Mayer Amschel Rothschild
Mayer Amschel Rothschild talaffuzi: Mayer Amshel Rotshild; (23-fevral 1744-yil — 19-sentabr 1812-yil) Rothschild bankirlari sulolasi asoschisi va mashxur nemis bankiri boʻlib, insoniyat tarixidagi eng badavlat oila sanaladi. Uni baʻzi bir manbalarda Xalqaro moliyachilarning otasi deb bilishadi, shuningdek hamma vaqtning eng buyuk yigirmatta biznesmenlarning ichidan 2005-yildagi koʻrsatkichlarga binoan Forbes ommabop jurnalida 7-oʻrinni egallagan.[1]
oʻzbekcha: Mayer Amschel Rothshild | |
---|---|
inglizcha: Mayer Amschel Rothschild | |
![]() Moliya va bank sohasida | |
Tavalludi |
(tugʻilgan paytidagi ismi) 23-fevral 1744-yil |
Vafoti |
19-sentyabr 1812-yil (68 yoshda) Mayndagi Frankfurt |
Fuqaroligi | Germaniya |
Turmush oʻrtogʻi | Guttle Schnapper (1770-1812) |
Bolalari | |
Otasi | Amschel Moses Rothschild |
Onasi | inglizcha: Schönche Rothschild |

Tarjimai hol Tahrirlash
Mayer Amshel Rotshild [2] 1744-yilning qishida Mayndagi Frankfurtdagi kelib chiqishi yahudiy millatiga mansub Amshel Moisey Rotshild (1755-yilda vafot etgan) va Shonche Rotshildlar oilasining sakkizinchi farzandi boʻlib dunyoga kelgan.[3][4] Rotshildlar avlodi aslida bu ismni 1577-yildan beri davom ettirishadi va birinchilardan boʻlib bu nomni Izaak Elchanan Rotshild oʻzining ismiga qoʻshib olgan.[5] Bu holatga uning uyi Judengasse peshtoqida bitilgan Zum Roten Shild degan soʻzlarga boʻlgan qiziqish sabab boʻlgan. Keyinchalik nabiralari uning sharafiga bu familiyani oʻz nasldoshlar orasida davom ettirib kelishadi va 1664-yilda Rotshildlar oilasi boshqa Judengasse – Hinterpfann nomli uyga koʻchib oʻtishgan, shuningdek ushbu honadon Rotshildlarning fikricha, 19-asrning boshiga qadar oilaviy biznesni rivojlantirgan uy deb hisoblashgan.[6] Mayerning otasi valyutalar ayirboshlash va savdogarlik biznesiga ega boʻlgan hamda oʻsha davrlarda shaxzoda Gessenning shaxsiy tanga boʻyicha homiysi boʻlgan. Oilaviy uylari esa, uning otasi barpo etgan doʻkonning ustki qismida joylashgan boʻlib, eniga uyning hajmi 3.4 metrni tashkil etgan. Lekin uyning torligiga qaramasdan oʻsha davrda ushbu honadonda 30 kishidan ortiq odam yashagan.
Manbalar Tahrirlash
- ↑ Noel, Michael „The Twenty Most Influential Businessmen of all Time“. Forbes (29-iyul 2005-yil). 3-noyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-may 2014-yil.
- ↑ The Germanic form "Mayer" was used from 1802 instead of the original "Meyer" - Elon, p.108.
- ↑ Elon, p.47; p.55.
- ↑ Andoza:NDB
- ↑ Elon, p.43.
- ↑ Elon, pp.41,43