Fyodor Mikhaylovich Smolov (1990-yil 9-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional futbolchi, Moskvaning „Dinamo“ klubi va Rossiya terma jamoasi hujumchisi.

Fyodor Smolov
2022-yil Smolov Dynamo Moskva tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Fyodor Mikhailovich Smolov
Tavallud sanasi 9-fevral 1990-yil (1990-02-09) (34 yosh)
Tavallud joyi Saratov, Russian SFSR, Soviet Union
Boʻyi 1.87 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
|Dynamo Moscow
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997-2004 Sokol Saratov
2005-2006 Master-Saturn Yegoryevsk
2006-2007 Saturn Moscow
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007-2015 Dynamo Moscow 68 (3)
2010 Feyenoord (ijara) 11 (1)
2012-2013 Anzhi Makhachkala (ijara) 15 (0)
2014 Anzhi Makhachkala (ijara) 11 (2)
2014-2015 Ural Yekaterinburg (ijara) 22 (8)
2015-2018 Krasnodar 75 (53)
2018-2022 Lokomotiv Moscow 72 (23)
2020 Celta Vigo (ijara) 14 (2)
2022- Dynamo Moscow 14 (9)
Milliy terma jamoa
2006-2007 Rossiya U17 11 (5)
2008 Rossiya U19 5 (3)
2008-2013 Rossiya U21 32 (16)
2012- Rossiya 45 (16)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 30-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 14-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Smolov Master-Saturn Yegoryevsk futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2007-yilda u Moskvaning „Dinamo“ jamoasiga oʻtadi . U Rossiya Premer-ligasidagi debyutini 2007-yil 28-aprelda „Dinamo“ tarkibida 17 yoshida „Luch-Energiya Vladivostok“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2010- yilning 14-iyulida klub Smolovni "Feyenoord "ga bir yillik ijaraga berdi.[2]

Uralga ijara tahrir

2014-yilning 1-sentabrida Smolov Ural Yekaterinburg ga bir mavsumga ijaraga berildi.[3] Ikki hafta oʻtgach, u klubdagi debyutida Permning Amkar klubiga safarda gol urdi.[4] U „Ural“ safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Krasnodar tahrir

2015-yilning 2-iyunida Smolov Rossiya Premer-ligasining Krasnodar klubiga erkin agent sifatida oʻtdi va toʻrt yillik shartnoma imzoladi.[5] U 2015-yil 20-iyulda o‘zining birinchi o‘yinini „Amkar Perm“ga qarshi mehmonda oʻtqazdi.[6]

Lokomotiv Moskva tahrir

2018-yil 9-avgustda u Rossiya Premer-ligasi chempioni Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi.[7]

Seltaga ijara tahrir

2020-yilning 30-yanvarida u Ispaniyaning Selta Vigo klubiga 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida o‘tdi.[8] U yangi klubidagi ilk golini 2020-yil 16-fevral kuni „ Santyago Bernabeu“ stadionida Real ga qarshi o‘yinda (2:2) urgan. 27-iyun kuni "Barselona"ga qarshi oʻyinda ham Smolov gol kiritdi.[9]

Lokomotiv qaytish tahrir

2021-yilning 12-may kuni u Rossiya kubogi-2021 finalida Kriliya Sovetovga qarshi o‘yinda gol urdi.[10] U „Lokomotiv“dagi uchinchi sovrinini qoʻlga kiritdi va jamoadoshi Fransua Kamano bilan birga 4 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 

Dinamo qaytish tahrir

2022-yilning 12-yanvarida „Dinamo“ „Lokomotiv“dan Smolovni o‘z safiga qo‘shib olganini eʼlon qild.[11] Moskva klubi Smolov bilan 1,5 yilga shartnoma imzoladi.[12]

Terma jamoadagi faoliyat tahrir

Smolov 2011-yilda 21-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida ishtirok etgan.[13]

2012-yil 6-noyabrda Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello Smolovni AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun tarkibga kiritdi.[14] 14-noyabr kuni u debyutini oʻtkazdi va milliy terma jamoadagi ilk golini kiritdi. [15]

Sovrinlari tahrir

Lokomotiv Moskva
  • Rossiya kubogi: 2018-19, [16] 2020-21 [17]
  • Rossiya Superkubogi: 2019 [18]
Shaxsiy sovrinlari
  • Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2015-16, 2016-17
  • Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi (Sport-Ekspress): 2015-16, 2016-17, 2017-18

Manbalar tahrir

  1. „2018 FIFA World Cup: List of players“. FIFA (2018-yil 17-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  2. „FC Dynamo Moscow“ (ru) (2010-yil 14-iyul). 2010-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „"Урал" взял в аренду Федора Смолова“ (ru). FC Ural Yekaterinburg (2014-yil 1-sentyabr). 2016-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-iyun.
  4. „Федор Смолов забил первый гол за "Урал" в матче с "Амкаром"“ (ru). Sverdlovsk Oblast Television (2014-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 22-iyun.
  5. „Смолов подписал контракт с "Краснодаром" на четыре года“ (ru). Championat.com (2015-yil 2-iyun). Qaraldi: 2016-yil 22-iyun.
  6. „Выстрел Петрова принес "быкам" 3 очка на старте чемпионата“ (ru). FC Krasnodar (2015-yil 20-iyul). Qaraldi: 2016-yil 22-iyun.
  7. „Transfer to Lokomotiv Moskwa“. FC Lokomotiv Moscow (2018-yil 9-avgust).
  8. Celta Vigo (2020-yil 30-yanvar). „El RC Celta enriquece su ataque con los goles y el talento de Fedor Smolov“ (es). Press-reliz.
  9. „Suarez brace not enough a Barcelona slump to draw at Celta Vigo“. ESPN (2020-yil 27-iyun). Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  10. „Lokomotiv 3:1 Krylia Sovetov“ (Russian). Premier Liga (2021-yil 12-may). Qaraldi: 2021-yil 27-may.
  11. „Fyodor Smolov leaves «Lokomotiv»“ (Russian). fclm.ru (2022-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
  12. „Fyodor Smolov joins «Dynamo»“ (ru). FC Dynamo Moscow (2022-yil 12-yanvar).
  13. „Russia Under-21 Squad“. UEFA. Qaraldi: 2014-yil 29-yanvar.
  14. „26 players in the national team“ (ru). Russian Football Union (2012-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-dekabr.
  15. „Russia 2-2 USA - as it happened“ (en). The Guardian (2012-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-dekabr.
  16. „Локомотив 1:0 Урал“ (ru). Premier Liga. Qaraldi: 2019-yil 13-iyul.
  17. „Lokomotiv beat FNL champions Krylia to win Russian Cup“. Russian Premier League (2021-yil 12-may).
  18. „сезона-2019/20“ (ru). Russian Premier League (2019-yil 7-iyun). 2019-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.

Havolalar tahrir