Frankfurt toji
"Frankfurt toji" (shuningdek, "Frankfurt gulchambari", nemischa: Frankfurter Kranz — yogʻli krem bilan 4-5 marta qatlangan, grilyaj, yaʼni yongʻoqli konfet bilan bezatilgan halqasimon shakldagi Germaniya qaymoqli torti[1]. Tort noni umatilib ketadigan, Vena yoki biskvit xamiridan oʻrtada teshik hosil qiladigan shaklda pishiriladi. Idish diametri 26-28 sm.ni tashkil etadi. Tort, odatda 12-18 porsiyaga taqsimlanadi[2]. 100 g Frankfurt tojining kaloriyasi 316 kilokaloriyadir.
„Frankfurt toji“ning yumaloq shakli, gilosli kokteyl va uni bezashda yongʻoqli konfetning koʻp ishlatilishi Mayn daryosi boʻyidagi Frankfurt shahrida taxtga chiqqan Rim imperiyasi hukmdorlarining yoqutlar bilan bezatilgan oltin tojlarining ramziy timsolini yodga solishi kerak. Tort 1735-yilda ilk marotaba tayyorlangan, ammo eng qadimgi saqlanib qolgan resept XX asr boshlariga toʻgʻri keladi[3]. Tortning ustki va yon tomonlari ham yogʻli krem bilan bezatiladi. Konfet tayyorlashda bodom, oʻrmon yongʻogi yoki yunon yongʻogʻi foydalaniladi. Tort nonlarini qatlashda murabbo yoki jeledan foydalanish mumkin[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Claus Schünemann. Lernfelder der Bäckerei und Konditorei — Verkauf. 2008 ISBN 978-3-7734-0170-0
- ↑ Claus Schünemann. Lernfelder der Bäckerei — Produktion. 2006. ISBN 978-3-7734-0165-6(olm.)
- ↑ frankfurt.de: Geradezu königlich — Der Frankfurter Kranz(olm.)
- ↑ Prinsipi proizvodstva muchnix konditerskix izdeliy[sayt ishlamaydi](olm.)
Adabiyotlar
tahrir- „Франкфуртский венок“, Из Европы с любовью. Выпечка от А до Я, 4000 экз, Берлин: Д-р Оеткер Ферлаг, 2013 — 312—313-bet. ISBN 978-3-944271-02-6.
- Erhard Gorys. Frankfurter Kranz // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 158. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.
- Charles Sinclair. Frankfurter Kranz // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 228—229. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.
Havolalar
tahrir- Retsept
- Brigitte.de: retsept(olm.) )
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |