Frederick Gowland Hopkins
Frederick Gowland Hopkins (1861.20.6, Istborn 1947.16.5, Kembrij) – ingliz biokimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1905) va prezidenti (193035), London universitetini tugatgan (1894, falsafa doktori) va 1898-yilgacha shu joyda ishlagan. Kembrij universitetida professor biokimyogar (1914-yildan). Asosiy ilmiy ishlari organizmda azot almashinuvi biokimyosiga oid. A va D vitaminlarini, glutationni kashf etgan. Ishlab turgan muskullarda sut kislotasining toʻplanishini aniqlagan. 1929-yil Nobel mukofoti laureati boʻlgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |