Frank John Fenner (1914-yil 21-dekabrda tug‘ilgan,2010-yil 22-noyabrda vafot etgan) Avstraliyalik olim bo‘lib, virusologiya sohasida ajoyib faoliyat olib borgan.Uning eng katta ikki yutug‘i sifatida chechak kasalligini butunlay yo‘q qilib tashlash[1] va Avstraliyaning quyon o‘latiga qarshi Myxoma virusini qo‘llash orqali kurashishga harakat qilish kiradi[2]. Avstraliya Fanlar akademiyasi har yili 40 yoshgacha bo‘lgan olimlarning biologiya sohasidagi ajoyib tadqiqotlari uchun nufuzli Fenner medalini beradi[3][4].

Hayoti

tahrir

Frank Fenner 1914-yilda Ballaratda tug‘ilgan.Avstraliyaning Adelaida shahriga ko‘chib o‘tdi. U Rose Park boshlang‘ich maktabi va Thebarton texnik maktabida o‘qigan. U Adelaida universitetida o‘qigan va u yerda 1938-yilda tibbiyot va jarrohlik bo‘yicha ilmiy darajaga ega bo‘lgan. O‘sha yili Gitlerning yuksalishidan xavotirlanib, u qonuniy ravishda ikkinchi ismini Yoxannesdan (nemis millatiga mansub bobosining birinchi ismi) Jonga o‘zgartirdi. 1937-yil may oyida Fenner Janubiy Avstraliyaning shimoliy Flinders tizmasidagi Nepabunna missiyasiga J.B. Cleland boshchiligidagi Adelaida universiteti antropologik ekspeditsiyasining a’zosi sifatida qatnashdi. Ushbu ekspeditsiyada etnolog va fotograf sifatida Charlz P. Mountford, shuningdek, botanik Tomas Xarvi Jonston va boshqalar ham ishtirok etdi[5]. 1940-yildan 1946-yilgacha u Avstraliya armiyasi tibbiy korpusida kapitan va mayor lavozimlarida xizmat qildi. Avstraliya, Falastin, Misr, Yangi Gvineya va Borneoda dala ambulansiyasi va jarohatlangan askarlarni saralash stansiyasining tibbiy xodimi, umumiy shifoxonaning patologlari va bezgak mutaxassisi sifatida faoliyat yuritdi[6]. 1945-yilda Papua-Yangi Gvineyada bezgakka qarshi kurashdagi xizmatlari uchun Britaniya Imperiyasi ordeni a’zosi unvoni bilan taqdirlandi[6][7].

Manbalar

tahrir
  1. Frank F. Fenner, Donald A. Henderson, Isao Arita, Zdeněk Ježek, Ivan D. Ladnyi Smallpox and its Eradication World Health Organization Geneva, 1988
  2. Boyden, S.; Blanden, R.; Mims, C. (2013). "Frank John Fenner FAA. 21 December 1914 -- 22 November 2010". Biographical Memoirs of Fellows of the Royal Society 59: 125–144. doi:10.1098/rsbm.2013.0009. 
  3. „Australian Academy of Science – Fenner medal“. 2014-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-aprel.
  4. „UWA scientist wins Academy Award“.
  5. „Nepabunna, 1937–39“. SA Memory. State Library of South Australia (2009-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 13-noyabr.
  6. It's an Honour: MBE
  7. Citation record of MBE