Xusravshoh
Xusravshoh Justaniylar sulolasining soʻnggi qiroli. 972-yildan tax. 1004-yilgacha hukmronlik qilgan. Manazarning oʻgʻli va vorisi boʻlgan.
Xusrav va Shoh soʻzlarining ikkalasi ham fors tiliforscha]]dan olingan boʻlib, har ikkisi ham „qirol“ degan maʼnoni anglatadi.
Hukmronligi
tahrirXusravshoh davrida buvayhiylar bilan munosabatlar gullab-yashnagan. U buvayhiylar hukmdori Adud ud-Davlani harbiy yurishlarda daylamiy qoʻshinlari bilan qoʻllab-quvvatlagan[1]. Xusravshoh kasal boʻlganida Adud ud-Davla tabiblaridan biri Jabroil IIIni davolash uchun yuborgan. Fanna Xusrav (Adud ud-Davla) Xusravshohning singlisiga uylangan. Ulardan Toj ud-Davla (Abu Husayn Ahmad) va Diyo ud-Davla (Abu Tohir Firuzshoh) ismli oʻgʻillar tugʻilgan[2]. Xusravshohning ukasi Fulad ibn Manazar mashhur buvayhiy zobiti boʻlib, Bagʻdoddagi buvayhiylar saroyida katta taʼsirga ega boʻlgan.
Xusravshoh tax. 1004-yilda vafot etgan. Vorisi kim boʻlgani nomaʼlum. Sulola 11-asr oxiriga qadar Rudbarni boshqarishda davom etgani maʼlum[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Madelung 1975, s. 224.
- ↑ Donohue 2003, ss. 86–93.
Adabiyotlar
tahrir- Donohue, John J.. The Buwayhid Dynasty in Iraq 334 H./945 to 403 H./1012: Shaping Institutions for the Future. Leiden and Boston: Brill, 2003. ISBN 90-04-12860-3.
- Madelung, W. (1992). "Religious and ethnic movements in medieval Islam". Religious and ethnic movements in medieval Islam. ISBN 0860783103. https://books.google.com/books?id=eksMAQAAMAAJ.
- Madelung, W. „The Minor Dynasties of Northern Iran“, . The Cambridge History of Iran, Volume 4: From the Arab Invasion to the Saljuqs. Cambridge: Cambridge University Press, 1975 — 198–249-bet. ISBN 0-521-20093-8.
Oʻtmishdoshi: Manazar |
Justaniy qirol 972-1004 |
Vorisi: Nomaʼlum justaniy hukmdor
|