Fransuz mustamlaka imperiyasi (fransuzcha: Empire colonial français) XVI asrdan boshlab Fransiya hokimiyati ostiga o'tgan dengizorti mustamlakalari, protektoratlari va mandat hududlaridan iborat boʻlgan. Odatda "Birinchi Fransuz mustamlaka imperiyasi" va "Ikkinchi Fransuz mustamlaka imperiyasi" farqlanadi. "Birinchi" imperiya 1814-yilgacha mavjud boʻlgan bo'lib, shu davrga kelib unga tegishli deyarli barcha hududlar boy berilgan, yoki sotilgan. "Ikkinchi Fransuz mustamlaka imperiyasi" boshlanishi 1830-yilda Jazoirning istilo qilinishi bilan belgilanadi. Birinchi jahon urushi arafasida Fransiya mustamlaka imperiyasi dunyodagi eng yirik ikkinchi imperiya bo'lib, hajm jihatdan Britaniya imperiyasining uchdan biriga, aholi soni bo'yicha esa sakkizdan biriga teng boʻlgan.

Fransiya mustamlaka imperiyasi
Empire colonial français

Mustamlakachi imperiya
1534 — 1980


Bayroq Gerb

Fransiya imperiyasi tarkibiga kirgan barcha hududlar.
Poytaxti Parij
Til(lar)i Fransuz
Dini katolik,
islom
yahudiy
hinduiylik
buddaviylik
Pul birligi Frans
Maydoni 10,000,000 km (1680)
13,500,000 (1939)
24,000,000 (1534-1980)
Boshqaruv shakli kompazitsion monarxiya
Tarix
 -  1534 Kartier Gaspe ko'rfaziga da'vo qildi.
 -  1803 Luiziananing sotilishi
 -  1830-1852 Jazoirning bosib olinishi
 -  1946 Fransuz birlashmasi
 -  1958 Fransiya hamjamiyati
 -  1980 Vanuatu mustaqilligi

Fransiya XVI asrga kelib Shimoliy Amerika, Karib havzasi va Hindistonda mustamlakalar o'rnatishni boshladi, biroq Yetti yillik urushdagi mag'lubiyat natijasida ko'pchilik hududlarini boy berdi. Shimoliy Amerikadagi mulklar Britaniya va Ispaniyaga o'tib ketdi, lekin 1800-yilda Ispaniya Luiziana (Yangi Fransiya) mustamlakasini Fransiyaga qaytardi. Bu hudud 1803-yilda AQSHga sotildi. Fransiya 1850-yillardan boshlab e'tiborini Afrika, shuningdek Hindixitoy va Janubiy Tinch okean mintaqasiga qaratdi va o'z imperiyasini qayta barpo etishga muvaffaq bo'ldi. Rivojlanar ekan, yangi Fransuz imperiyasi metropoliyaga xomashyo yetkazib berib, undan tayyor mahsulotlar sotib oluvchi maqomga ega bo'la boshladi. Imperiyaning qayta tiklanishi Fransiyaning xalqaro munosabatlardagi obro'sini tikladi, dunyoda fransuz tili va katolitsizmning yoyilishiga sabab bo'ldi. Shuningdek, ushbu imperiya Fransiyani Jahon urushlarida askarlar bilan ham ta'minlagan.

Imperiyaning asosiy maqsadlaridan biri Mission civilisatrice yoki Sivilizatsiyalashtirish (madaniylashtirish) deb atalgan. 1884-yilda mustamlakachilikning yetakchi targ'ibotchilaridan biri Jules Ferry ta'kidlashicha: "Oliy irqlar quyi irqlar ustidan huquqqa ega. Quyi irqlarni madaniyatga olib kirish oliy irq vakillarining burchidir." Imperiyada quyi irq vakillariga to'la fuqarolik huquqi - assimilation - va'da qilingan bo'lib, biroq amalda "bu assimilyatsiya jarayoni doim bekor qilingan va mustamlaka aholi vakillari teng fuqarolar sifatida ko'rilmagan." Kam sonli fransuzlar (Jazoir istisno qilingan) mustamlakalarga jo'natilgan va ular ozchilikni tashkil qilishiga qaramasdan hududlarda hokimiyatni o'z qo'llariga olishgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida Charles de Gaulle boshchiligidagi Ozod Fransiya dengizorti mustamlakalari ustidan birma-bir o'z nazoratlarini o'rnatdi va Fransiyani ozod qilishda ulardan baza sifatida foydalanishgan. Tarixchi Tony Chafer yozishicha: "Urushdagi mag'lubiyat va okkupatsiyadan keyin Fransiya o'zining qudratli davlat sifatidagi obro'sini saqlab qolish uchun dengizorti mustamlakalarini qo'lida olib qolishga intildi." Lekin 1945-yildan keyin mustamlakachilikka qarshi harakatlar yevropaliklar hokimiyatini so'roq ostida qoldira boshladi. Hindixitoy va Jazoirdagi qo'zg'olonlar Fransiya uchun qimmatga tushdi va har ikkala mustamlaka ham qo'ldan boy berildi. Ushbu nizolardan keyin boshqa hududlarda 1960-yillarda boshlangan dekolonizatsiya jarayoni nisbatan tinch kechdi. 1946-yil 27-oktyabrda qabul qilingan Konstitutsiyaga ko'ra vujudga kelgan Fransiya Ittifoqi (To'rtinchi respublika) 1958-yilgacha davom etdi. Oldingi mustamlakachi imperiyaga keyinroq qo'shilgan hududlar Fransiya Respublikasining dengizorti departamentlari va hududlari sifatida davlat ichiga integratsiya qilib olindi. Bu hududlar bugungi kunda jami 119,394 kvadrat kilometr maydonni tashkil qilib, ularda 2021-yilda 2.8 million kishi yashagan. Fransiya va uning sobiq mustamlakalari orasidagi aloqalarni La francophonie, CFA franc tashkilotlarida va Opération Serval kabi harbiy operatsiyalarda kuzatish mumkin.

