Francisco Gento
Fransiska „Pako“ Xento Lopes (ispancha: Francisco "Paco" Gento López, 21-oktabr 1933-yil, Guarniso, Kantabriya, Ispaniya) — ispaniyalik taniqli futbolchi, Real Madrid jamoasida toʻp surgan. Futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri hisoblanadi. Yevropa chempionlari kubogi gʻolibligi boʻyicha rekordchi — 6 karra (1956—1960; 1966).
Fransisko Xento | ||
![]() | ||
Shaxsiy maʼlumot | ||
---|---|---|
Toʻliq ismi | Francisco Gento López | |
Tavallud sanasi | 21-oktabr 1933-yil (87 yosh) | |
Tavvalud joyi | Kantabria, ![]() | |
Boʻyi | 171 sm | |
Laqab | Pako (Paco) | |
Ampluasi | yarim himoyachi | |
Klub ma'lumoti | ||
Joriy klub | Faoliyatini tugatgan | |
Professional klublar1 | ||
Yillar | Klub | Isht. (Gol)* |
1952-1953 1953-1971 |
Rasing Santander Real Madrid |
10 (2) 428 (126) |
Milliy terma jamoa | ||
1955-1969 | Ispaniya | 43 (5) |
Boshqargan klublari | ||
1970 1974 1977-1978 1980-1981 1997 |
Kastilya Kastelyon Palensiya Granada Kantabriya t.j. | |
1 Professional klublardagi gollari |
BiografiyaTahrirlash
Fransisko Xento Santanderdan janubda joylashgan Guarnisoda tavallud topgan. Yoshligida otasi bilan chorvachilik bilan shugʻullangan, „Atletiko Aviasyon“ (hozirgi „Atletiko Madrid“) jamoasiga muxlislik qilgan. „Rasing“ yoshlar akademiyasiga qabul qilinmagunicha, bir qancha havaskor jamoalarda toʻp surgan. 1952/53 mavsumda „Rasing“ning asosiy tarkibida oʻynadi va oʻsha vaqtda madridning „Real“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Pako Xento „Real“ning yana bir afsonasi Alfredo Di Stefanodan ikki oʻyin oldinroq debyutini oʻtkazdi, lekin „qaymoqranglilar“ safida koʻproq mavsum toʻp surdi. Xento bir jamoa safida va umuman 6 marta Yevropa chempionlari kubogi sovriniga ega boʻlgan yagona futbolchi hisoblanadi. Jahon futbolida eng muhim boʻlgan klublar oʻrtasidagi qitʼa musobaqalarida bunday koʻrsatkichni faqatgina argentinalik Fransisko Sa 1970-yillarda olti marta Libertadores kubogi qoʻlga kiritgan. Ammo Fransisko sovrinni ikkita jamoada yutgan: „Independiente“ (4), "Boka Xuniors" (2).
Pako Xento sharafiga Santiago Bernabeu maydonida ikki marta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazilgan. 1975-yilda „Real“ oʻz maydonida „River Pleyt“ bilan 1972-yilda esa portugaliyaning „Belenensish“ jamoasi bilan oʻynagan. Xento futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, „Real“ning ikkinchi jamoasi „Kastilya“da murabbiylik qildi. Keyinchalik esa boshqa jamoalarni ham boshqardi. 2007-yilda uning sharafiga yana bir oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.
Erishgan natijalariTahrirlash
- Ispaniya chempioni (12): 1954, 1955, 1957, 1958, 1961, 1962, 1963, 1964, 1965, 1967, 1968, 1969
- Ispaniya kubogi (2): 1962, 1970
- Yevropa chempionlari kubogi (6): 1956, 1957, 1958, 1959, 1960, 1966
- Qit'alararo kubok (1): 1960
- Lotin kubogi sohibi (2): 1955, 1957