Fulad ibn Manazar
Fulad ibn Manazar (forscha: فولاد بن ماناذیر) buvayhiylar sulolasiga xizmat qilgan oliy darajali harbiy zobit boʻlgan justaniy shahzodasi.
Biografiyasi
tahrirFulad justaniy qirol Manazarning oʻgʻli. Fuladning Xusravshoh ismli akasi otasi Manazar vafotida keyin Rudbarni boshqargan. Shuningdek, ismi nomaʼlum singlisi ham boʻlib, u buvayhiylar hukmdori Adud ud-Davlaga turmushga chiqqan va undan Abul Husayn Ahmad va Abu Tohir Firuzshoh ismli ikki oʻgʻilni dunyoga keltirgan[1]. Bu davrda Fulad Ziyor ibn Shahravayh ismli gilyaniy zobit bilan birga Bagʻdoddagi buvayhiylar saroyida hukmron mavqega ega boʻlgan. Adud ud-Davla vafotidan keyin buvayhiylar imperiyasida uning ikki oʻgʻli Samsam ud-Davla va Sharaf ud-Davla oʻrtasida vorislik uchun fuqarolar urushi boshlangan. Bu vaqtda Samsam ud-Davla Iroqni, Sharaf ud-Davla esa Fors va Kermonni boshqarayotgan edi.
986-yilda Asfar ibn Kurdavayh ismli daylamiy zobit Samsam ad-Davlaga qarshi isyon koʻtarib, Sharaf ad-Davlaga bay’at keltirgan. Biroq, Asfar tezda fikridan qaytib, uning boshqa ukasi, qisqa vaqt ichida „Baho ud-Davla“ unvonini olgan Abu Nasr Firuz Xarshadga bay’at e’lon qilgan. Samsam ud-Davla Fuladning yordami bilan isyonni bostirib[2], Baho ud-Davlani qamoqqa tashlagan. Samsam ud-Davla qisqa vaqt ichida Sharaf ud-Davla bilan shartnoma imzolagach, Baho ud-Davlani ozod qilishga rozilik bildirgan. 987-yilda Samsam ud-Davlaga xiyonat qilgan Sharaf ud-Davla Iroqni bosib olgan va Samsamni qalʼaga qamab qoʻygan. Shundan soʻng Fuladni ham qamoqqa tashlagan. Ziyorni esa qatl qilgan[3].
988/989-yilda Fulad ozod qilingan[4]. Ozod qilingan Fulad yana Sherozda Samsam ud-Davlaga xizmat qila boshlagan. U yana saroyda taniqli shaxsga aylangan. Biroq, Fuladning keyinchalik Sheroz noibini agʻdarishga harakat qilishi Samsam gʻazabidan qochishga majbur qilgan. Fulad Raydagi Faxr ud-Davla saroyiga borib[4], u yerda taxminan 994-yilda oʻlimigacha yashagan[5]. Uning Ibn Fulad ismli oʻgʻli boʻlib, u keyinchalik buvayhiylar hokimiyatiga qarshi chiqqan va Qazvinni oʻz mulkining bir qismi deb daʼvo qilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Donohue 2003, ss. 86–88.
- ↑ Kraemer 1992, s. 195.
- ↑ Donohue 2003, s. 93.
- ↑ 4,0 4,1 Madelung 1992, s. 58.
- ↑ 5,0 5,1 Madelung 1975, s. 224.
Adabiyotlar
tahrir- Donohue, John J. (2003). "The Buwayhid Dynasty in Iraq 334h., 945 to 403h., 1012: Shaping Institutions for the Future". ISBN 9789004128606. https://books.google.com/books?id=arELc_R1orcC&q=The+Buwayhid+Dynasty+in+Iraq+334H/945+to+403H/1012:+Shaping+Institutions+for+the+future.<!--->
- Madelung, W. (1992). "Religious and ethnic movements in medieval Islam". ISBN 0860783103. https://books.google.com/books?id=eksMAQAAMAAJ&q=Religious+and+ethnic+movements+in+medieval+Islam.<!--->
- Madelung, W. „The Minor Dynasties of Northern Iran“, . The Cambridge History of Iran, Volume 4: From the Arab Invasion to the Saljuqs. Cambridge: Cambridge University Press, 1975 — 198–249-bet. ISBN 978-0-521-20093-6.
- Kraemer, Joel L. (1992). "Humanism in the Renaissance of Islam: The Cultural Revival During the Buyid Age". Humanism in the Renaissance of Islam: The Cultural Revival During the Buyid Age. BRILL. 1–329 b. ISBN 9789004097360. https://books.google.com/books?id=RKU58ZcXAM8C&q=Asfar+b.+Kurdawayh.