Frankfurt fond birjasi (nemischa: Börse Frankfurt) eng yirik nemis va eng yirik jahon fond birjalaridan biridir. Sayt operatori Deutsche Boerse Group AG hisoblanadi.

Asosiy indeks: DAX (nemischa: Deutscher Aktienindex) - oʻzida 30 ta eng yirik nemis kompaniyasining aktsiyalari narxini aks ettiradi. Germaniya iqtisodiyoti holatining barometridir.

Tarixi tahrir

Frankfurt fond birjasi 11-asrda oʻtkazilgan oʻrta asr savdo yarmarkalaridan kelib chiqqan. Birja mavjudligining boshlangʻich nuqtasi 1585-yilda savdogarlar tomonidan Frankfurt-Maynda yagona valyuta kurslarining qabul qilinishi hisoblanadi, bu vaqtga kelib u Yevropaning yirik savdo markaziga aylandi[1]. Keyingi asrlar davomida Frankfurt London va Parij bilan bir qatorda dunyodagi birinchi fond birjalaridan biriga aylandi. Mayer Amschel Rothschild va Max Warburg kabi bankirlar Frankfurtning moliyaviy savdosiga sezilarli taʼsir koʻrsatdilar.

1879-yilda Frankfurt fond birjasi Börsenplatzdagi yangi binosiga koʻchib oʻtdi[2]. 19-asrning oxirgi uchdan birida Frankfurt dunyodagi yirik moliya markazi edi[3] .

1949-yildan beri Germaniyada etakchi boʻla boshladi va birjaga milliy va xalqaro investitsiyalar kela boshladi.

Uning negizida yaratilgan "Deutsche Boerse Group" uning nazorati ostiga 1993-yilda oʻtkazildi[2].

2002 va 2004-yillarda Frankfurt fond birjasi London fond birjasini sotib olish boʻyicha muzokaralar olib bordi. Shartnoma 2005-yilda[4] muvaffaqiyatsiz tugadi.

2017-yilda Yevropa komissiyasining Monopoliyaga qarshi qoʻmitasi London va Frankfurt fond birjalarining birlashish rejalari boʻyicha qaror qabul qildi. Qoʻmita rahbari Margrethe Vestagerning taʼkidlashicha, Yevrokomissiya ikki birjaning qoʻshilishiga toʻsqinlik qilishga qaror qilgan, chunki “birlashish bir qator bozorlarda virtual monopoliya shakllanishiga olib kelishi mumkin" va komissiyaning maqsadlaridan biri. kompaniyalar qoʻshilishi raqobatga zarar yetkazmasligini taʼminlashdan iborat”[5][6].

Huquqiy tartibga solish tahrir

Germaniyada qimmatli qogʻozlar bozorini mustaqil nazorat qilish Bozor nazorati organi (HÜSt), Hessen Iqtisodiyot, transport va mintaqaviy rivojlanish vazirligi fond birjasini nazorat qilish organi va Federal moliyaviy nazorat organi (BaFin) tomonidan amalga oshiriladi.

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. „History of the Frankfurt Stock Exchange – Fairs, coins and bills of exchange: 11th -17th century“. Deutsche Börse. Qaraldi: 2015-yil 9-iyul.
  2. 2,0 2,1 „History of the Frankfurt Stock Exchange – Patricians, princes and commodity markets: 18th - 19th century“. Deutsche Börse. Qaraldi: 2015-yil 11-iyul.
  3. Hein, Benjamin (2020-11-16). „Old Regime in a New World: Frankfurt's Financial Market in the Nineteenth Century“. The Journal of Modern History. 92-jild, № 4. 735–773-bet. doi:10.1086/711314. ISSN 0022-2801.
  4. Deutsche Boerse withdraws LSE offer; to return cash to shareholders
  5. Mergers: Commission blocks proposed merger between Deutsche Börse and London Stock Exchange
  6. Еврокомиссия заблокировала слияние LSE и Deutsche Borse // Коммерсантъ. — 2017-03-29.

Havolalar tahrir