Gʻaybulla Boboyorov (1973-yil, Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor.

Gʻaybulla Boboyorov
Tavalludi 1973-yil
Chiroqchi tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Tarixchi olim
Taʼlimi Qarshi davlat universiteti
Sharqshunoslik instituti
Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi Fan doktori
Ilmiy unvoni Professor
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Gʻaybulla Boboyorov 1973-yilda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tavallud topgan. 1991–1996-yillarda Qarshi davlat universiteti tarix fakultetida bakalavr bosqichida, 1996–1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida aspirantura bosqichida va Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning falsafa fakultetida ham tahsil olgan.

Gʻaybulla Boboyorovning 300 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr etilgan va 25 ta monografiya, jumladan, „Köktürk kağanliği sikkeleri katalogu“ (2007-yil, Anqara), „Gʻarbiy Turk xoqonligining davlat tuzumi“ (2012-yil, Toshkent) kabi monografiyalar muallifi hisoblanadi. Bundan tashqari uni qadimgi turk-run va sugʻdiy yozuvli bitiklar boʻyicha oz sonli mutaxassislardan biri deb eʼtirof etilgan[1]. Hozirda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Milliy arxeologiya markazi boʻlimi mudiri boʻlib faoliyat yuritadi[2][3].

Mukofotlari

tahrir
  • „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni.

Manbalar

tahrir
  1. Oyina.uz. „Tarixchi olim G‘aybulla Boboyorov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi“ (2024-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 21-noyabr.
  2. „Markaziy Osiyoda tanga pullar muomalasi yo'lga qo'yilgan ilk hudud“ „Yangi Oʻzbekiston“ va „Pravda Vostoka“ gazetalari tahririyati (2021-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 21-yanvar.
  3. „“Tangalar qadim tarixdan soʻzlaydi”“. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy–tadqiqot markazi (2023-yil 11-aprel). Qaraldi: 2024-yil 21-noyabr.