Fransiya milliy kuni
Fransiya milliy kuni (rasmiy nomi - milliy bayram fransuzcha: La Fête Nationale; shuningdek - 14-iyul fransuzcha: Le Quatorze Juillet) - 14-iyulda nishonlanadigan fransuz milliy bayrami kuni[1]. Ushbu bayramning "Fransiya milliy kuni", "14-iyul", "Fransiya milliy bayrami", "Bastiliyaning olinish kuni" kabi nomlari mashhur.
Tarixi
tahrir1789-yil 14-iyulda Fransiya inqilobi yuz beradi. Bu "Buyuk fransuz inqilobi" deb tarixga muhrlangan. Inqilob paytida fransuz xalqi Bastiliya qal'asi deb nomlanuvchi qirollik qamoqxonasiga bostirib kirishgan(keyinchalik vayron qilingan). Bir yil o'tgach 1790-yil 14-iyulda Champ de Mars maydonida qirol farmoni bilan Milliy bayram yoki Milliy Konfederatsiya bayrami deb nomlangan bayram bo'lib o'tdi. Bu nom keyinchalik Federatsiya va Millatlar birligi deb belgilandi. Ularda Fransiyaning barcha viloyatlaridan kelgan 100 ming kishi (Fransiyaning o'sha paytdagi aholisi 25 million kishi bo'lgan) ishtirok etdi. Bu bayramlarda harbiy parad boʻldi, “fuqarolik qasamyodi” qabul qilindi, ziyofat uyushtirildi, salyutlar otildi[2][3].
Keyingi o'n yillikda Fransiyada 14-iyul kunida maxsus bayramlar o'tkazilmagan. 22-sentabrda (Fransiyaning respublika deb e'lon qilinishi[4]1793-1803 yy), 15-avgustda (Avliyo Napoleon kuni 1806-1813 yy), 30-iyunda (Parij Jahon ko'rgazmasining yopilishi 1878-yil)[5] davlat tomonidan bayram tadbirlari o'tkazilgan xolos. Vaziyat XIX asrning oxiriga kelib o'zgardi. 1879-yil 5-yanvarda boʻlib oʻtgan parlament saylovlaridan soʻng mashhur boʻlmagan, monarxiyaparast prezident MacMachon 30-yanvarda isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi. Uning o'rnini egallagan prezident Jyul Grevi mamlakat parlamenti bo'lgan Milliy Assambleyaning ko'pchilik a'zolari bilan birgalikda, mamlakatni respublika qadriyatlari atrofida birlashtirishni boshladi. Xususan, La Marseillaise qo'shig'i milliy madhiya sifatida qabul qilindi. Ammo Fransiyaning asosiy bayramini qabul qilish ishlari bir yilga cho'zilgan. Faqat 1880-yil may oyida deputat Benjamin Raspail (taniqli olim va inqilobchi Fransua-Vinsent Raspailning o'g'li) - 14-iyul sanasini Milliy bayram kuni sifatida taklif qildi. Ko'pchilik deputatlar qizg'in qo'llab-quvvatlashdi. Ko'p munozaralar natijasida 1880-yil 6-iyulda qabul qilingan qonunda hech qanday tarixiy voqeaga ishora qilinmagan holda Milliy bayram kuni qabul qilindi[3][6][7]. Ammo bayramning nomi chet tillarida har-xil shaklda uchraydi(ruscha: День взятия Бастилии,inglizcha: Bastille Day, дат. Bastilledagen, turkcha: Bastille Günü va boshqalar).
Milliy bayramga bag'ishlangan asosiy tadbirlardan biri bu Yelisey maydonida o'tkazilayotgan harbiy paraddir. Ammo paradning joylashuvi yillar davomida ko'p marta o'zgargan. Bayram qabul qilingandan to 1914-yilgacha parad "ko'rib chiqish" deb nomlangan va "Longchamp" maydonida o'tkazilgan. Birinchi jahon urushi oxirida parad "Arc de Triomphe" ostida uchta g'olib marshallar (Joffre, Pétain va Foch) boshchiligidagi qo'shinlarning marshi tarzida o'tkazilgan. Ammo, 1921-yildan beri marosim Noma'lum askar qabrining arki yonidagi tartib-taomil tufayli o'zgardi. 1945-yilda Ikkinchi Jahon urushi oxirida parad Bastiliya maydonida bo'lib o'tdi. Bayram munosabati bilan o'tkaziladigan parad doim o'zgarib turgan. 1980-yilda bayram uchun zamonaviy parad qabul qilindi[3][7].
Bayram
tahrir14-iyulni nishonlash dasturi deyarli barcha fransuz aholi punktlarida va hatto chet ellarda ham o'tkaziladi. Chekka hududlardagi aholi bayramni 13-iyul kuni boshlashadi va 14-iyul kuni shaharda bayramni davom ettirishadi. Dasturlarda turli havaskor sana'tkorlardan tortib jahon yulduzlarigacha qatnashishadi. 2014-yil 14-iyul kuni Champ de Marsda oʻtkazilgan mumtoz musiqa festivalida yarim millionga yaqin kishi ishtirok etdi. Ko'pgina kommunalar(viloyatlarda)da bayram dasturlari o'tkazildi[8][9]. Paradlar orasida sof fransuz o't o'chiruvchilar marshi ajralib turadi. Mahalliy o't o'chirish brigadalari tomonidan musiqa, raqs va barcha turdagi o'yin-kulgilar bilan tashkil etilgan shoular an'anasi yuz yillik tarixga ega[10][11].