Birinchi Fransuz mustamlakachi imperiyasi

tahrir

Amerika qit'asi

tahrir

Fransiyaning Amerika qit'asini mustamlaka qilishi jarayoni XVI asrda boshlangan. XVI asr boshlarida Giovanni da Verrazzano va Jacques Cartier kabi sayohatchilar safarlari, shuningdek fransuz kemalari va baliqchilarining Nyufaundlend qirg'oqlariga sayohatlari keyinchalik Fransiyaning Amerika qit'asini mustamlaka qilishi uchun asos bo'ldi. Lekin Ispaniyaning Amerika bilan savdoda monopoliyani o'z qo'lida saqlab qolishi, shuningdek XVI asr oxirida Fransiyada sodir boʻlgan diniy urushlar Fransiyaning mustamlakalar yaratish ishlariga to'sqinlik qildi. Fransuzlarning Braziliyada 1555-yilda Rio de Janeiroda ("France Antarctique"), Floridada (xususan 1562-yilda Fort Caroline) va 1612-yilda São Luísda ("France Équinoxiale") mustamlakalar tashkil qilishga urinishi samara bermadi va bunga rasmiy doiralarda qiziqishning yo'qligi, qolaversa portugal va ispanlarning qarshiligi sabab bo'ldi.

Chinakam Fransiya mustamlakachi imperiyasi 1605-yil 27-iyulda Shimoliy Amerika qit'asidagi (bugungi Kanadadagi Nova Scotia hududida) Acadia koloniyasida Port Royal manzilgohining tashkil qilinishi bilan boshlanadi. Bir necha yil o'tib, 1608-yilda Samuel de Champlain Kvebek manzilgohiga asos soldi va bu manzilgoh ulkan, biroq oz sonli aholiga ega boʻlgan, mo'yna savdosiga asoslangan Yangi Fransiya (shuningdek Kanada deb ham nomlangan) mustamlakasining poytaxtiga aylandi.

Yangi Fransiya aholisi siyrak boʻlgan. Bu esa mustamlakada asosiy urg'u qishloq xo'jaligiga emas, balki mo'yna savdosiga berilishiga sabab bo'ldi. Shu sababdan ham fransuzlar mahalliy hindu qabilalari bilan do'stona aloqalarni saqlab qolishga katta urg'u berishgan. Yangi Angliyachalik yerga o'ch bo'lmagan fransuz mo'yna savdo punktlarini mo'yna bilan faqat mahalliy aholi vakillari ta'minlagan va bu fransuzlarning mahalliy aholi vakillari bilan murakkab harbiy, tijoriy va diplomatik aloqalar o'rnatishiga sabab bo'ldi. Bu esa oxir-oqibatda fransuzlar va mahalliy aholi orasida barqaror ittifoqchilik munosabatlari o'rnatilishiga olib keldi. Lekin Fransiya diniy mutasaddilari mahalliy aholini katoliklikka jalb qilish uchun mustamlakachilarga katta bosim o'tkazishgan.

Turli-tuman mahalliy hindu qabilalari bilan ittifoqlari orqali fransuzlar Shimoliy Amerika qit'asining katta qismidan qisman nazorat o'rnatishga muvaffaq bo'lishadi. Lekin Fransuzlar o'rnashgan hududlar asosan Muqaddas Lavrentiy daryosi vodiysi bilan cheklangan. 1663-yilda Suveren Kengash tashkil etilishigacha Yangi Fransiya hududi savdogar mustamlakalar ko'rinishida rivojlantirilgan. Intendent Jean Talonning 1665-yilda mustamlakalarga kelganidan keyin Fransiya Britaniya kabi o'z mustamlakalari o'sishi uchun sharoitlar yarata boshladi. Acadianing o'zi 1713-yilgi Utrecht shartnomasi bilan inglizlar qo'liga o'tib ketgandi. Fransiyaning o'zida esa mustamlakachilikka qiziqish nisbatan past bo'lib, Fransiya asosan Yevropa ichida hukmronlikka intilgan va tarixi davomida Yangi Fransiya aholi soni bo'yicha ham, iqtisodiy taraqqiyot bo'yicha ham Britaniyaning Shimoliy Amerika mustamlakalaridan orqada boʻlgan.

Manbalar

tahrir