Gʻazna minoralari
Gʻazna minoralari Afgʻonistonning markaziy qismi Gʻazna shahridagi ikkita ajoyib tarzda bezatilgan minoralardir. Ushbu minoralar XII asr oʻrtalarida qurilgan boʻlib, Bahromshoh masjidining saqlanib qolgan yagona elementi hisoblanadi[1]. Ikki minora oʻrtasidagi masofa 600 metrni (1968 fut) tashkil qilib, Gʻazna shahrining shimoli-sharqiy qismidagi ochiq tekislikda joylashgan[2].
Minoralarning balandligi XIX asrda har ikki minoraning ham yuqori yarmi 1902-yildagi zilzila natijasida qulab tushishidan oldin 44 metr balandlikda boʻlgan. Hozirgi kunda esa ularning balandligi 20 metrga yaqin. Gʻaznaning ikkala minorasi ham 20 metr (66 fut)[3] balandlikda va pishiq gʻishtdan qurilgan. Minoralar yuzasi murakkab geometrik naqshlar va terrakota koshinlaridagi Qurʼon oyatlar bilan chiroyli uslubda bezatilgan. 1960-yillarda ikkala minora ham metall tomlar bilan qoplangan[1][3].
Sulton Mas’ud III saroyi xarobalari Mas’ud III minorasi yonida joylashgan.
Tarixi
tahrirXII asr minoralari Gʻazna shahrining eng mashhur yodgorliklaridan biri boʻlib, buyuk Gʻaznaviylar imperiyasining saqlanib qolgan soʻnggi qoldiqlaridan biri hisoblanadi. Ikki minora ularni qurgan hukmdor Mas’ud III (milodiy 1099–1115) va Bahrom Bahrom Gʻaznaviy (milodiy 1118–1157) sharafiga Mas’ud III minorasi (Manori Mas’ud III) va Bahromshoh minorasi (Manar-i Bahramshoh) deb ataladi[4][2].
Vaqt oʻtishi bilan minoralarning yuqori qismlari shikastlangan boʻlib, vayron boʻlishidan oldin balandroq boʻlgan. Mas’ud III minorasi tepasining bir qismi 1902-yilgi zilzila oqibatida vayron boʻlgan[1][3].
Tahdidlar
tahrirGʻazna minoralari tashqi taʼsirlardan yaxshi himoyalanmagan. Ikkala minora ham tabiiy omillar va Afgʻonistondagi siyosiy beqarorlik taʼsiri tufayli xavf ostida. Vandalizmning oldini olish uchun ishlab chiqiladigan asosiy xavfsizlik choralari mavjud emas. Suvning minoralarga kirib ketishini oldini olish maqsadida yangi tom yopishga muhtoj holatda[3].
Minoralar jabhasida yomgʻir va qor taʼsirida tez buzilib ketadigan murakkab geometrik naqshlar va Qur’on yozuvlari mavjud. Hudud vaqti-vaqti bilan suv toshqini ostida qoladi[3].
Galereya
tahrirMas’ud III minorasi
tahrirMas’ud III minorasi oʻgʻli Bahramshoh minorasiga nisbatan uslubiy jihatdan murakkabroq boʻlib, turli xil bezak usullaridan foydalanilgan.
Bahromshoh minorasi
tahrir(1902-yildan oldin va keyin)
Bahromshoh minorasi otasining minorasidan ilhomlanib qurilgan boʻlib, Mas’ud III minorasidan bir necha oʻn yillar oʻtib bunyod etilgan, lekin uslubiy jihatdan soddaroq uslubda.
-
Bahromshoh minorasi 1839-yil, yarmi kumushsimon (1902-yilda qulagan)
-
Bahromshoh minorasi, 2001-yil
-
Bahromshoh minorasining Gʻaznadagi saqlanib qolgan asos qismi
-
Bahromshoh minorasi (dekorativ detal)
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 2,0 2,1 „Ghazni Towers Documentation Project: History“. eca.state.gov. 2017-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.. eca.state.gov. Archived from the original (Wayback Machine saytida 2017-02-22 sanasida arxivlangan) on 22 February 2017. Retrieved 19 September 2018.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Ghazni Minarets“. wmf.org. World Monuments Fund. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.„Ghazni Minarets“. wmf.org. World Monuments Fund. Retrieved 19 September 2018.
- ↑ „072. Ghazni: Bahram Shah Minaret“. cemml.colostate.edu. 2016-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ Ralph Pinder-Wilson (2001) Ghaznavid and Ghūrid Minarets, Iran, 39:1, 155-186, DOI: 10.1080/05786967.2001.11834389