Milliy kunning marosimining asosi harbiy paradlar bo'lib, Parijda o'tkaziladi. Parad Fransiya Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, hukumat aʼzolari, Senat va Milliy Assambleya raislari, diplomatik korpus vakillari ishtirokida oʻtkaziladi. Ko'pincha paradda xorijiy davlatlarning yuqori lavozimli rasmiylari ham qatnashadilar. 2017-yilgi paradda AQSh prezidenti Donald Tramp va birinchi xonim Melaniya Tramp[12] ishtirok etishgan. 1980-yildan beri parad Yelisey maydonida bo'lib o'tadi. Ertalab soat 09:10 da qo'shinlar kolonnalari Fransiya poytaxtining asosiy xiyoboni bo'ylab, Sharl de Goll maydonidan va G'alaba arkasidan Konkord maydoni, Yelisey maydoni va Luvrga qarab harakatlana boshlaydi. Paradda harbiy xizmatchilar, harbiy bilim yurtlari kursantlari va fuqarolar (politsiya xodimlari ham) ishtirok etadi. 4000 ga yaqin piyoda qatnashuvchilar, 240 otliq, 80 mototsiklchi, 460 ta boshqa turdagi bo'linmalar Yelisey maydoni boʻylab oʻtadi va 60 ta samolyot shahar ustida, aynan paradning tepa qismidan uchib o'tadi. Ko'pincha paradlarda chet ellik harbiy xizmatchilar ham ishtirok etadilar. 1994-yilda Yevrokorpus askarlari Yelisey bo'ylab yurishgan. Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan keyin birinchi marta nemis askarlari Parij bo'ylab yurishgan. Bu esa qizg'in bahs-munozaralarga sabab bo'lgan edi. Parad paytida barcha askarlar bir xil sur'atda yurishmaydi: Marsel va Sambre-et-Meuse polk harbiy qismlari uchun bir daqiqa ichida 120 qadam ritmi o'rnatiladi. Alp tog'lari o'qchilari va piyodalari uchun tezroq - daqiqasiga 130 qadam tezlikda ("Sidi Brahim" qo'shig'ining ritmi) va paradni yakunlagan xorijiy legion daqiqasiga 88 qadam tezlikda harakat qilishi belgilab qo'yilgan (Legion madhiyasining ritmi "Le Boudin"). Parad tushga yaqin tugaydi[3][5][13].
Tashqi videofayllar | |
---|---|
Фейерверк 14 июля 2014 года в Париже. «Войны и мир (1914—2014)» |
14-iyul kuni kechqurun (va kichik shaharlarda ba'zan bir kun oldin) salyutlar otiladi. Ularning asosiysi Eyfel minorasi yaqinidagi "Champ de Mars"da soat 23:00 da boshlanadi va o'ttiz minutda tugaydi. Boshqa davlatlarda o'tkaziladigan salyutlar shousidan fransuz shousi jozibador hisoblanadi. "salyutlar shousi" deb nomlanuvchi bu shou Fransiyaning beshta respublikalarida saqlanib qolgan eski tartibning bir nechta ramzlaridan biridir. Birinchi marta "salyutlar shousi" 1615-yil 21-noyabrda Lui XIII ning toʻy kuni boʻlib oʻtgan va shundan keyin mutlaq monarxiya ramzi boʻlib qolgan[3][5][11][14].
Manbalar
tahrir- ↑ Франция: Большой лингвострановедческий словарь, 2-е издание, исправленное и дополненное 4000 экз, АСТ-Пресс, 2008 — 381-bet. ISBN 978-5-462-00894-8.
- ↑ Détails de la fête Nationale, du 14 Juillet 1790, arrêtes par le Roi. Imp. Garnéry, 1790.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Pierrick Hervé. „La fête nationale du 14 juillet“ (fr). Présidence de la République française. 2017-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ „22 septembre 1792 : Avènement de la République française“ (fr). Herodote.net. 2016-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Joséfa Lopez. „Cinq choses que vous ne savez peut être pas sur le 14-Juillet“ (fr). Le Monde. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ Chloé Thibaud. „Mais au fait, quel 14 juillet célèbre-t-on?“ (fr). BibliObs (2014-yil 14-iyul). 2017-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ 7,0 7,1 Jérôme Lachasse. „Mais au fait, que celèbre-t-on le 14 juillet ?“ (fr). Le Figaro (2015-yil 14-iyul). 2017-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ „Fête Nationale : 14 juillet“ (fr). Citoyen de demain. 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ „14 juillet, fête nationale française“ (fr). Le Mag Femmes (2017-yil 7-iyun). 2017-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ Marie Piquemal. „Pourquoi les pompiers font-ils la fête le 14 Juillet?“ (fr). Le Parisien (2014-yil 13-iyul). 2017-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ 11,0 11,1 Alice Bosio. „Bals des pompiers, feu d'artifice : les festivités du 14 juillet 2015 à Paris“ (fr). Le Figaro (2015-yil 14-iyul). 2017-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ Kahina Sekkai. „Donald et Melania Trump assistent à leur premier défilé du 14 juillet“ (fr). Paris Match (2017-yil 14-iyul). 2017-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
- ↑ „Le 14 juillet en musique“ (fr). Ministère des Armées. 2013-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyul.
- ↑ „Feu d'artifice du 14 juillet : Le 14 juillet 2017, un feu d'artifice spectaculaire est tiré depuis la tour Eiffel“ (fr). Office du Tourisme et des Congrès de Paris. 2017-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
Havolalar
tahrir- Fransiyaning rasmiy veb-saytida Bastiliya kuni(Fransuzcha) )(Inglizcha) )(ital.) )(olm.) )(isp.) ) (port. )
- 14-iyul kuni Fransiyaning Moskvadagi elchixonasi saytida