Fumie Hosokawa
Fumie Hosokawa (yaponcha: 細川 ふみえ; 2-sentyabr 1971-yil, Mutsu, Aomori prefekturasi, Yaponiya) – yaponiyalik aktrisa, qoʻshiqchi va model. Fumie Yaponiyaning seks-ramzlaridan biri[2]. Hosokawa Madan Senki Ryukendô (2006), Shadow Warrior: Shogun Tokugava Ieyasu (1998) va Kikudjiro (1999) filmlaridagi rollari bilan mashhur boʻlgan[3].
Fumie Hosokawa | |
---|---|
Tavalludi |
2-sentyabr 1971-yil[1] |
Fuqaroligi | Yaponiya |
Faoliyat yillari | 1990-yildan |
Boʻyi | 1.63 metr |
Turmush oʻrtogʻi | Hisato Endo |
Hayoti
tahrirFumie Hosokawa 1971-yil 2-sentyabrda Yaponiyaning Aomori prefekturasi Mutsu shahrida tugʻilgan. Hosokawa toʻrt yoshigacha Xirosima prefekturasining Etajima shahrida yashagan. Keyinchalik Gavayiga koʻchib oʻtib, u yerdagi maktabda bir yil oʻqigan. Bunga sabab Fumiening otasi Yaponiya harbiy dengiz kuchlarida kontr-admiral boʻlib ishlagani edi.
Hosokawa 1990-yil dekabr oyida bikini modeli sifatida jurnallarda suratga tushishni boshlagan. Koʻp oʻtmay Hosokawa qoʻshiqchilik faoliyatini va filmlarda rol oʻynashni boshlagan.
Rasmiy veb-saytida uning boʻyi 1,63 santimetr etib koʻrsatilgan. Tana oʻlchami esa yillarda davomida oʻzgartirib borgan. 1990-yilda uning tana oʻlchami 94-60-90 santimetr ekanligi qayd etilgan. 2006-yilga kelib esa 90-59-87 santimetrga oʻzgargan. Bikini modellik faoliyatidan keyin Hosokawa 2006-yilda oʻzining modellik suratlari akst etgan ikkita DVD diskini chiqargan[4].
2007-yil 20-dekabrda Hosokawa va uning eri Hisato Endoning birinchi farzandi: oʻgʻili tugʻilishi tufayli Hosokawa oʻz faoliyatini yakunlanishini eʼlon qildi[5]. Ammo, Hosokawa farzandli boʻlishidan oldin, 2007-yil avgustda oʻzining ilk bor yalangʻoch suratlar fotoalbomini „Fumming“ni chop ettirdi[6].
2009-yil dekabr oyida Yaponiyadagi sport gazetalarning biri Hosokawa va Endoning ajrashganligi haqidagi maʼlumotni chop etdi[7]. 2014-yilning mart Hosokawa oyida TBS telekanalinining „Sunday Japan“ koʻrsatuvida faoliyatini qayta boshlaganini maʼlum qildi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ info box data from: 細川ふみえ (Wayback Machine saytida 2016-03-03 sanasida arxivlangan) (Hosokawa Fumie) Profile at Web I-dic (in Japanese)
- ↑ „Owh联盟外投“.
- ↑ 3,0 3,1 „Fumie Hosokawa“.
- ↑ „CDJapan.co.jp“. 2007-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Owh联盟外投“.
- ↑ „Owh联盟外投“.
- ↑ „細川ふみえ2年で離婚、ヘアヌード披露も - 芸能ニュース“ (ja). nikkansports.com. Qaraldi: 2014-yil 17-mart.
Havolalar
tahrir- Connell, Ryann. „Fumie Hosokawa's triple trouble: single, unemployed, and possibly preggers“. Mainichi Shimbun (2007-yil 14-sentyabr). 2007-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 15-sentyabr.
- Fumie Hosokawa IMDbda