Fredrik Olof Esaias Stoor (talaffuzi: Fredrik Stoor) (1984-yil 28-fevralda tugʻilgan) — shved sobiq professional futbolchisi, oʻng qanot himoyachisi. U Shvetsiya terma jamoasi safida 11 marta oʻynagan va Hammarbi, Rozenborg, Fulxem, Derbi Kaunti, Valerenga, Lilleström, Viborg FF va IF Brommapojkarna klublarida oʻynagan. U UEFA Yevro 2008da Shvetsiyani himoya qilgan.

Fredrik Stoor
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fredrik Olof Esaias Stoor[1]
Tavallud sanasi 28-fevral 1984-yil (1984-02-28) (40 yosh)
Tavallud joyi Stockholm, Shvetsiya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2006 Hammarby IF 51 (2)
2007—2008 Rosenborg BK 30 (0)
2008—2011 Fulham 4 (0)
2009Derby County (Ijara) 11 (0)
2011—2012 Vålerenga 15 (0)
2012Lillestrøm SK (Ijara) 21 (0)
2013 Lillestrøm SK 23 (0)
2014 Viborg FF 3 (0)
2015 IF Brommapojkarna 23 (0)
Milliy terma jamoa
2001 Shvetsiya U17 7 (0)
2003 Shvetsiya U19 3 (0)
2008 Shvetsiya 11 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Yoshlik yillari tahrir

Stoor Shvetsiyada tugʻilgan. Uning ota onasi fin millatiga mansub[2].

Klubdagi faoliyati tahrir

Hammarbi tahrir

Stoor Shvetsiyaning Stokgolm shahrida tugʻilgan. 1996-yilda 12 yoshida yosh futbolchi sifatida Hammarbi bilan oʻynashni boshlagan. 2001-yil yanvar oyida u "Manchester United" bilan sinovdan oʻtgan. Klubdagi professional faoliyati davomida u 51 oʻyinda maydonga tushgan va himoyadan ikkita gol urgan.

Rozenborg tahrir

2006-yil dekabr oyida u Norvegiyaning " Rusenborg " klubiga oʻtgan va asosiy jamoa tarkibida 46 oʻyin oʻtkazgan, shu jumladan Yevropa musobaqalarida yettita oʻyinda maydonga tushgan.

Fulxem va Derbi County ijara tahrir

Stoor 2008-yilning yozida transfer oynasida Premer-liganing „ Fulxem“ klubiga qoʻshilgan[3]. U 2008-yilning 27-avgustida " Lester City "ga qarshi oʻyinda debyut qilgan, oʻshanda u Liga kubogi 2-bosqichida qatnashgan.

2009-yil sentabrida Stoor Derbi Cunty tarkibiga bir oylik ijaraga asosida qo‘shilgan[4] shu muddat davomida to‘rt marta asosiy tarkibda maydonga tushgan. U Derbi jamoasida ijarani yana ikki oyga uzaytirishi uchun yetarlicha taassurot qoldirgan[5].

Norvegiyaga qaytish tahrir

Stoor 2011-yilning yanvarida Norvegiyaga qaytgan va u erkin agent sifatida Vallerenga bilan shartnoma imzolagan[6]. Tippeligaenda Vallerenga uchun 15 ta oʻyin oʻtkazgan[7][8]. 2012-yil mart oyida Norvegiyadagi transfer oynasi yopilishi arafasida Stoor bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida Lillestromga qoʻshilgan[9]. Uning Vallerenga bilan shartnomasi 2013-yilgi mavsum oldidan bekor qilingan[7] va Stoor keyinchalik Lillestrom bilan bir yillik shartnoma imzolagan[10].

Viborg FF tahrir

2014-yil 23-yanvarda Stoor Daniya Superliga klubi Viborg FF bilan olti oylik shartnoma imzolagan va bepul transfer evaiga jamoaga qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2008-yilda toʻliq Shvetsiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan Stoor UEFA Yevro 2008da[11] ishtirok etgan va Shvetsiya terma jamoasida 11 ta oʻyinda maydonga tushgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hammarby 2002 Allsvenskan 0 0 0 0 0 0
2003 Allsvenskan 1 0 0 0 1 0
2004 Allsvenskan 7 0 0 0 7 0
2005 Allsvenskan 20 1 0 0 20 1
2006 Allsvenskan 23 1 0 0 23 1
Jami 51 2 0 0 51 2
Rosenborg 2007 Tippeligaen 21 0 4 0 25 0
2008 Tippeligaen 9 0 0 0 9 0
Jami 30 0 4 0 34 0
Fulham 2008—2009 Premyer Liga 2 0 5 0 7 0
2009—2010 Premyer Liga 2 0 1 0 3 0
Jami 4 0 6 0 10 0
Derby (Ijara) 2009—2010 Championship 11 0 0 0 11 0
Vålerenga 2011 Tippeligaen 15 0 1 0 16 0
Lillestrøm 2012 Tippeligaen 21 0 2 0 23 0
2013 Tippeligaen 23 0 5 0 28 0
Jami 44 0 7 0 51 0
Karyerada jami 155 2 18 0 173 2

Manbalar tahrir

  1. The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Mainstream Publishing, 2010 — 394 bet. ISBN 978-1-84596-601-0. 
  2. „EM: Stor i Sverige - Stoor i Vasa“ (sv). Vasabladet (2008-yil 13-iyun). — „... har rötterna i Vasa och Malax. Hans mamma Margaret Stoor är uppvuxen i Hemstrand i Vasa och hans pappa Esa Siekkinen i Brändö.“. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
  3. „Stoor makes Fulham switch“. Sky Sports (2008-yil 30-iyul). Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
  4. „Rams sign Sweden international“. dcfc.co.uk (2009-yil 26-sentyabr). 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
  5. „Defender Stoor's Rams loan extended by two months“. Derby Telegraph (2009-yil 27-dekabr). 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
  6. Haugen, Eivind A.. „Vålerenga henter Fulham-spiller“ (no). Dagbladet (2011-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  7. 7,0 7,1 „Vålerenga kvitter seg med Stoor“ (no). TV 2 (2013-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  8. Sagbakken, Ole K.; Ruud, Anders. „Stoor strøk medisinsk test“ (no). Adresseavisa (2012-yil 2-fevral). Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.[sayt ishlamaydi]
  9. „Stoor signerte for Lillestrøm“ (no). Aftenposten (2012-yil 31-mart). Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
  10. „Fredrik Stoor tilbake til LSK“ (no). NRK. Norwegian News Agency (2013-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 8-noyabr.
  11. „Fredrik Stoor“. Sky Sports (2008-yil 29-may). Qaraldi: 2008-yil 30-oktyabr.