Benlat
(Fundazoldan yoʻnaltirildi)
Benlat, fundazol — oʻsimliklarni zamburugʻli kasalliklardan himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy preparat (singib taʼsir etuvchi fungitsid). Bir oz qoʻlansa hidli oq kristall modda, suvda va yogʻlarda erimaydi. 50% li gʻoʻllanuvchan kukun holida ishlab chiqariladi. Qand lavlagi, bodring, pomidor, bugʻdoy, olma, nok, tok va boshqalarlarning unshudring, antraknoz, askoxitoz, kalmaraz va boshqa kasalliklariga qarshi kurashda 0,5—0,8 kg/ga miqdorda suspenziyasi purkaladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |