Louvre
Koordinatalari: 48°51′40″N 2°20′9″E / 48.86111°N 2.33583°E G O Luvr (fransuzcha: Musée du Louvre) — dunyoning eng yirik badiiy muzeylaridan biri. Avval qirollar qasri boʻlgan Luvrning binosi Parijning markazida, poytaxtning 1-munisipal okrugida joylashgan.
Luvr Musée du Louvre | |
---|---|
![]() | |
Asos solingan sana | 1793 |
Joylashuvi | Palais Royal, Musée du Louvre, 75001 Paris, France |
Keluvchilar soni | 7 300 000 (2005) |
Direktor | Henri Loyrette |
Oʻtish yoʻli | Palais-Royal/musée du Louvre metrosi 21, 24, 27, 39, 48, 68, 69, 72, 81, 95 raqamli avtobuslar |
www.louvre.fr |
Luvr (Louvre) — jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur meʼmoriy yodgorlik — sobiq qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791-yilda Inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793-yil 8 noyabrdan omma uchun ochilgan. L. fondini sobiq qirollik toʻplami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan toʻplamlari tashkil qildi; Napoleon yurishlarida qoʻlga kiritilgan, turli davlatlardan sotib olingan, koʻplab hadya qilingan sanʼat asarlari bilan boyib bordi. Muzey 6 boʻlimdan iborat: tasviriy va amaliy sanʼat, qaykaltaroshlik (oʻrta asrlar, Uygʻonish davri, keyingi davr), Yunon va Rim yodgorliklari, Kad. Sharq yodgorliklari, Qad. Misr yodgorliklari. Bular orasida Sharq yodgorliklari dunyo boʻyicha muhim ahamiyatga ega; fransuz sanʼati (ayniqsa, kartinalar galereyasi) juda mukammal. L.da jahonga mashhur (Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael, Titsian, Rembrandt, Rubens va boshqalar) nodir sanʼat asarlari toʻplangan. Muzey ekspozitsiyasi xronologik tartibda va milliy maktablar tarzida, hadya etilgan yirik xususiy toʻplamlar alohida joylashtirilgan.
L. binosi Parijning tarixiy qismidagi asosiy meʼmoriy yodgorlik boʻlib, 13-asr boshi — 14-asrlarda eski qasr oʻrniga qurilgan. 1546—74 yillarda meʼmor P. Lesko renessans usulida saroy qurgan, haykaltaroshlik bezaklarini J. Gujon ishlagan. Binoni kengaytirish va qayta qurish (J. Lemersye, 1624-yildan; L. Levo, 1661—64; K. Perro, 1667—74; L. Viskonti va E. Lefyuel, "Yangi L.", keyinchalik Kartinalar galereyasi) 20-asrning oxirlarigacha davom etdi.[1]
TarixTahrirlash
Ilk marotaba muzey eshiklari omma uchun Fransuz Revolutsiyasi davrida 1793-yili 8-noyabrda ochilgan. Uning minglab kartina va haykaltaroshlik namunalari ichida Gioconda (Mona Lisa), Milosslik Venera, Samofrakiyalik Nika kabi mashhur asarlar, Rembrandt, Tizian va Leonardo da Vinci kartinalari bor.
1989-yili qasr oʻrtasiga I. M. Pei yaratgan shisha piramida qoʻshiladi.
QurilishiTahrirlash
Luvr uch asosiy galereyadan iborat — Syulli, Rishelyo va Denon.
KolleksiyaTahrirlash
Antik sanʼatTahrirlash
Qadimiy MisrTahrirlash
HavolalarTahrirlash
- Muzeyning rasmiy sayti (frans.)
- La Cour du Louvre Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-11-17). Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-11-17). Virtual Panorama (QTVR small) par Tolomeus
- Suratlar va Videolar (frans.)
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |