyati
tahrirToshkent davlat pedagogika institutini tugatgan (1941). Sankt-Peterburg davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan (1946-1948). Oʻzbekiston Milliy Universitetida katta oʻqituvchi (1948-1960), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Davlat adabiyot muzeyida katta, yetakchi ilmiy xodim (1968-1978, 1998-2006), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar institutida katta ilmiy xodim (1978-1998) boʻlib ishlagan. Koʻplab ilmiy maqola, monografiya va Sharq miniatyuralarini chop ettirgan.
Mukofotlari
tahrir«Sogʻlom avlod uchun» (1994), «Buyuk xizmatlari uchun» (1999) ordenlari va Fransiya Fanlar akademiyasining oltin palma mukofoti (1998) bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 83-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |