Frisbee (talaffuzi: frizbi; boshqa nomlari flying disc („uchar disk“) yoki shunchaki disc („disk“)) odatda diametri 20—25 sm (8—10 dyuym) boʻladigan yengil plastik diskdir. Uchar disk oʻyinlarida ishlatiladi. Frisbeeni uloqtirganda, koʻtarish kuchi hosil boʻladi, bu esa uni uzoq masofalarga yuqori aniqlik bilan uloqtirish imkonini beradi.

Frisbee 090719.jpg

Frisbee atamasi koʻp hollarda barcha uchar disklarni anglatsa-da,[1] u roʻyxatdan oʻtgan tovar belgisi boʻlib, unga Wham-O nomli oʻyinchoq ishlab chiqaruvchi shirkati egalik qiladi.

ManbalarTahrirlash

  1. „Has frisbee become a generic trademark?“. genericides.org (11-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 17-fevral 2021-yil.