Milton Fridmen (Fridman; 1912.31.7, Nyu York) — amerikalik iqtisodchi, iqtisodiy nazariyada Chikago maktabining yetakchi vakili. Ratgers universitetini tugatgan (1932). Falsafa (1946) va huquq (1968) doktori. Chikagodagi universitetda iqtisodiyot professor (1948-yildan). 1971—74 yillarda AQSH prezidenti R. Niksonnnnt iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi. Asosiy ilmiy ishlari pul muomalasi nazariyasi va amaliyoti masalalariga bagʻishlangan. F. makroiqtisodiyotda monetarizm yoʻnalishi asoschisi, milliy daromadning monetar nazariyasini va AQShning deyarli 100 yillik pul muomalasi tarixini oʻrganib pulning miqdoriy nazariyasini asoslab bergan. Keynschshshkka qarshi boʻlgan F. tadbirkorlik erkinligi, bozor mexanizmlarining oʻzi davlat iqtisodiyotga faol aralashmagan hollarda ham takror ishlab chiqarishning oʻz meʼyorida borishini taʼminlaydi deb qaragan. F. nuktai nazariga koʻra, davlatning vazifasi muomaladagi pul miqdori oʻsishini tartibga solish bilan chegaralanishi lozim[1].

Milton Friedman (2004)

Asosiy asarlari

tahrir
  • "Inflyatsiyani bartaraf etishda soliqqa tortish", 1943;
  • "Pozitiv iqtisodiy nazariya ocherklari", 1953;
  • "Isteʼmol funksiyalari nazariyasi", 1957;
  • "Narxlar nazariyasi", 1962;
  • "Amerika Qoʻshma Shtatlarida pul muomalasi tarixi, 1867—1960-yillar", 1963;
  • "Inflyatsiya sabablari va oqibatlari", 1963.

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir