Fyodr Dunayevskiy
Fyodor Leonidovich Dunayevskiy (14-iyun 1969-yil, Moskva) – sovet, rus va isroillik aktyor.
Fyodr Dunayevskiy | |
---|---|
Tavalludi |
14-iyun 1969-yil |
Fuqaroligi | SSSR→ Isroil→ Rossiya |
Kasbi | aktyor |
Faoliyat yillari | 1986—1993, 2012—2016 |
Hayoti
tahrirFyodor Leonidovich Dunayevskiy 1969-yil 14-iyunda Moskvada tugʻilgan. Katta bobosi arxitektor, buvasi tarix fanlari professori boʻlgan. Otasi biofizik[1]. Ota-onasi Fyodor oʻn toʻrt yoshga toʻlganida ajrashib ketishgan. 875-maktabda taʼlim olgan va u yerda teatr toʻgaragiga qatnashgan. Dunayevskiyni bir necha marta maktabdan chetlatishgan, navbatdagi janjal-mushtlashuvdan soʻng esa voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha nazorat boʻlimida roʻyxatga olingan. Oʻn toʻrt yoshida bolalar bogʻchasida farrosh boʻlib ishlagan. 37-sonli tibbiyot bilim yurtida oʻqigan, uni tugatgach tez tibbiy yordam feldsher-sanitari sifatida faoliyat yuritgan. Shaxmat va biatlon bilan shugʻullangan[2][3][4].
Fyodor tasodifan kinoga tasodifan kelib qolgan. Sinfdoshi Anastasiya Nemolyayeva bilan birga „Mosfilm“ studiyasining aktyorlik boʻlimiga sinov uchun bir nechta sinfdoshlarining suratlarini olib borgan. Fyodorni sinovga taklif qilishadi va keyinchalik unga Karen Shaxnazarovning „Kuryer“ (1986) filmida bosh rolni taklif etishgan[5][6][7][8][9].
Arnold Schwarzenegger va Tom Cruise Moskvaga tashrif buyurgan paytda Fyodor Dunayevskiy ularga „Mosfilm“ kinostudiyasida ekskursovodlik qilgan[10].
1991-yilda Isroilga koʻchib ketadi va Tel-Avivning Cameri teatrida ishlay boshlaydi. Radioda ishlagan, seriallarga ovoz bergan. „Tel-Aviv yoshlari“ serialida rol ijro qilgan. Shuningdek, dizayner Doron Ashkenazining modellik agentligida model boʻlib ham qilgan[11].
1993—1995-yillar oraligʻida Moskvaga qaytib keldi va VGIKning rejissyorlik fakultetida oʻqiydi (ustozlari Sergey Solovyov va Valeriy Rubinchik).
1996—2000-yillarda Italiyada istiqomat qiladi. Yuk tashish sohasida ixtisoslashgan kompaniyani tashkil etadi. Qozogʻiston va Ukrainada kompaniyaning filiallarini ochgan. 2001-yilda biznesini yopib, „Kalitka“ nomli prodyu̓serlik markazini tashkil etgan[12].
Fyoder bir necha marta Rossiyaga qaytib, teleseriallarda suratga tushgan[13].
2016—2017-yillarda Fyoder „Banda Dunaevsky“ nomli guruhni tashkil etib, musiqa bilan shugʻullangan. Bu guruhda Fyoder vokalchi boʻlib, musiqachilar esa Valentin Petrichenkoning „Burlesk orkestri“dan boʻlishgan. Guruh italyan tilidagi „Blue Canary“, „Tu vuò fa l’americano“, „Criminal Tango“, „Quando Quando Quando“ kabi repertuarlarni ijro etgan.
2017-yilda Dunaevskiy SerGa guruhining „Primeti“[14] klipida bank xodimi rolini oʻynagan.
Shaxsiy hayoti
tahrirBir necha bor uylangan. Beshta farzandi bor[15]. 2006-yilda tugʻilgan oʻgʻli Stepan rep qoʻshiqlarini ijro qiladi[16].
Manbalar
tahrir- ↑ Katalog RGB
- ↑ Чумаков В. Курьер вернулся // Gala Биография. — 2006. — № 04. — С. 108—120.
- ↑ Наталья Дьячкова. „Фёдор Дунаевский: «В „Курьере“ я снялся из-за денег»“ (ru). Собеседник (2018-yil 4-dekabr). 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
- ↑ Наталья Дьячкова. „Фёдор Дунаевский: «В „Курьере“ я снялся из-за денег»“ (ru). Собеседник (2018-yil 4-dekabr). 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
- ↑ Чумаков В. Курьер вернулся // Gala Биография. — 2006. — № 04. — С. 108—120.
- ↑ Андрей Петров. „Почему Фёдор Дунаевский не снимается больше в кино?“ (ru). Комсомольская правда (2013-yil 11-sentyabr). 2018-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-noyabr.
- ↑ Сергей Прудников. „Фёдор Дунаевский: «Я говорил своими словами»“ (ru) (deadlink). Вечерний Санкт-Петербург (2016-yil 24-iyun). 2018-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-noyabr.
- ↑ Мария Молчанова. „«Курьер» Карена Шахназарова“ (ru). Эхо Москвы (2017-yil 15-aprel). 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
- ↑ Иван Усачёв. „Тайны нашего кино“. «Курьер» (ru). ТВ Центр (2017-yil 24-yanvar). — Телепередача. 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
- ↑ Чумаков В. Курьер вернулся // Gala Биография. — 2006. — № 04. — С. 108—120.
- ↑ Дмитрий Борисов, Александр Плющев. „«Попутчики»“. Фёдор Дунаевский (ru). Эхо Москвы (2013-yil 4-avgust). — Радиопрограмма. 2018-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-noyabr.
- ↑ Чумаков В. Курьер вернулся // Gala Биография. — 2006. — № 04. — С. 108—120.
- ↑ Сергей Прудников. „Фёдор Дунаевский о «Курьере» 30 лет спустя, смерти Базина и Израиле“ (ru). Афиша Daily (2016-yil 4-iyul). 2018-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-noyabr.
- ↑ „«СерьГа» сняла фильм об ограблении банка“ (ru). Intermedia (2017-yil 2-fevral). 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
- ↑ Алина Шувалова. „«Без церемоний»“. Фёдор Дунаевский (ru). M24.RU (2016-yil 4-iyun). — Видеопрограмма. 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-aprel.
- ↑ uglystephan. „Вписка“. Хайп в 15, дружба со Scally Milano, Bushido Zho и уход из школы (ru-RU). 2022-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-dekabr.