Frank Klopas (talaffuzi: Klopas Frenk) — 1966-yil 1-sentyabrda Gretsiyaning Prosimna shahrida tugʻilgan. Futbolchi sifatida u AQSh terma jamoasida oʻynashi bilan tanilgan. 1994-yilgi Jahon kubogi va 1988-yilgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Frank Klopas
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fotios Klopas
Tavallud sanasi 1-sentyabr 1966-yil (1966-09-01) (57 yosh)
Tavallud joyi Prosymna, Gretsiya
Boʻyi 1.75
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1983—1988 Chicago Sting 140 (62)
1988—1994 AEK Athens 49 (6)
1994—1996 Apollon Athens 10 (0)
1996—1997 Kansas City Wizards 54 (7)
1998—1999 Chicago Fire 45 (6)
Milliy terma jamoa
1987—1995 AQSh 39 (12)
Boshqargan klublari
2004—2006 Chicago Storm
2011—2013 Chicago Fire
2013—2015 Montreal Impact
2020 Chicago Fire (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

1983-yilda maktabni tugatgandan soʻng Frank Klopas Shimoliy Amerika futbol ligasining „Chicago Sting“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Birinchi mavsumda u jarohat oldi. Frank Klopas jamoada toʻrt mavsum toʻp surdi va 140ta oʻyinda qatnashib, 62ta gol urdi. 1986—1987-yilgi mavsumda Frank Klopas „All Stars“ klubi tomonidan jamoaga oʻtish uchun taklif qilindi.

1996-yilda Frank Klopas MLS bilan shartnoma imzoladi va terma jamoaning koʻplab yulduzlari singari AQShga qaytib keldi. Frank Klopasning yangi klubi „Kansas City Wizards“ boʻldi. U klubda ikki mavsum oʻtkazdi.

Xalqaro karyerasi tahrir

1987-yil 23-mayda Frank Klopas AQSh terma jamoasida Kanadaga qarshi oʻyinda debyut qildi. 1988-yilda Frank Klopas Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi[1]. Turnirda u SSSR va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi duelda oʻynadi. 1994-yilda Frank Klopas terma jamoaning oʻz uyida boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarligidan joy oldi. U turnirda zaxiradan maydonga tushdi va bir daqiqa ham maydonga tushmadi.

1995-yilda Frank Klopas Amerika kubogida ishtirok etib, terma jamoa bilan yarim finalgacha yetib bordi. Turnirda u Argentina terma jamoasi darvozasiga toʻp kiritdi ammo jamoa magʻlubiyatga uchradi[2].

Frank Klopas terma jamoa safida 39 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati tahrir

Frank Klopas 2013-yil 18-dekabrda u „Montréal Impact“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[3]. 2015-yil 30-avgustda u natijalarni pastligi tufayli „Montréal Impact“dan ishdan boʻshatildi[4].

2020-yilning 14-yanvarida Frank Klopas „Chicago Fire“ga qaytib, Rafael Vikki murabbiylar shtabiga yordamchi sifatida qoʻshildi[5][6][7].

Shaxsiy hayoti tahrir

Frank Klopas 8 yoshida AQShga koʻchib kelgan. U oilasi bilan Chicagoga joylashdi. 18 yoshida u AQSh fuqaroligini oldi. Hozirda Frank Klopas rafiqasi Sofiya bilan Chikagoda yashaydi.

Statistikasi tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum
Chicago Sting   AQSh 19831988
AEK Athens FC   Gretsiya 19881994
Apollon Athens   Gretsiya 19941996
Kansas City Wizards   AQSh 19961997
Chicago Fire   AQSh 19981999

Manbalar tahrir

  1. „Frank Klopas Biography and Statistics“. Sports Reference. 2013-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2009-yil.
  2. „Аргентина VS. США 0:3“ (inglizcha). soccerway.com (14-iyul 1995-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.
  3. „Frank Klopas named head coach and director of player personnel of the Montreal Impact“ (inglizcha). Montreal Impact (18-dekabr 2013-yil). 2013-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-dekabr 2013-yil.
  4. „Frank Klopas fired as Impact head coach“ (inglizcha). CBC Sports (30-avgust 2015-yil). 2021-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2021-yil.
  5. „Chicago Fire FC Part Ways with Head Coach Raphael Wicky“ (inglizcha). Chicago Fire FC (30-sentabr 2021-yil). 30-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2021-yil.
  6. „Chicago Fire FC Names Frank Klopas Assistant Coach“ (inglizcha). Chicago Fire FC (14-yanvar 2020-yil). 2021-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2021-yil.
  7. „Chicago Fire FC part ways with head coach Raphael Wicky“ (inglizcha). MLSsoccer.com (30-sentabr 2021-yil). 30-sentabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentabr 2021-yil.