Gʻarbiy gat togʻlari, Gʻarbiy Ghota togʻlari, Sahyadri — Hindiston yarim oroldagi togʻlar, Hindiston hududida. Dekan yassitogʻligining chekka gʻarbiy, baland qismi. Uzunligi 1800 km chamasida. Eng baland joyi 2698 m (Anaymudi choʻqqisi). Asosan, gneys va bazalt jinslardan tuzilgan. Gʻarbiy yon bagʻri Arabiston dengiziga zina-poyalar hosil qilib tushgan, sharqiy yon bagʻri Dekan yassitogʻligi tomon pasayib boruvchi qiya tekislik. Jan,da Nilgiri, Anaymalay, Kardamon togʻlari bor. Shimoliy qismi qirlardan iborat. Ikdimi subekvatorial, mus-sonli. Shamolga roʻpara yon bagʻirlarida yillik yogʻin 2000—5000 mm, shar-qida 600—700 mm. Gʻarbida doim yashil sernam va barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar, sharqida savanna va siyrak oʻrmonlar bor. Milliy bogʻlar tashkil etilgan.